Аннотация
.
В
данной статье описан зарубежный опыт управления бизнесом.
В данной статье
даны
примери
из японских технологий управления, управления из США и Южной Кореи. Широкое
участие сотрудников в принятии управленческих решений приводит к ощущению вовлеченности в
работу предприятия. Поэтому командная работа, взаимная ответственность, научные принципы и
поддержка перспективных сотрудников актуальны для предприятия.
Ключевые слова:
управленческие решения, командная работа, вовлеченность, потенциальный
персонал, лидер
Abstract. Business management in foreign enterprices are discussed in this article . Some fact from
Japanese management technology, U.S. and South Korean management are written in this article. Widespread
involvement of employees in management decisions leads them to a sense of belonging to the enterprise.
Therefore, teamwork, mutual responsibility, scientific principles and support of promising staff are relevant
in the case of the enterprise.
Key words: management decisions, teamwork, board, involvement, prospective staff, manager
2017-2021 yillarda O`zbekiston Resbublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha
Harakatlar strategiyasi “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirishga doir
davlat dasturi to`g`risidagi 2020 yil 2 -martdagi PF-5953-sonli Prezident Farmonida mamlakatimizning
ijtimoiy
–
iqtisodiy hayotiga oid va jamoatchilikda alohida qiziqish uyg`otadigan o`ta muhim masalalarga doir
qarorlarni qabul qilsihda jamoatchilik bilan maslahatlar, jamoatchilik eshituvlarini o`tkazish amaliyotini
yo`lga qo`yish nazarda tutildi. Bundan tashqari har bir deputat tomonidan xalq qabulxonalari bilan doimiy
hamkorlik o`rnatib, o`z hududida yashayotgan aholi muammolarini yechishda faol ishtirok etish amaliyotini
yo`lga qo`yish nazarda tutildi [1].
Horij tajribasidan ma’lum bo’lishicha, jamoa tarzda qabul qilingan qarorlar tadbirkorlikni rivojlanishiga
katta hissa qo’s
hadi. Amerika va Yaponiya boshqaruv texnologiyasini quyidagi 1-jadval orqali ko`rib o`tsak.
Yaponla
r shuncha iqtisodiy rivojlanishi uchun resurslarini “bosh kiyimi ostidan” oladilar
. Yapon
mo`jizasining muhim sabablaridan biri birgalikda harakat, birlashish, umumiy fikrga kelishdir. Urushdan
keyingi iqtisodiyotni rivojlanishini “Japan Incorporited”
aksiyadorlik kompaniyasiga birlashuv bilan bog`liq
deb ko`rsatishadi. Bu kompaniya hukumat va biznesning o`zaro alaqodorlik tizimiga asos bo`lgan. Yapon
iqtisodchisi S.Okitaning aytishicha, mehnat unumdorligini o`sishiga sabab, uzoq vaqtlarga mo`ljallangan
iqtisodiy siyosat va hukumat tomonidan hususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, sanoatni qayta jihozlash,
ilg`or chet el texnologiyasidan foydalanish va albatta ilmiy texnika yutuqlaridir. Yaponlar quyidagi hayot
qoidalariga qat`iy rioya etishni ma`qul ko`radilar:
A) qanday bo`lishidan qat`iy nazar vaziyatga moslashish;
B) belgilangan qoidaga rioya qilish imkoniyatini topish;
C) aysh ishrat chegarasini bilish;
D) baxtsizlikni sababini o`zidan qidirish.
Yapon boshqaruviga xos bo`lgan “sifat to`garaklari”, “O`z vaqtida” tizimlari
aslida AQSh da paydo
bo`lgan, lekin u yerda rivojlanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |