Nazorat savollari:
Ta’limiy o’yinlarning bola rivojlanishida qanday ahamiyati bor?
Bolalar nutqini rivojlantiruvchi qanday ta’limiy o’yinlarni bilasiz?
Lug’at ishining qanday usullari mavjud?
10-Mavzu:Nutqning gramatik tuzilishini shakllantirishning vazifalari va mazmuni
Reja:
Grammatik termin haqida tushuncha.
Nutqning grammatik jihatdan shakllantirish vazifalari va mazmuni
Tayanch tushunchalar: tizim, grammatik tizim, grammatik ko ‘nikma, grammatik rivojlanish.
„Grammatika “ termini tilshunoslikda ikki m a ’noda ishlatiladi: birinchidan, u tilning grammatik qurilishini belgilaydi ikkinchidan, u fan sifatida tushunilib, so'z shaklining o’zgarishi va ularning gapda moslashuvi to’g‘risidagi qoidalarni tushuntirib beradi. Grammatika tilshunoslikning so‘z shaklining o’zgarishi, so’z birikmalarining turlari va gapning tiplarini o ‘rganuvchi qismi. Grammatika: 1)so‘z birikmalari va gaplarni; 2) so‘zlar orasidagi leksik-semantik aloqalarni tckshiradi. Grammatika so‘z turkumlari va gap tuzilishini, ya’ni tilning grammatik tuzilishini o'rganadi. Grammatik qurilish esa tilning asoslaridan biri: tilning negizi uning grammatik qurilishi bilan leksikasidir. Grammatika ikki qismdan — morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiya so’zlarning tuzilishi va o‘zgarishini, so‘zlarning nutqda o ‘zaro birikishiga xizmat qiladigan struktura o ‘zgarishiarini, so‘zlarning tuzilishi, ularning turkumlarga ajralishi va bundagi qonuniyatlarni o‘rganadi. Sintaksis esa so‘z birikmasida va gapda so'z larning birikish yo’llarini, gapning strukturasini, tiplarini, gap bo'laklarini tekshiradi. Bolalar tilning grammatik tuzilishini kattalar bilan muloqotda bo ‘lish va taqlid qilish asosida asta-sekin o ‘zlashtirib boradilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar atrofdagi kishilardan taqlid qilish yo ‘li bilan turli grammatik shakllardagi so‘zlarni o‘zlashtirib oladilar va ulardan asta-sekin mustaqil ravishda foydalana boshlaydilar. Biroq nutqning grammatik tuzilishini o’zlashtirish murakkab va uzoq davom etadigan jarayondir. Bolalarni maktab ta ’limiga tayyorlashda, ya’ni ularning nutq malakalarini takomillashtirishda og‘zaki nutqning grammatik qurilishini shakllantirishga alohida ahamiyat beriladi. Maktabda bola har doim o ‘qituvchining talablari bilan to‘qnash keladi, qo‘yilgan savollarga mustaqil javob beradi, nim anidir hikoya qiladi, tushuntiradi, isbotlaydi. Bularning hammasi boladan tilning leksik va grammatik jihatlarini, uning frazeologik boyligini, adabiy til qoidalarini chuqur egallashlarini talab etadi. Bola maktabda nutqini grammatik jihatdan shakllantirishda grammatika qoidalarini o‘rganishga asoslanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar esa nazariy bilimlarga tayanmay, balki atrofdagilar bilan o‘zaro muloqotga asoslanadilar. Bog'cha yoshidagi bolalar grammatik qoidalarni tushunib, yodlarida saqlab qolmaydilar. Ular ot, fe'l, sifat, olmosh, kelishik kabi grammatik kategoriyalarning borligini ham , nima ekanligini ham bilmaydilar. Shuning uchun ular grammatikani og‘zaki nutq orqali amaliy ravishda o ‘zlashtirib boradilar. Bolalar bog‘chasida egallangan grammatik malakalar, boshlang'ich sinfda nutqning grammatik tuzilishini nazariy jihatdan egallashlariga asos bo ‘lib xizmat qiladi. Yilning boshida tarbiyachilar bolalar nutqidagi grammatik xatolarni mashg‘ulotlarda va mashg‘ulotdan tashqari vaqtlarda aniqlab oladilar. Bu tarbiyachilar uchun bajariladigan ish mazmunini belgilashda yordam beradi. Nutqni grammatik jihatdan shakllantirish ishlari ikkinchi kichik guruhdan boshlanadi. Ushbu guruhda „Bolalar bog‘chasida ta’lim -tarbiya dasturi“ ning „ Nutq o‘stirish“ bo’limida nutqni grammatik jihatdan shakllantirish bo‘yicha quyidagi ish vazifalari va mazmuni belgilab berilgan. Otlarni kelishik qo ‘shimchalari bilan to ‘g‘ri turlashga , fe 'llarni shaxs-son va zamon qo‘shimchalari bilan to ‘g ‘ri tuslashga o‘rgatish. Buyumlarni va narsa- hodisalarning nomlarini birlik va ko'plikda ifodalashga o'rgatish, nutqning sintaktik tomonini shakllantirish va takomillashtirish. Bolalarga voqeaning sodir bo‘lgan vaqtini, joyini ifodalaydigan so‘zlarni, sodda va qo'shma gaplarning tuzilishini o ‘zlashtirib olishlarida yordam berish, ularni uyushiq bo’lakli gaplar tuzishga o'rgatish.
KATTA VA MAKTABGA TAYYORLOV GURUHIDA NUTQNI GRAMMATIK JIHATDAN SHAKLLANTIRISH Birinchi yarim yillik. Bolalar nutqini grammatik jihatdan shakllantirishni davom ettirish. Bolalarda o‘z nutqi va boshqalar nutqiga nisbatan tanqidiy munosabatni tarbiyalash, ularda to‘g‘ri jumla tuzish malakalarini mustahkamlash. Ot, sifat, fe'llarning murakkab grammatik shakllaridan foydalanishni mashq qildirish. Ayrim jonivorlarning, narsalarning, uy- ro‘zg‘or buyumlarining, turli kasb egalarining nomlarini aniq aytishga o‘rgatish. Bolalar nutqida uyushiq bo’lakli, yoyiq va qo‘shma gaplarning turli xillaridan ( bog’langan qo‘shma gap, ergashgan qo'shma gap) foydalanish malakasini mustahkamlash. Masalan: Lola keldi va biz o‘ynadik. Yomg'ir yog'di, shuning uchun biz ekskursiyaga bora olmadik. Bunda ko‘makchi va bog’lovchi so‘zlardan foydalanishga o‘rgatish. Bolalarni ravishdan foydalanishga o ‘rgatish (tez yurdi , sekin gapirdi) so ‘z yasash malakalarini mustahkamlash (o ‘qit - o ‘qituvchi, baliq — baliqchi va boshqalar). Bir fikrni turli so‘zlardan foydalanib bayon qilishga o ‘rgatish: Ra’no kasal. Ra'no betob. Ra'noning boshi og'riyapti. Ra'noning tobi yo ‘q. Bolalarni bir fikrni turli usulda ifodalashga o'rgatish. Masalan: Biz sayohatga bormaymiz, chunki yomg'ir yog'a boshladi. Yomg'ir yog'a boshlagani uchun, biz sayohatga bormadik. Bolalar nutqini grammatik jihatdan shakllantirishning eng qulay va samarali usuli, bu —og’zaki mashq va o ‘yinlardan foydalanish. Masalan: „ Ayt-chi, qanday? “ og'zaki o‘yini; „Qor qanday? — Oppoq, muzday, sovuq, mayda ; Gul qanday? — Chiroyli, qizil, xushbo'y“ va h. k. Ikkinchi yarim yillikda sodda va qo‘shma gaplar tuzishga (avval namuna asosida , keyin mustaqil), so’z turkumlaridan foydalanishga o ‘rgatish. Bolalarda sonni otga (beshta nok, ettita olma), sifatni otga (chiroyli ko'ylak, qizil olma), sifatni fe’lga (yoqimli kuyladi, chiroyli yozdi) bog 'lab , so ‘z birikmalari hosil qilish, hayvonlarning bolalari nomini bildiruvchi otlarni ko'plikda (toychoqlar, qo'zichoqlar, buzoqchalar ) to'g'ri ishlatish malakalarini takomillashtirish. Bolalarni turli usullar bilan yangi so‘zlar yasashga (gul— guldon, gulzor, gulchi, gulli; suv—suvli, suvchi va boshqalar), nutqda sifatdoshlardan (o‘ynayotgan bola) foydalanishga o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |