XORAZM MA
’
MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI
–
9/2020
251
ПЕДАГОГИКА ФАНЛАРИ
UO’K
371
TA’LIM –TARBIYA JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNОLOGIYALARNI TAТBIQ
QILISHNING NAZARIY ASOSLARI
G.G’. Burhonova
,
katta o’qituvchi
,
Farg’ona politexnika instituti,
Farg’ona
Annotatsiya.
Ushbu maqolada t
a’lim jarayoni
da zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
tatbiq qilishning ahamiyati va ulardan ushbu jarayonda samarali foydalanish usullari haqida fikr
yuritiladi.
Ka
lit
so’zlar:
pedagogik
texno
logiyalar,
o’qitish
metodlari,
innovatsiya
,
texnologiyalashtirish, texnik vositalar
Аннотация.
В данной статье обсуждается важность применения современных
педагогических технологий в образовательном процессе и способы их эффекти вного
использования в этом процессе.
Ключевые слова:
педагогические технологии, методика обучения, инновация,
технология, технические средства
Annotation.
This article discusses the importance of applying modern pedagogical
technologies in the educational process and how to use them effectively in this process.
Key words:
pedagogical technologies, teaching methods, innovation, technology, technical
means
Bugungi kunda barcha ijtimoiy sohalar kabi ta’limning barcha qatlamlariga
axborotlar oqimi
shiddatli ta
rzda kirib kelmoqda va keng ko’lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezk
or suratda
qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash
hamda oquvchiga yetkazib berishni yo’lga qo’yish ta’lim tizimi oldida turgan
dolzarb
muammolardan biri hisoblanadi. Ta’lim
-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tatbiq etish
yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi.
Ta’lim tizimini texn
o
logiyalashtirish g’oyasi o’tgan asrning boshlarida G’arbiy
Yevropa hamda AQSHda ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorlig
ini oshirish, shaxsning
ijtimoiylashuvi
ni ta’minlash uchun muayyan shart
-sharoitni yaratish borasidagi ijtimoiy harakat
yuzaga kelgan davrda ilk bora o’rtaga tashlandi. Mazkur g’oya 30
-y
illarda ta’lim jarayoniga
“pedagogik texnika” (“ta’lim texnikasi”)
tushunchasining olib kirilishi bilan asoslandi. Ushbu
davrlarda yaratigan maxsus adabiyotlarda “pedagogik (ta’lim) texnika(si)” tushunchasi “o’quv
mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko’maklashuvchi usul va vositalar yig’indisi
tarzida talqin et
ildi hamda o’quv jarayoniga o’quv v
a labarotoriya jihozlarining olib kirilishi,
ulardan samarali, unumli foydalanish, material mazmunini ko’rgazmali qurollar yordamida
tushuntirish kabi
holatlar ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yetakchi om
illardir
”
,
deya baholandi.
XX asrning 50-
yillarida ta’lim jarayonida texnik vositalarni qo’llash
“ta’lim texn
o
logiyasi”
yo’nalishini belgilab beruvchi omil deya e’tirof etildi, asosiy e’tibor o’quvchilar auditoriyasini
kengaytirish texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga oshirilishi, texnik vositalarning
imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ularning axborot sig’imini kengaytirish, axborotlarni
uzatish xizmatini sifatli tashki
l etish, ta’lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratild
i.
Bu borada olib borilgan tadqiqotlarning obyekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalar
imkoniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, shuningdek, o’quv jarayonini
“texnologiyalashtirish”ning tashk
i
liy jihatlarini o’rganishga alohida
urg’u berildi.
60-yillarning boshlarida t
a’limni dasturlash asosida ta’lim jarayonini tashkil etish
”texn
o
logiya”
tushunchasining
mohiyatini
ochib
beruvchi
omil
sifatida
ko’rila
boshlan
di. Dasturiy ta’lim o’qu
vchilarga muayyan bilimlarning alohida qism holida
emas, balki izchil, yaxlit tarzda beri
lishini nazarda tutadi. Ta’lim jarayonini yaxlit, maqbul dasturga
muvofiq tashkil etish taklifi ilk bora AQSHda faoliyat yurita boshlagan “Dasturiy ta’lim va
o’rgatuvchi mashinalar bo’yicha birlashgan Qo’mita”
tomonidan ilgari surilgan. Dasturiy ta
’lim
o’zida ta’lim maqsadlari,
ularni o’zgartirish va baholashning mos ravishdagi mezonlari hamda
ta’lim muhitining aniq tavsifini qamrab oladi.
Ta’lim
texno
logiyasi nazariyasining umumiy asoslari mohiyati xususida so’z y
uritish uchun
”ta’lim
texnologiyasi
” tushunchasining tub ma’nosini anglash talab etiladi. “Texnologiya”
yunoncha so’z bo’lib,”techne”
-
mahorat, san’at hamda “logos”
- tushuncha,
ta’limot so’zlarining
Do'stlaringiz bilan baham: |