XORAZM MA
’
MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOM
А
SI
–
12/2020
60
1-jadval
Boshqaruv texnologiyasi [2]
Amerikancha
Yaponcha
Har bir xodim uchun lavozim
yo`riqnomalari asosida boshqarish
texnologiyasini
oldindan
batafsil
ishlab chiqish
Lavozim yo`riqnomalari mavjud emas. “Vaziyatga qarab harakat qilish”
shiori vaziyatni tahlil qilishni va nostandart qarorlarni qabul qilishni
anglatadi. Bo`ysunuvchi rahbarga qaraganda vaqtincha ma`suliyatli ishni
bajaradi, yuqori boshqaruvchi rahbar bo`ysunuvchiga unga bevosita rahbar
orqali murojaat qiladi.
Demakki qaror qabul jarayonida boshqaruv pog’onalari o’rtasida teskari aloqalarning mavjud bo’lishi,
korporativ ruhda qabul qilingan qarorlar va murakkab masalalarda axborot texnologiyalariga tayanish eng
dolzarb masalalaridan biridir.
2-jadval
Yapon va Amerika menejment tizimining solishtirmasi [3]
Menejment xarakteristikasi
Menejmentning o`ziga xosligi
Yaponiya
AQSH
1. Rejalashtirish
Uzoq muddatli
Qisqa muddatli
2. Boshqaruvni tashkil etish
Nostandart, egiluvchan.
Tekis
tuzilish,
ishtirok etish
uslubi. Yumshoq boshqaruv
Rasmiy. Avtokratiyaga urg`u berilgan tashkiliy
tuzilmaning qat`iy ierarxiyasi. Har qanday yangi
mahsulot uchun “xo`jalik markazlari” dan
foydalanish
3. Menejerlar tarkibi
Muhandislar ustunvorligi
Iqtisodchi va yuristlar ustuvorligi
4. Ishga yollash
Uzoq muddatli, umrbod ishga
yollanish tizimi
Qisqa muddatli
5. Mehnat taqsimoti
Kasblar kombinatsiyasi
Aniq mehnat taqsimoti
6. Javobgarlik shakli
jamoaviylik
individuallik
7. Qiziqishlar
Butun tashkilotning maqsadiga
erishuvi
Faqat o`sha bo`lim maqsadiga erishuvi
8. Rag`batlantirish shakli
Ma`naviy, xizmat pog`onasidan
ko`tarilish,
moddiy
(jamoaviy
mehnat natijasiga qarab)
Shaxsiy
muvaffaqqiyat
uchun
moddiy
rag`batlantirish
9. Qaror qabul qilish
Jamoaviy kelishuv
yakkaboshchilik
10. Nizolarni hal etish
Konsensus muzokaralari
Yurist va sud orqali muzokaralar
Janubiy korealik professor In Pyo Hvangning fikricha, davlat rahbarlari hayotda barcha masalalarga,
jumladan, ish, sog`liq, moliya, oila va do`stlar, shaxsiy va ma`naviy barkamollik, jamoa bilan hamnafaslik
kabi masalalarga teng e`tibor qarata olmog`i lozim [4].
Korea Respublikasi Konstitutsiyaning 7-,25-,33-,78-moddalarida davlat xizmatchilarining huquqiy
maqomi belgilab qo`yilgan bo`lib:
“
7-modda. Davlatning barcha amaldorlari (mansabdor shaxslari) xalqning
xizmatkorlari hisoblanadi hamda xalq oldida ma`suldir. Barcha amaldor (mansabdor shaxslari) ning mavqei
va siyosiy betarafligi qonunda belgilangan tartibda kafolatlan
adi”
[5].
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov
asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-
tadbirlari to`g`risida” gi PQ
-3755-sonli qaroriga
muvofiq istiqbolli boshqaruv kadrlarini tizimli asosda tanlab olinishini ta`minlash, shuningdek, davlat va
xo`jalik organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari tizimida
ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga ko`maklashish maqsadida va istiqbolli boshqaruv
kadrlarini tanlab olish bo`yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi
n
i tashkil etish va o`tkazish bo`yicha “yo`l
xaritasi” ishlab chiqildi. Hukumatimiz tomonidan ta`limga e`tibor berilishi ham bejiz emas. Chunki
menejmentdagi ilmiylik tamoyili buzilgan holatda butun boshqaruv tizimi izdan chiqadi.
BMTning jahon mamlakatlari farovonligi darajasini o`rganuvchi markazi
–
The World Happiness Report
20 mart-
Butunjahon Baxtiyorlik kuni oldidan “Baxt indeksi” ni e`lon qildi.
Unda dunyoning 156 mamlakat
aholisi hayotiga baho berilgan bo`lib, 2018 yili O`zbekiston dunyoda 44-o`rinni egalladi. 2017 yil bu
ko`rsatkich 47-o`rinda bo`lib, yildan yilga ko`rsatkich ortib bormoqda. Mutaxasislarning fikricha, odamlar
qiyin vaziyatlatda bir birini qo`llab quvvatlasa, ana o`shalar baxtlidirlar. Unda baxtli jamiyat yaratish yo`lida
odamlarning muhim tadbirlarda birgalikda ishtiroki ko`zda tutilgan.
The World Happiness Report tadqiqotchilarining fikricha, qaysidir mamlakatda tashqaridan kirib kelgan
qoidalar asosida emas, balki ming yillik qadriyatlar asosida turmush kechirilar ekan, ana o`sha mamlakat ahlini
eng baxtli deb atash kerak [6]. Demakki boshqaruv qarorlarini ahillik bilan, korxona
–
bu bizning
farzandlarimiz kelajagini ta`minlovchi vositaligini his etgan holda, mentalitetimizdan kelib chiqib, bir-
birimizga yordamlashgan holda qabul qilsakkina o`z maqsadimizga erishamiz.
Korxonalarda xorijiy tajribalarni qo`llab, optimallashgan qarorlar qabul qilish orqali quyidagi
muammolarni hal etishga taklif va tavsiyalar beriladi:
1.
Yapon tajribasidan ma`lumki, doimiy ish joyini tashkil eta olish, boshqaruv qarorlarida
xodimlarni ham jalb etish orqali xodimlar ongida unga daxldorlik hissini uyg`otish;
2.
Qonun hujjatlarini, qabul qilingan qarorlarni yosh kadrlarga iloji boricha keng yetkazish va
ularning huquqiy
savodxonligini oshiriladi, shu orqali noqonuniy yo’llar orqali daromad olishni kamaytirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |