Suyuqlik bilan sovutish tizmining afzalliklari:
1)Qo‘llaniladigan suyuqlikning qaynash harorati 370-380°C bo‘lganligi sababli dvigatelning detallari qattiq qizib ketmaydi;
2) Sovituvchi suyuqlik dvigateldan chiqayotgan shovqin tovushini qisman yutadi;
3)Tashqi muhitning harorat sharoiti past bo‘lganda, dvigatelni yurgazish nisbatan oson bo‘ladi va qizishi tezlashadi;
4) Bu turdagi dvigatelning sovitish tizimi qoburg‘alarining bo‘lmaganligi sababli ixcham bo‘ladi.
Havo bilan sovutish tizmining xususiyatlari:
Tizimda suyuqlik nasosi, radiator, suyuqlik kanallari, termostat yo‘qligi sababli birmuncha yengil va oddiy ishlangan;
Dvigatelda suv g‘ilofi bo‘lmaganligi sababli tashqi muhit harorati past bo’lganda, muzlab qolmaydi.
Sovitish suyuqligi
Sovitish suyuqligi sifatida asosan suv ishlatiladi, chunki u issiqlikni o‘ziga tez oladi va o‘zidan tez tarqatadi, arzon va yetarli miqdorda. Lekin sovitish tizimida qaynagan suvning quyqasi (nakip) cho‘kib, suv g'ilofi devorlarida tuz qatlami hosil qiladi. Buning natijasida silindrlar blokining issiqlik o‘tkazish qobiliyati sustlashadi, suv g‘iloflarining devorlari zanglaydi. Mana shu xolatlarni oldini olish maqsadida maxsus suyuqlik (antifriz) dan keng foydalanilmoqda. Antifrizning ikki xili ishlab chiqariladi: tarkibi 47% suv va 53% etilen-glikol bo’lgan antifriz M-40 (muzlash harorati -40°C). 34% suv va 66% etilenglikoldan tashkil topgan antifriz M-65 (muzlash harorati - 65°C). Antifriz kishi organizmi uchun zaharli hisoblanadi.
Suyuqlik bilan sovitish tizimi konstruksiyasi
Radiator blokda isigan suyuqlikning issiqligini tashqi muhitga tarqatish uchun xizmat qiladi. Radiator o‘zagining detallari, issiqlikni tez tarqatuvchan xususiyatga ega bo‘lgan latundan tayyorlanadi. Naychalari gorizontal joylashgan radiatorlar (yengil avtomobillar)da o‘zak detallari aluminiydan, bakchalari esa plastmassadan tayyorlangan.
Jalyuzlar radiator oldida joylashgan bo’lib, tortqi bilan haydovchi kabinasidan boshqariladi. Boshqarish natijasida jalyuzlar radiatordan o’tayotgan havo oqimining miqdorini o’zgartirib, dvigatelning kerakli harorat rejimini
ta’minlaydi. Ayrim avtomobil dvigatellarida kerakli harorat rejimini ta’minlash uchun jalyuzlar avtomatik boshqariladi.
Suyuqlik nasosi sovitish tizimida suyuqlikning majburiy harakatlanishi nasos yordamida amalgam oshiriladi. Odatda past bosimli (40-100 kPa) markazdan qochma suyuqlik nasosi ishlatiladi.
Ventilator radiator o’zagidan o’tayotgan havo oqimini jadallashtirib, undan issiqlikning tashqi muhitga tarqalishini tezlashtiradi.
Termostat. Dvigatelni kizdirishni tezlatib, sovitish tizimida qulay haroratni avtomatik ravishda saqlab turish uchun xizmat qiladi. Asosan qish mavsumida kerak bo’ladi.
|