Xizmatingiz buyuk-biz uchun”
BUXDU Fizika-matematika fakulteti Fizika (yo’nalishlar bo’yicha)10-1FIZ-21 guruh magistranti Qaxramonova Maxliyoning “Eng yaxshi maqola” tanlovi uchun yozgan maqolasi
Tel:(91)3122288
Annotatsiya: 1992-yil 14-yanvar Respublikamiz Qurolli Kuchlari tashkil topdi,1993-yildan 14-yanvar “Vatan himoyachilar kuni” deb e’lon qilindi.Hozir Respublikamiz Qurolli Kuchlari tashkil topganiga 30 yil to’ldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilk kunlardan: “xalq bilan armiya-bir tanu bir jon” degan muhim g’oyani ilgari surdilar. “Harbiylarimizning ham jismonan ,ham bilim jihatidan barkamol bo’lishi uchun hamma sharoitlarni yaratyapmiz.Shuning uchun sizlar bir soat ham vaqtlaringizni behuda o’tkazmay,kitob o’qishingiz,chuqur bilim olishingiz,axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni puxta o’rganib,yoshlarga o’rnak bo’lishingiz kerak.Chunki yoshlar bizning tayanchimiz,umidimiz”dedilar Prezidentimiz.
Kalit so’zlar:Ona Vatan, donishmandlar o’giti,harbiylarimiz xizmati.
“Vatan,ona so’zi naqadar laziz,
Sensan har narsadan mo’tabar,aziz.
(Uyg’un)
Ona Vatan! Nima uchun Vatanni ona so’zi bilan yonma-yon ishlatamiz? Chunki, Vatan-kishilarning tug’ilib o’sgan joyi,yurti,mamlakati,tarixan xalqqa tegishli hudud hamda uning tabiati,aholisi,o’ziga xos taraqqiyoti,tili,madaniyati,turmushi va urf-odatlari majmui hisoblanadi.Vatan ona kabi yagona,muqaddas.Vatan oldidagi qarzdorlik tuyg’usi,ma’suliyati har bir yetuk insonga xos xusiyatdir.Vatanni sevish vatanparvarlikda namoyon bo’ladi.Vatanni sevaman deyish emas buni aytmasdan his qilgan holda isbotlash kerak,jonni ayamay sidqidildan fidokorona xizmat qilish kerak.Agar har bir inson o’z fidokorligi,vatanparligi bilan vatanimiz porloq kelajagi uchun o’z hissasini qo’shsa yurtimiz mustaqilligi,tinchligi abadiy bo’ladi!Faqatgina harbiylargina vatanni tinchligi uchun ma’sul emas balki hammamiz birday ma’sulmiz.Beparvolik eng yomon xislat, bir donishmand inson shunday degan ekan:”Dushmandlardan qo’rqma -nari borsa ular seni o’ldirishi mumkin.Loqayd odamlardan qo’rq –ular seni o’ldirmaydi ham,sotmaydi ham,faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo’laveradi”. Loqaydlik degan bir bedavo illat borki,u keltirayotgan ziyon tufayli ko’plab ko’ngillarga ozor yetadi,ko’plab hayotlar barbod bo’ladi.Har bir inson o’z kasbiga fidokor bo’lsa halol bo’lib,o’z kasbini yetuk mutaxassisi bo’lsa ana bu ham Vatan uchun bir vatanparvarlik deb bilaman.Buni negizida kichik Vatan oila turadi.Ota-ona ,bobo-buvilarimizning to’g’ri tarbiyasi-yu,aytgan o’git pand- nasihatlari o’rnak bo’la olishlari muhimdir.Oila muqaddas,oilani asrab qolish ham vatan uchun bir tinchlik,oilalar tinchligi farzandlar shirin kulgusi ota-onalarning vatan uchun ham xizmati ham burchi hisoblanadi.Demak,Ona –Vatanni sevish,undagi bor narsalarni ardoqlash va sog’inib yashashlik insoniyat fitratida mavjud bo’lgan nozik his-tuyg’u deb bilaman.Qayerga bormasin kishi o’z vatanini baribir qumsayveradi.Chunki ,inson dunyo yuzini ko’rgach birinchi bo’lib vatanidagi havodan nafas ola boshlaydi,vatanidagi tuproqda ilk qadamlarini qo’yib yurishni o’rganadi,dunyoni tanishni shu vatanni anglashdan boshlaydi.Ilk kindik qoni to’kilgan,dastlabki qadamlarini qo’ygan tuproqni himoya qilishlik barchamizning Vatan oldidagi muqaddas insoniylik burchimiz hisoblanadi.Axir donolarimiz bekorga aytishmaganku:
Tug’ilgan yerdan ko’ngil uzilmas,
Yurt qo’riganning yurti buzilmas.
Har bir kasb egasining vatan oldidagi burchi hamda vazifasi u bilan birga bo’ladi.Vatan ostonadan boshlanadi buni biz odobnoma kitobidan o’qiganmiz va ustozimiz bizga tushuntirib berganlar,kitoblar,video filmlar hozirgi internet rivojlangan asrda yashayabmiz shulardan Vatan,urush qahramonlari haqida bilib olsak bo’ladi.Men Said Ahmadning “Ufq” romanini o’qiganimda shunaqa ta’sirlanganman,keyin O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarlarini o’qib urush nimaligi,jonini fido qilganlarni tasavvur qila olganman.Mustaqilligimiz uchun qancha insonlar fido bo’lmadi.Buni “Vatan” -2006 –yilda rejissor Zulfiqor Musoqov tomonidan ishlangan kinofilmda ham ko’rish mumkin.Vatan uchun tinchligimiz uchun o’zini fido qilganlar qancha?Ha buyuk Alisher Navoiy :
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa ,
Bulbulga tikandek oshyon bo’lmas emish,
-deganlaridek ,qafas erkin yashash, kamol toppish uchun “oshyon” bo’la olmaydi.
1992-yil 14-yanvar Respublikamiz Qurolli Kuchlari tashkil topdi,1993-yildan 14-yanvar “Vatan himoyachilar kuni” deb e’lon qilindi.Hozir Respublikamiz Qurolli Kuchlari tashkil topganiga 30 yil to’ldi.Bunday vaqtda milliy armiyamiz hech bir mamlakatdan ortda qolmaydigan darajadagi qurol-aslahalarga,jangovor uskunalarga ega bo’ldi.Respublikamiz Qurolli Kuchlarida xizmat qilayotgan askarlarning saviyasi esa ma’nan ,ham jismonan yuksak darajaga yetib ulgurdi desak adashmagan bo’lamiz.Yurtimizda har yili 14-yanvar kuni “Vatan himoyachilari kuni”ga bag’ishlab turli bayram dasturlari,ko’rik tanlovlar,davra suhbatlari,musobaqalar o’tkaziladi va o’z Vataniga chin sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan bir qator harbiylarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi,Vatan tinchligi yo’lida halok bo’lganlarni xotirlab uylariga sovg’a salomlar bilan borib ruhlarini shod qilib keliniyaotganligini televideniya orqali ko’rishimiz mumkin,ular nomi abadiy!Bunday dasturlar Vatanimiz himoyachilarini rag’batlantirishga xizmat qilibgina qolmay,atrofdagi yoshlarga vatanga mehr-muhabbat,Vatanimiz himoyachilariga nisbatan yuksak ehtirom tuyg’ularini shakllantirib,bo’lajak Vatan himoyachilari ma’maviyatini yuqori darajaga ko’tarib,jismonan baquvvat aqlan yetuk,sergak bo’lib kamolotga yetishlarida katta rol o’ynaydi.
Yurtimiz birinchi prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov aytganlaridek:”Tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash ,himoya qilish faqat muayyan sohalar hodimlarining vazifasi,deganlar qattiq yanglishadilar.Bu yo’lda barchamiz ,butun xalqimiz yanada jips bo’lib,hamjihatlikda harakat qilishimiz kerak.O’z uyingni o’zing asra degan gapda hikmat ko’p,uning ma’nosi keng. Zero tinchlik uchun kurashish kerak,uni hech kim yaratib bermaydi”.
Yurt tinchligini himoya qilishda har bir soha vakillari o’z sohasi doirasida hissa qo’shishi kerak.Bundan tashqari muqaddas dinimizda Vatanni himoyalash muqaddas burch qilib belgilanib,bu xizmati uchun juda katta mukofotlar va’da qilingan. Imom Taboroniy rivoyat qilgan hadisi sharifda Rasulluloh(s.a.v) shunday marhamat qilganlar:”Alloh taolo roziligi yo’lida bir kun chegara hududida posbonlik qilish bir oy kechalari ibodat qilib,kunduzlari nafl ro’za tutishdan afzaldir”.
Sizda orom qayda ,Sizda tin qayda.
Siz to’yib uxlagan bitta tun qayda.
El-yurt oromini asragan zotlar ,
El mehri asrasin sizni har joyda.
Sizni uchrataman tog’da ,dalada,
Xizmatda hamisha –qorda,jalada.
Sizga sabot bersin ,sizga kuch bersin,
Buyuk zotlar ruhi shunday pallada.
Har kun oftob bilan sog’ ko’rishib yuz,
Uydan omon chiqib,omon qaytingiz.
Rizqi ulug’ bo’lsin ,ko’ksi ulug’ bo’lsin,
Xonadoningizu mamlakatingiz.
Haqiqatdan ham Vatan himoyachisi bo’lishlik eng sharafli kasb, ”Jasur”, ”Temur” va boshqa o’zbek kinofilmlarida buni ko’rish mumkin .Bu fidokorlik,xizmatlariz biz uchun buyuk! ”Ilhaq” kinofilmi judayam ta’sirli olinganki xuddi shu vaziyatga tushib qolgandek bo’lasan,hattoki Rossiya Davlatiga borib bu kinofilmni ko’rsatib,aktiyor,rejissorlarimiz taqdirlandilar.,bu ham Vatan uchun fidoyilik!Sportchilarimizning Yurtimiz bayrog’ini ko’klarga ko’tarib kelgani,yoshlarimizning fan olimpiadalarda yuqori o’rinlarni olayotganlari,boshqa davlatlarga grant yutib o’qiyotganlari,yurtimiz dong’ini taratayotgan yoshlar xizmatlari ham biz uchun buyuk!Vatan uchun jon fido,jonim fido deganlarga tasanno!Vatan himoyachilari tunlari bedorki,bizlar tunlari behavotir uxlaymiz,ularga qancha xizmatlari uchun rahmat aytsak kam.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilk kunlardan: “Xalq bilan armiya-bir tanu bir jon” degan muhim g’oyani ilgari surdilar.
“Harbiylarimizning ham jismonan ,ham bilim jihatidan barkamol bo’lishi uchun hamma sharoitlarni yaratyapmiz.Shuning uchun sizlar bir soat ham vaqtlaringizni behuda o’tkazmay,kitob o’qishingiz,chuqur bilim olishingiz,axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni puxta o’rganib,yoshlarga o’rnak bo’lishingiz kerak.Chunki yoshlar bizning tayanchimiz,umidimiz”dedilar Prezidentimiz.
Harbiylar xalqimiz ma’naviy yetuk farzandlari bo’lishi kerak! Harbiy qurilish tizimini takomillashtirish uchun dam olish sharoitini yaxshilash,ularni uy-joy bilan ta’minlashga katta e’tibor berilyapti,ular xizmatlari bunga arziydi,ona yurtga sadoqatni ulardan o’rgansak bo’ladi.
Ana shunday mard ,jasur,sadoqatli ,yurtimiz uchun jonini fido qilayotgan o’g’lonlarimiz borki, biz tinch osuda yurtda yashayabmiz.Shunday yurtda yashayotganimdan faxrlanaman.
Xizmatingiz buyuk-biz uchun !
Do'stlaringiz bilan baham: |