Xonqa pedagogika kolleji


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Download 428,78 Kb.
bet54/76
Sana10.03.2022
Hajmi428,78 Kb.
#488577
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   76
Bog'liq
Nutq o\'stirish Majmua

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1. Nutqning tovush madaniyati tushunchasiga ta ’rif bering.
2. Maktabgacha ta ’lim yoshidagi bolalarda nutq madaniyatini rivojlantirishga doir vazifalar nimalardan iborat?
3. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qanday amalga oshiriladi? 4. Bolalar nutqini rivojlantirish qanday qonuniyatlarni hisobga olishni talab etadi? 5. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqining funksiyalarini bilasizmi?
6. Nutqning tovush madaniyatiga doir qanday ishlarni amalga oshirish mumkin? 7. Nutqni rivojlantirishning uch bosqichi nimalardan iborat?
8. Bolaning har bir yosh bosqichida nutqining tovush madaniyatini tarbiyalashda qanday ishlar amalga oshiriladi?

13-Mavzu:Nutqning tovush madaniyatini rivojlantirish uchun mashqlar va didaktik o’yinlar o’tkazish
Reja:

  1. Nutqning tovush madaniyatiga doir ishlarning vazifalari.

  2. Nutqning tovush madaniyatini tashkil etish ishlari.

  3. Tovuslarni to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish.

Tayanchatamalar:tovush madaniyati,intonatsiya,temp,tembr,artikulyatsiya,ritm, urg’u
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ona tilidagi tovushlarning aniq artikulatsiyasini, ularni to’g’ri talaffuz etishni, so‘z va jumlalarni to‘g‘ri va aniq talaffuzini, to‘g’ri nafas olish va chiqarishni, shuningdek, yetarli balandlikdagi ovozni, odatdagi nutq sur'atini, ifodalilikni, intonatsiya vositalarini (mantiqiy pauzalar, urg‘u, nutqning ritmi va tempi, xushohanglik) shakllantirishni o’zida mujassanlantiradi. Nutqning tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni eshitish qobiliyati asosida shakllanadi va rivojlanadi. Bolalarda to‘g‘ri, jarangdor nutqni rivojlantirish bilan bir qatorda, tarbiyachi quyidagi vazifalarni hal etishi kerak:
1. Bolalarda nutqni eshitish qobiliyatini va uning asosiy komponentlarini: eshituv diqqatini (eshitish orqali u yoki bu tovushni va uning yo'nalishini aniqlash malakasi), fonematik eshitishni, temp va ritmni idrok etish qobiliyatini tarbiyalash.
2. Artikulatsiya apparatini rivojlantirish.
3. T o‘g‘ri nafas olish va chiqarish ustida ishlash, ya'ni qisqa nafas olib, uzun havo oqimini chiqarish qobiliyatini tarbiyalash. Bu jumlalarni erkin talaffuz qilish imkonini beradi.
4. Muloqot shartlariga mos ravishda ovoz balandligini boshqara olish qobiliyatini tarbiyalash.
5. Ona tilidagi hamma tovushlarni to’g‘ri talaffuz etishni shakllantirish.
6. Har bir tovush, so‘z va jumlalarning aniq, ravshan talaffuzini shakllantirish, ya'ni ravon gapirishni tarbiyalash.
7. O‘zbek adabiy tilining orfoepiya qoidalari (talablari) asosida so’zlar talaffuzini rivojlantirish.
8. Nutqning odatdagi (normal) tempini shakllantirish, ya'ni so‘z va jumlalarni o‘rtacha tempda (nutqni tezlatmay ham , sekinlashtirmay ham ) tinglovchilarga uni aniq idrok qilishlari uchun imkoniyat yaratgan holda gapirishga o‘rgatish. 9. Nutqning intona tsion ifodaliligini tarbiyalash, ya ’ni mantiqiy pauza, urg’u, xushohanglik, temp, ritm va tembr yordamida his-tuyg‘ularini va kayfiyatini, fikrlarini aniq ifodalash qobiliyatini tarbiyalash. Tarbiyachi nutqning asosiy buzilishlari to ‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Masalan, duduqlanish, ming‘irlab (manqalanib) gapirish. Bu tarbiyachilarga nutq buzilishini ogohlantirish va uning oldini olish, bolani mutaxassis — logopedga yuborishlari uchun zarurdir. „Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi“ da yuqorida bayon etilgan vazifalar har bir yosh guruhida ularning yoshi va ruhiy holatlarini hisobga olgan holda bayon etilgan. („ Bolalar bog‘chalari uchun dasturlar “ . Tevarak-atrof, badiiy adabiyot bilan tanishtirish, nutq o‘stirish. T ., 1992-y ., 4-5, 12,23- betlar.)
Intonatsiya — bu ovozning nutq, tovush doirasida va muayyan vaqt birligi davomida turlicha tovlanishidan iborat. Intonatsiya deganda, nutq tovushi tarkibidagi ohangdorlik va jilo tushuniladi. Intonatsiya chinakam emotsional holatning mahsuli bolib, u so‘zlovchining xohishi, irodasi, niyati, intilishi, ruhiy kechinmasi kabi omillar bilan, ya’ni so'zlovchining jismoniy va ruhiy holati bilan bog’liq. Intonatsiya — bu hamma ma’nodorlik vositalarini o‘z ichiga qamrab olgan murakkab majmua (yaxlitlik). Ohangdorlik - jumlalarni talaffuz etish vaqtida ovozni balandlatish yoki pastlatish. U nutqqa turlicha ohang beradi (kuylovchan, yumshoq, yoqimli va boshqalar) va bir xillikka yo‘l qo'ymaydi. Ohangdorlik nutqning har bir so‘zida mavjud bo‘lib, kuchi, balandligi jihatdan o‘zgarib turadi:
Temp (sur'at) — m azm uniga qarab nutqning tezlashishi yoki sekinlashishi. Ritm — urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘inlarning teng tarzda navbatlashib turishi (ya’ni ularning quyidagi sifatlari: uzunligi va qisqaligi, ovozni balandlatish va pastlatish).
Jumla urg'ulari va mantiqiy urg‘ular — ifodalanayotgan mazmunga qarab alohida so'zlar ( mantiqiy urg'u) yoki guruh so'zlarni (jumla urg'ulari) pauzalar, ovoz tonini balandlatish bilan ajratib, uzoq va katta kuch bilan talaffuz etishdir. Nutq tembri — so‘zlarning tovlanishi, emotsional holatni (qayg'uli, xafaqon, quvnoq va hokazolar) anglatadi. Ma’nodorlikning ushbu vositalari yordamida fikrlar tugallanishi, aytilgan fikrning asosiy mazmuni o‘zgarishi, u qo‘shimcha ahamiyat kasb etishi mumkin. Nutqda intonatsion ma ’nodorlik bo’lmasligining sababi — eshitish a’zolarining rivojlanmaganligi, noto‘g’ri nutqiy tarbiya berish, nutqning har xil nuqsonlari (masalan, dizartriya , rinolaliya va hokazolar) va boshqalarga bog’liqdir. Bola o‘z nutqida turli xildagi his-tuyg‘ularni boshqalarga bildirishda ma’nodorlikning intonatsion vositalaridan to‘g‘ri foydalanishi kerak. Tarbiyachining nutqi bolalarda intonatsion ma’nodorlikni (ifodalilikni) tarbiyalashda namuna bo’lishi kerak.Nutqning intonatsion ma'nodorligini tarbiyalash ustida ishlash taqlid qilish asosida olib boriladi. Tarbiyachi bolalarga she'rni yod oldirishda, qayta hikoya qilishda o‘zi nutqning intonatsion vositalaridan keng foydalanadi va bolalar diqqatini nutqning ma’nodorligiga yo‘naltiradi. Bolalar tarbiyachining to‘g‘ri, intonatsion, ma'nodor (ifodali) nutqini eshitib, o‘zlari ham nutqlarida mustaqil ravishda kerakli intonatsiyalardan foydalana boshlaydilar . Nutqning tovush madaniyati b o‘yicha ishlarning hamma bo’limlari (vazifalari) bir- biri bilan bog‘liqdir.
Nutqning tovush madaniyati vazifalarini to’liq anglab yetgan tarbiyachi har bir bola nutqining tovush m a daniya ti darajasi bilan tanishadi. Bu tarbiya chiga um um iy va zifalarni aniqlashga yordam beradi. Shu m unosaba t bilan o‘quv yilining boshida bolalar nutqining tovush tom oni te kshirila di. Sh uning dek, tarbiyachi har bir bolaning nutq holatini kundalik kuzatishlarining natijalari asosida ham o'rganib boradi va ulaming nutqlari to‘g ‘risida aniq tasavvurga ega bo’ladi. Bola nutqini tekshirishdan avval tarbiyachi bog‘cha shifokori bilan suhbatda bo’ib, bolalarning artikulatsiya apparati holatlarini ko'zdan kechiradi, nuqsonlarni aniqlaydi. So‘ngra nutqning tovush tomoni tekshiriladi. Tekshirish jarayonida maxsus rasmli kartochkalardan foydalaniladi. Bundan tashqari, so‘zning bo’g’in tuzilishi, fonematik idrok (sa-sha, sha-sa, sa-ja, ja -za v a hokazola r) tekshiriladi. Bolalarga yod olgan she ’rlarini aytib berishni taklif tib, ularning nutq sur'atini, ohangdorligini, nutqda nafas olish va chiqarishni, nutqning ravonligini, ovoz tonini, intonatsion m a’nodorligini va hokazolarni tekshiradi. Bolalar nutqidagi kamchiliklar aks ettirilgan ma’lumotnoma jadvali maktabgacha tarbiya uslubiyot xonasiga (shahar yoki tuman uslubiyot xonasiga ) beriladi. Shahar yoki tuman uslubiyotchisi hamma bolalar bog‘chasidagi bolalar tovush talaffuzining ahvoli to ‘g‘risida to'liq ma'lumotga ega boladi. Ayniqsa , maktabga tayyorlov guruhidagi bolalar nutqining holatlari jiddiy tahlil qilinadi. Bolalar nutqining tovush madaniyati ahvoli to ‘g‘risidagi ma 'lumotlardan maktabgacha tarbiya sohasida ishlovchilarning anjumanlarida foydalaniladi.

Download 428,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish