Xodjayorova dilxayot abdiaxatovna deformatsiyalanuvchi muhitdagi silindrik qobiqning buralma tebranishlarini sonli tadqiq etish



Download 0,92 Mb.
bet3/16
Sana13.04.2022
Hajmi0,92 Mb.
#548339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti


§3.1

Doiraviy silindrik qobiqning buralma tebranishlarida aylanish inersiyasi ta’sirini hisobga olish......................................................




§3.2

Doiraviy silindrik qobiqning buralma tebranishlarida ko’ndalang siljish deformatsiyasi ta’sirini hisobga olish...................................







XULOSA……………..…………………………………………...







FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………….






Kirish
So’nggi yillarda fan va texnikaning rivojlanishi turli xil yangi turdagi konstruksiya, har xil apparatlar va qurilmalarni yangi texnologiyalar asosida yaratishga olib kelmoqda. Hozirgi zamon texnikasining juda tez sur’atlar bilan rivojlanishi deformatsiyalanuvchi jismlar mexanikasi oldiga yangidan-yangi, amaliy masalalarni yechishni qo’ymoqda. Shu paytgacha materiallar yuqori bosimli va yuqori haroratli o’ta murakkab sharoitlarda ishlatilmoqda, yangi-yangi materiallar har xil yuqori haroratlarga chidamli qotishmalar, o’ta mustahkam va yaroqli modulli tolalar amaliyotda qo’llanilmoqda.
Bunday o’zgarishlar jismning elastik modeli bilan bir qatorda, deformatsiyalanuvchi qattiq jismning boshqa, mukammalroq modellarini ham yaratishga, muhandislik qurilmalari hisobida ishlab chiqilganiga ancha bo’lgan. Lekin shu vaqtgacha foydalanilmagan usullardan, xususan plastiklik, qayishqoq-elastiklik, polzuchest nazariyalari usullaridan foydalanishga olib kelmoqda.
Keyingi bir necha o’n yillar davomida deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasining “yemirilish mexanikasi”, “kompozit materiallar mexanikasi”, “Nanomexanika” va shu kabi qator yangi yo’nalishlar paydo bo’lishiga ham ana shu yangi talablar sabab bo’ladi. Ushbu yo’nalishlar rivoji eng avvalo elastik jism modeliga tayanadi.
Dissertatsiya ishining tadqiqot predmeti muhandislik qurilmalari elementlari sterjenlar, plastina va qobiqlarda, ularga berilgan tashqi ta’sir natijasida vujudga keladigan tebranishlarni o’rganish. Tebranishlar nostatsionar xarakterga ega bo’lgan hollarda bunday elementlarda paydo bo’ladigan nostatsionar to’lqinlar tarqalish jarayonlarini, ularning o’zlariga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o’zgarish va tadqiq qilishdan iborat. Nostatsionar tebranishlarni o’rganishda ularning xususiy chastotalarini topish, xususiy amplitudalarini aniqlash va tebranish shakllarini topish masalalarini qo’yish, ularni hal qilish va ilmiy xulosalar chiqarish.
Erkin tebranishlarning topilgan fizik-mexanik xarakteristikalaridan nostatsionar tebranishlar biror vaqt davomida ta’sir etuvchi tashqi dinamik ta’sir natijasida uyg’otilgan hollar uchun tadbiq etish, ulardan foydalana bilish ham dissertatsiya ishining predmetini tashkil etadi.
Dissertatsiya ishining tadqiqot ob’ekti yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda, ko’ndalang kesimi doiraviy bo’lgan, chekli uzunlikdagi elastik materialdan yasalgan qatlamlardir. Bunda qobiqlarning buralma tebranishlarida vujudga keladigan kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini qatlam materialining elastiklik xususiyatini hisobga olgan holda aniqlash mumkin. Bundan tashqari qatlamni urab turuvchi ob’ekt sifatida tashqi deformatsiyalanuvchi muhit ta’sirini ham qarash mumkin.
Mavzuning dolzarbligi doiraviy elastik qobiqlar juda ko’p va xilma-xil muhandislik qurilmalarining tarkibiy qismlarini tashkil etadilar. Bundan tashqari bunday qobiq va qatlamlar ko’plab mashina va mexanizmlarning elementlari hamdir. Shunday holda bu qobiq va qatlamlar turli xil dinamik tashqi ta’sirlar ostida ishlaydilar va ularning kesimlarida turli xil yuklanishlar vujudga keladi. Sterjenlardagi bunday yuklanishlarni aniqlash masalasi deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bunday yuklar ta’siri ostidagi qatlamlar ko’ndalang kesimlaridagi kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatlarini aniqlash muhim hisoblanadi. Ammo, qatlam nuqtalaridagi tashqi dinamik ta’sirlar natijasida vujudga keladigan kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatlarini aniqlash analitik usullar bilan topish hamma vaqt ham mumkin bo’lavermaydi. Bunday holda masalani yechish uchun sonli usullardan foydalanishga to’g’ri keladi. Shu sababli dissertatsiya ishida ko’rilgan masala dolzarb masalalar qatoriga kiradi deb hisoblash mumkin.
Hozirgi kunda deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi masalalarini yechishda qo’llanilib kelinayotgan sonli usullardan chekli elementlar, chegaraviy elementlar, chekli ayirmalar usullarini keltirishimiz mumkin. Biz quyida dissertatsiya doirasida chekli ayirmalar usulidan foydalanamiz. Bundan tashqari masalalarni yechish uchun ularning matematik modelini yaratishda asosiy rol o’ynovchi tebranish tenglamalarini [1, 2] ishning natijalaridan foydalanib keltirib chiqaramiz. Mana shularni hisobga olgan holda dissertatsiya ishining maqsad va vazifalari belgilanadi.
Ishning maqsad va vazifalari magistrlik dissertatsiya ishining asosiy maqsadi ko’ndalang kesimi doiraviy bo’lgan elastik silindrik qobiqlarning nostatsionar buralma tebranishlarini tadqiq qilish, aylanish inersiyasi va ko’ndalang siljish deformatsiyasi ta’sirlarini hisobga olish qilib belgilangan. Bunda tadqiqotni klassik va aniqlashtirilgan [9] tebranish tenglamalari asosida olib borish hamda masalalarni sonli usullar yordamida yechish talab etiladi. Ana shulardan kelib chiqqan holda dissertatsiya ishining asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilangan:

  1. Elastiklik nazariyasi asosiy munosabatlarini o’rganish;

  2. Ko’ndalang kesimi doiraviy elastik qobiqning buralma tebranishlari umumiy tenglamalarini keltirib chiqarish hamda undan xususiy hollarda klassik va aniqlashtirilgan tenglamalarni keltirish;

  3. Differensial tenglamalarni yechishning sonli usullarini, xususan, chekli ayirmalar va progonka usullarini o’rganish hamda amaliy masalalar yechishga tadbiq etish;

  4. Amaliy masalalar yechish;

  5. Olingan natijalar asosida ilmiy xulosalar chiqarish.

Muammoning ishlab chiqilish darajasi. Doiraviy elastik sterjen va qobiqlarda buralma to’lqinlar tarqalishini tadqiq etish masalasi bilan juda ko’p olimlar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Ammo, fan va texnikaning hozirgi zamon taraqqiyot darajasi moddalarning yangidan-yangi xususiyatlarini, jumladan ularning reologik, anizotropik temperaturaviy va h.k. xususiyatlarini hisobga olgan holda tadqiqotlar o’tkazishni talab etmoqda. Bundan tashqari sterjenlardagi buralma to’lqinlar tarqalishi masalasi aniqlashtirilgan tenglamalar asosida juda kam ilmiy ishlarda tadqiq etilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Doiraviy elastik silindrik qobiqlarning buralma tebranishlari haqidagi masalalar analitik yechimlar asosida tadqiq etilgan. Aslida dinamik jarayondagi xotira effektini ko’proq va aniqroq ravishda singulyar yadrolar hisobga oladilar. Singulyar yadro bilan esa masalani analitik yechish ancha qiyinlashadi yoki ko’pgina hollarda uni yechib bo’lmaydi.
Shu sababli sterjen va qobiqlarning buralma tebranishlari haqidagi masalalarni sonli tadqiq etish masalasi hozirgi vaqtlarda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lmoqda. Dissertatsiya ishida qaralgan va yechilishi uchun sonli usullar tadbiq etilgan masalalarning ilmiy ahamiyati birinchidan, elastiklik xususiyatini hisobga olinganligi va ikkinchidan, masalani yechish uchun chekli ayirmalar usulining qo’llanilishi ularning shu turdagi masalalarni yechishda asos bo’lishini ko’rsatadi. Dissertatsiya ishining ilmiy ahamiyati ham shundan iborat.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Hozirgi zamon texnikasi, qurilish, yer osti va yer usti inshoatlari, aviatsiya, kemasozlik va boshqa juda ko’plab sohalarda ko’ndalang kesimi doiraviy bo’lgan qobiqlar muhandislik qurilmalarining asosiy elementlaridan biri sifatida ishlatiladi. Qo’llanilish jarayonida bunday qatlamlar intensiv va impulsiv dinamik yuklar ta’siri ostida bo’ladilar hamda juda ko’p hollarda ularning dinamik chidamlilik darajasini tajribadan emas, balki hisoblashlar yordamida aniqlashga to’g’ri keladi.
Yuqorida aytilganlar doiraviy elastik qatlamlarning nostatsionar tebranishlarini tadqiq qilish, ularning tebranish chastotasi, amplitudasi, shakli, ko’chishi va kuchlanishi kabi boshqa xarakteristikalarini aniqlash muhim amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Dissertatsiya ishida qaralgan qatlamning buralma tebranishlari haqida masalalar tadqiqotlari ham shunday tadqiqotlar jumlasiga kiradi va muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lgan masalalardan biridir.
Dissertatsiya ishining tuzilishi. Ushbu magistrlik dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan asosiy adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib jami ….betni tashkil qiladi.
Dissertatsiya asosiy bo’limlarining qisqacha mazmuni. Dissertatsiya ishining kirish qismida ishning predmeti va dolzarbligi tavsiflashga atroflicha to’xtalib o’tilgan. Ishning predmeti ishonarli dalillar asosida ko’rsatilgan va shu asosda uning ob’yekti aniqlashtirilgan.
Doiraviy elastik qobiqning buralma tebranishlarini klassik va aniqlashtirilgan tenglamalar asosida tadqiq qilish zamonaviy mexanikaning o’ta dolzarb mavzularidan ekanligi isbotlangan. Dissertatsiya ishining maqsadi va bu maqsadni amalga oshirish uchun bajarilishi kerak bo’lgan vazifalar belgilab olingan. Shunday vazifalardan beshtasi alohida ajratilgan va sanab o’tilgan. Ularning har biriga xarakteristika berilgan.
Dissertatsiya ishida hal qilinishi kerak bo’lgan muammo tahlil qilingan. Olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyatlari aniq misollarda sodda qilib tushuntirib berilgan.
Dissertatsiya ishining birinchi bobi “Doiraviy elastik sterjenning tebranish tenglamalari” deb ataladi va o’z ichiga uchta paragrafni olgan. Birinchi paragrafda ko’ndalang kesimi doiraviy bo’lgan silindrik qobiq va sterjenlarning nostatsionar tebranishlariga doir o’tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlariga qisqacha sharh berilgan.
Ikkinchi paragrafda ko’ndalang kesimi doiraviy silindrik qobiqning buralma tebranish umumiy tenglamalaridan, qobiqning ichki radiusi nolga teng bo’lgan xususiy holi uchun doiraviy elastik sterjenning umumiy tenglamalari keltirib chiqarilgan. Olingan tenglamalarning boshqa mualliflar tomonidan olingan tenglamalar bilan taqqoslash natijalari bayon etilgan.
Uchinchi paragrafda olingan umumiy tebranish tenglamalaridan xususiy hollarda klassik va aniqlashtirilgan tenglamalar keltirib chiqarilgan. Aniqlashtirilgan tenglamalarning har bir hadi qanday mexanik ma’noga ega ekanligi bayon etilgan.
Dissertatsiya ishining ikkinchi bobi differentsial tenglamalarni yechishning chekli ayirmalar usuli, xususiy hosilali differentsial tenglamalarni taqribiy yechish, doiraviy elastik qobiqlarning buralma tebranishlarini klassik (ikkinchi tartibli) tenglamasi asosida sonli tatbiq etishga bag’ishlangan. Ushbu bobning birinchi paragrafi differentsial tenglamalarni yechishning chekli ayirmalar usuli o’ng, chap va markaziy ayirmalarga bag’ishlangan. Shu bobning Ikkinchi paragrafida xususiy hosilali differentsial tenglamalarni taqribiy yechish uchun asosiy munosabat va tenglamalari yechish tartibi keltirilgan.Umuman olganda bu bob aniq amaliy masalalarni yechish uchun qo’llaniladigan sonli usullarni, xususan chekli ayirmalar usulini bayon qilishga bag’ishlangan.
Bunda asosan to’rtinchi tartibgacha bo’lgan hosilalarni chekli ayirmalar bilan almashtirish masalalari, chap, o’ng va markaziy chekli ayirmali hosilalar to’g’risida ma’lumotlar va boshqa, shunga o’xshash zaruriy ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiya ishining uchinchi bobi “Doiraviy silindrik elastik qobiqning buralma tebranishlarini sonli tadqiq etish” deb nomlangan. Bob ikkita paragrafdan iborat bo’lib birinchi paragrafda qobiq ko’ndalang kesimi ichki va tashqi radiuslarini hisobga olgan holda aylanish inersiyasini hisobga olingan hollar uchun yechilgan. Olingan sonli natijalar asosida, ko’chishlarning vaqtga va koordinataga bog’liq grafiklari keltirilgan. Ikkinchi paragrafda doiraviy elastik silindrik qatlamning buralma tebranishlarida ko’ndalang siljish deformatsiyasi ta’sirini hisobga olib sonli natijalar olingan va ushbu natijalar asosida ko’chishlarning vaqtga va koordinataga bog’liq grafiklari tasvirlangan. Natijalar asosida xulosalar chiqarilgan.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish