73
o’quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat.
Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quydagilardan iborat:
kafolatlangan yakuniy natija,
ta’limning maxsuldorligi,
teskari aloqaning mavjudligi,
ta’lim maqsadining aniq shakillanganligi.
U yoki bu pedagogik texnogiyani tanlash, rejalashtirilgan dars va mashg’ulotda
qaysi darajadagi bilim va kunikmalarni o’zlashtirish nazarda tutilganligiga bog’liqdir.
Pedogogik texnologiya doirasida yangi o’quv materialini o’zlashtirishning boshlang’ich,
algoritmik, evristik, ijodiy xarakterdagi darajalari mavjud. Boshlang’ich harakterdagi
daraja-o’quvchining eshitganlari, ularga berilgan namunalar, taqdim etilgan algoritm va
kursatmalar asosida topshiriqlarni bajarish kunikmasini ifodalaydi.
Algoritmik xarakterdagi daraja-bilim va kunikmalar mazmunini tadbiq qila olish
mahorati, bir tipdagi masalalarni yecha olish, yozib olish va eslab qolish faoliyatini
amalga oshirish kunikmasini ifodalaydi.
Evristik xarakterdagi daraja-taqdim etilgan o’quv masalalarini yechish yo’llarini
izlash hamda bu muammolarni yechish uchun yangi axborotlarni mustaqil tarizda izlab
topish kunikmasiga ega bo’lish bilan xarakterlanadi.
Ijodiy xarakterdagi daraja-o’quv materialini, shuningdek, ilgari o’zlashritilgan
bilim va kunikmalarni turli xolatlarda tadbiq eta olish maxorati bilan xarakterlanadi.
Boshlang’ich va algoritm xarakterdagi darajalar reproduktiv bilim va kunikmalarni
talab qiladi. O’zlashtirishning ushbu darajalardagi pedagogik texnologiyalarni ijrochi
texnologiya deb atash mumkin.
O’quv materialini esda saqlab qolishga va kunikmalarni hosil qilishga yunaltirilgan
bilim va maxoratlar darajasi o’quvchilarning reproduktiv va maxsuldor faoliyatlarni
uyg’unlashtirishni talab qiladi.
O’quv- bilish faoliyati izlanuvchan, evristik xarakter kasb etganda, yuqori
darajadagi muammoli, muammoli rivojlantiruvchi ta’lim metodi, vaziyatni tahlil qiluvchi
topshiriqlar metodi ishchan o’yinlar, mustaqil ishlar, muammoli xarakterdagi
topshiriqlardan foydalanish zarur. Bu evristik texnologiya deb ataladi.
74
O’quv omillarini yaratishga asoslangan pedagogik texnologiyani tadbiq etish va
uning maqsadiga erishish o’qituvchining pedagogik maxorati, muloqot madaniyati,
nutqining tug’riligi kommunikativ maxoratining o’quvchilarga ta’siri, pedagogik
texnikani egallaganlik darajasi va bu texnikani bevosita darsda qo’llashga ulgura olishga
bog’liqdir. O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqati ijtimoiy nuqtai nazardan o’quvchi
shaxsiga yunaltirilgan bo’ladi. Muloqot guruhlarga muljallangan yoki yakka shaxsga
yunaltirilgan bo’lishi ham mumkin.
O’qituvchining o’quvchi bilan muloqati pedagogik xarakterdagi muloqot bo’lishi,
aniq pedagogik vazifani bajarilishiga yunaltirishi kerak. Jumladan: optimal, yaxlit, qulay
o’quv muxitini, ruxiy vaziyatni, o’quv faoliyatini optimallashtirish, o’qituvchi va
o’quvchilar orasidagi munosabatni tashkil etish shuningdek, o’quvchilar jamoasi
orasidagi munosabatni shakllantirish nazarda tutilada.
Shu asosda ta’limda o’quvchilarga bilim berish yoki ularning o’zlarini bilim olishga
undovchi motivlar mavjud ekan. Bugungi kun ta’lim sohasida yuqorida aytib
o’tganimizdek ko’rgazmali qurollardan foydalanish eng samarali usullardan biri deb tan
olinmoqda. Ularga quydagilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: