2. Zaxirani shakllantirish va zaxira tarkibiga kiritilgan xodimlar ro’yxatini tuzish.
Buning uchun quyidagi usullardan qo’llaniladi:
— hujjatlarni tahlil etish. Birinchi navbatda, xodim mehnat faoliyati to’g’risida hisobotlar, uning tarjimai holi, xodimga berilgan tavsifnoma, attestatsiya natijalari va boshqa hujjatlar o’rganib chiqiladi;
maxsus ishlab chiqilgan reja yoki savolnoma bo’yicha xodim bilan suhbat (uning qiziqishlari, ehtiyojlari va boshqa qiziqtiruvchi ma’lumotlarni aniqlash uchun);
xodimning o’zini qanday tutishini turli vaziyatlar (ishlab chiqarishda, turmushda va hokazo)da kuzatish;
mehnat faoliyati natijalarini (mehnat unumdorligi, bajarayotgan ishi sifati, boshqarayotgan bo’linmasining ko’rsatkichlari va hokazolar) baholash;
lavozimga muvofiqligini aniqlash. Buning uchun zaxiraga kiritilayotgan xodim amaliy va shaxsiy sifatlari u egallashi mo’ljallanayotgan lavozimga qo’yilgan talablar bilan taqqoslanadi;
zaxiraga nomzod uchun ma’lumoti, yoshi, ish staji va hokazolar bo’yichatalablar;
Do'stlaringiz bilan baham: |