XO‘ja bog‘bon ota


SA’D IBN ABU VAQQOS ziyoratgohi



Download 1,31 Mb.
bet2/3
Sana17.01.2020
Hajmi1,31 Mb.
#35117
1   2   3
Bog'liq
Хужа богбон ота

SA’D IBN ABU VAQQOS ziyoratgohi

Mazkur ziyoratgoh G‘allaorol tumanining Avliyo qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, ikkiga bo‘lingan. Yuqori qism – ko‘lbo‘yi hududi shifobaxsh va muqaddas buloqlari, go‘zal va so‘lim go‘shalari, ajoyib tabiati, betakror manzaralari bilan kishi dilini nurafshon aylasa, pastki bo‘lagi ko‘hna masjidi, xilxonasi bilan diqqatga sazovordir. Masjid binosining XIX asrda Jizzaxlik hunarmandlar: usta Komil, usta Qobil, usta Zuhur va usta Mirziyolar tomonidan sharqona uslublarda bunyod etilganligi manbalardan ma’lum. Ganchkorlik va masjid shiftidagi rango-rang chiroyli naqsh ishlari esa o‘sha zamonlarda ustalar Mirzo Zoid va usta Bobojonlar tomonidan mahorat blan ishlangan bo‘lib, bugungi kungacha ham o‘z ohorini yo‘qotmagan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Sa’d ibn Abu Vaqqos – Makka ashroflaridan birining o‘g‘li. Muhammad alayhissalomga vahiyi kelgan paytda u navqiron bir yigit bo‘lib, islom diniga kiradi va sarkardalik xislatlarini namoyon qiladi. U hijratning 16-yili Xalifa Umar ibn Xattobning Eron va Mavoraunnahrga yuborgan qo‘shiniga boshliq etib tayinlanadi. Hozirgi Avliyo qishlog‘i yaqinida bir jangda yaralanib, sinchalog‘i uzilib tushadi. Sarkardaning qoni tomgan ko‘l bo‘yiga yaqin joyda xonaqoh bunyod etiladi.

Sa’d ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu) keyinchalik Arabistonga qaytib ketib, uzoq umr ko‘radilar. Uning keksaligi davlatmandlik soyasida o‘tadi. Biroq vafoti yaqinlashgan chog‘da eski, jundan to‘qilgan chakmonini so‘raydi. Keltirib berganlarida shunday deydi: “Meni shu bilan kafanlanglar, chunki men bu chakmon bilan Badr jangida mushriklarga qarshi jang qilgan edim. Janobi Har huzuriga men shu chakmonimda borishni istayman…” (“Munjid” va “Sahobalar hayoti” kitoblaridan). Buloqni ham Sa’d ibn Abu Vaqqos bulog‘i deb ataydilar. Bugun bu manzil juda so‘lim bo‘lib, viloyat hokimligi yordami, saxovatpesha insonlarning ehsonlari evaziga ziyoratgoh binolari ta’mirlangan, ko‘l tartibga keltirilib, ziyorat joylari obod etilgan.
Ko‘lda “muqaddas baliqlar”ni – O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan relikt qorabaliqlarini ko‘rish mumkin. Ziyoratgoh hududi 14.2 gektarni tashkil etadi.

«PARPI OTA» ziyoratgohi

“Parpi ota” ziyoratgohi Jizzax shahridan 45 kilometrlar chamasi uzoqlikda, Morguzar tog‘larining orasida, “Ko‘rpasoy” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Yalpoqbosh qishlog‘i hududida joylashgan bo‘lib mahalliy aholi tomonidan aziz maskan sifatida e’zozlab kelinadi.


Ziyoratgohda sirli-sinoatli teshiktosh bo‘lib, emishki ”gunohi borlarni poklar emish…” Teshiktoshga tutashtirib xonaqoh, ayvon, alohida muvaqqat masjid binosi qurilgan. Ba’zi manbalarda ziyoratgohga XII asrda yashab o‘tgan mashhur sharq muhaddislik ilmining buyuk bilimdoni, so‘fiylik tariqati sardorlaridan biri Al-Ahmad ibn Abuhamid G‘azzoliyning (vafoti 1122 yil) qadami yetgan manzil, deb taxmin qilinadi.
Ziyoratgoh juda qadim zamonlardan berisiga ma’lum bo‘lib uning joylashgan o‘rni ko‘hna karvon yo‘llarining ustida joylashganligi bilan xarakterlidir. O‘rta asrlar arab tarixchilari yozib qoldirgan ma’lumotlarga tayaniladigan bo‘lsa Ustrushonadagi “tog‘ yo‘li” ustidagi ziyorat manzili. Bu maskandan Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘tganligi aniq, chunki “Boburnoma”da “Cho‘bar oshuvi” haqida so‘z yuritgan Bobur mazkur tog‘ yo‘lidan o‘tmasligi mumkin emas edi…
Mazkur ziyoratgohga yaqin joyda juda qadimgi qabriston bo‘lib u joydan eramizning II-III asrlariga oid sopol ko‘zalar siniqlari chiqqan, ossuariy-ostadonlar qoldiqlari topilgan.
“Parpi ota” – “oq ota” demak bo‘lib, arabchada “parfi” – “oq” deganidir. “Parpi ota” nomi bizga “oq kiyimli ota”, “oq niyatli ota”, yoki oq rangli teshiktoshga nisbat berilib “oq tosh ota” kabi ma’nolarga ega bo‘lishi mumkin.
Ammo, nima bo‘lganida ham mazkur ziyoratgohning sirli-sinoatli xususiyati shundaki, unga kelib ixlos bilan shafe’ tilagan har bir inson tilagan niyatiga yetishadi – davlat so‘raganga davlat, sog‘liq so‘raganga sog‘liq, bu yerdan bir mo‘’jaz toshni olib qo‘yniga bosib olib ketgan befarzandga farzand ato etiladi… Vallohi a’lam, bissavob!





Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish