1. Umumiy dastur.
U nomzodlarni nazariy tayyorgarlikdan o’tkazishga mo’ljallangan bo’lib, asosan ishlab chiqarishni boshqarish nazariyasi va amaliyotdan iborat bo’ladi. Nomzodlarning mazkur dasturni egallashlari imtihon olish orqali aniqlanadi.
2. Maxsus dastur.
Unga ko’ra zaxiraga kiritilgan nomzodlar ixtisosliklari bo’yicha guruhlarga ajratilib, alohida-alohida o’qitiladilar. Ushbu dasturda amaliy o’yinlar, ishlab chiqarishning muayyan muammolarini hal etish bo’yicha takliflar tayyorlash kabi o’qitish shakllaridan foydalanish ko’zda tutiladi. Nomzodlar o’z ixtisosliklari bo’yicha ishlab chiqarishni takomillashtirish yuzasidan aniqtakliflar tayyorlab, ekspert komissiyasi ishtirokida bu takliflarni himoya qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |