Adashib jinoyat yo‘liga kirgan yoki sodir etgan qilmishidan chin dildan pushaymon bo‘lgan insonlarga yana bir bor imkon berish, ularni jamiyatga, oilasi bag‘riga qaytarish muhim ijtimoiy masalalardan biri hisoblanadi. Nega deganda, ular ham O‘zbekiston fuqarolari, shu yurt farzandlaridir. Bugungi tarixiy sana arafasida men Prezident sifatida o‘zimning konstitutsiyaviy vakolatimdan foydalanib, sudlar tomonidan hukm qilingan 2 ming 700 nafar shaxsni afv etish to‘g‘risidagi Farmonni imzoladim. Bunday Farmon O‘zbekiston tarixida birinchi marta qabul qilindi. Men shu o‘rinda bir narsani alohida tushuntirib o‘tmoqchiman. Yuridik sohadan yiroq bo‘lgan odamlar amnistiya va afv degan tushunchalarning farqiga bormasligi sir emas. Hammamizga yaxshi ma’lum, shu vaqtgacha mamlakatimizda har yili amnistiya aktlari qabul qilinar edi. Amnistiyaning asosiy mazmuni shundan iboratki, u avval jinoyatlar toifasini belgilab beradi, keyin esa ana shu jinoyatlar toifasiga tushadigan shaxslar aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |