Yakuniy natijalarning kafolatlanishi – pedagogik texnologiyaning yana bir
muhim prinsiplaridir. Bu tushuncha nisbiy xarakterga ega. O’qitishning tugallanganligi
prinsipi o’zlashtirish 55% bo’lsa – qoniqarli hisoblanadi. Pedagogik texnologiyaning
sifat kursatkichlari – zamonaviylik, ilmiylik, eng maqbullik, o’qituvchi va o’quvchining
dasturli faoliyati, axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanganlik darajasi,
yetarlicha moddiy-texnikaviy baza hisoblanadi. Ma’lumki, jahon pedagogikasida qabul
qilingan ikki nazorat turi mavjud: noxolis va xolis. Noxolis usulda bilim va
kunikmalarni tekshirish o’quvchi oldiga quyilgan savolga olingan javobni eshitishdan
hosil qilingan taasurot ostida o’qituvchi tomonidan amalga oshirilgan. O’quvchi javobi
hech qanday o’lchov va sifat mezoni bilan taqqoslanmaydi. Masalan: imtixon
savollariga og’zaki javob berishni baholash yoki yozma ishlarni tekshirish xolis nazorat
usuli – testdir. Shuningdek, o’qituvchi dars mashg’ulotlari jarayonida ko’rgazmali
metoddan foydalanish bilan birgalikda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalangan
holda dars sifatini oshirishga erishishda samarali natijalarga erishadi. Tarix fanini
o’qitishda pedagogik texnologiyalardan o’rinli foydalanish y’ani test usilidan ham
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Test inglizcha “test ”- so’zidan olingan bo’lib o’zbekcha “sinov” ma’nosini
anglatadi. Testga XIX asrning 90 yillarida insonning biror xususiyatini o’lchash usili
sifatida ingliz ruhshunosi D. Kettel tomonidan asos solingan. XX asr boshlarida bu
sohada ikkita yo’nalish yuzaga keldi.
1.Psixologik testlar.
2.Pedagogik testlar
Psixologik testlar odamning psixologik – fiziologik va shaxsiy xususiyatlarini
baholashga qaratilgan.
“Pedagogik testlar esa bolaning maktabga tayyorgarligini , uning u yoki bu fan bo’yicha
o’zlashtirishini hamda kasb hunarga tayorgarlik darajasini o’lchashga, aniqlashga
mo’ljallangan. Test bo`yicha olib borilgan izlanishlar ularni vujudga kelish davrlarini
shartli ravishda uch davrga bo`lish imkonini beradi.
1900-1915 lar –izlanish, o`rganish va tadqiqot davri .
1960-1930 yillar –testlarning eng ko`p qo`llanilgan davri .bu davrda R.Torndayk
tomonidan arifmetika algebra , husnixat kabi fanlar bo`yicha testlar tayorlandi .
1931 yil;da keyingi davr . Bu davrda testlar nazorat qilishning asosiy shakli sifatida
qo`llaniladi. AQSHda maktab , kollej, tijorat , o`quv yurtlarida o`quvchilar bilimini
aniqlashda testlardan foydalaniladi”
33
.
Respublikamiz Prezidenti I.A Karimov tashabbusi bilan 1992-yili 19 ta oliy o’quv
yurtida talabalarni qabul qilish test orqali olib borildi.
1993-yildan boshlab hamma fanlardan olimpiyadalar test asosida o’tkazildi. O’tgan davr
ichida psixologik va pedagogik testlarni tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, test
Respublikamizda o’quvchilar bilimini aniqlashda xuddi xorijdagidek keng qo’llaniladi.
Kuzatish, savol-javob o’tkazilgan anketalar natijalari pedagogik diognostikada keng
qo’llaniladigan haqiqiy samarali usul ekanligini ko’rsatmoqda. Hozirgi kunda jahonda
qo’llanilayotgan testlarning quyidagi guruhlari bor .
1.Yetuklik testi(o’qigan materialni aytib bera olish) .
2. Ko’rsatuv, ya’ni ijod testi (fiklashga oid)
3.Biror mezon bo’yicha test (biror shakl, modellar va rasmlardan iborat )
33
Shodiyev.N “Yangi pedagogik texnologiyalar” Samarqand 2005-yil 112 -bet
69
4.Proyektiv test (biror shakl modellar va rasmlardan iborat )
5. Intellekt test (ma’lum bir qobiliyatni tekshirish bo’yicha )
6.Shaxsiyat testi (sotsiologiya va ruhshunoslikga oid testlar ).
Test tuzishga bo’lgan talablar quyidagilardan iborat:
1.Test savol-topshiriklari bilimlar majmuasi va ularni o’zlashtirishga quyilgan DTS
talablari asosida tuziladi.
2.Topshiriklar sharti qisqa, aniq va oddiy bo’lib, unga keltirilgan javob yagona
shaklda ifodalangan bo’lishi kerak.
3.Topshirilayotgan materialning ma’nosini ifodalovchi bir xil murakkabroq
darajadagi topshiriqlar albatta, kiritilgan bo’lishi kerak.
4.Qaratilayotgan material bo’yicha bir necha xil variantlar bo’lgan holda, ulardan bir
xil sondagi topshiriqlar berilishi lozim.
5.Javobni tanlash testida albatta, to’g’ri javob bo’lishi lozim.
6.Bitta testda bir xil sondagi savollar bo’lishi kerak.
7.Testlarda tushirib qoldirilgan atamalar, formulalar tanlangan mavzularning
asosiysi bo’lib, ular bir testda 2-3 tadan oshmasligi kerak.
8.To’g’ri javoblar teng taqsimlanishi kerak.
9.Qo’yilgan maqsadga ko’ra bir xil testlarni turli xil variantda tuzilishi lozim.
Umumta’lim maktablarida testni joriy qilishga quyidagi talablar qo’yilmoqda.
1.Testlar – maxsus metodistlar tomonidan dastur materiallari hajmini aniqlab,
yuqoridagi kursatilgan talablar asosida ishlab chiqilmog’i kerak. U metodik jihatdan
to’g’ri tuzilib, zarur yangiliklar bilan to’ldirilib borilishi kerak.
2.Fanning mazmuni, o’quvchining o’zlashtirish darajasi va testning miqdorini
inobatga olish kerak.
3.Testlar bir o’qituvchi rahbarligida tuzilmay, boshqalarning fikrlarini ham hisobga
olish lozim.
4.Test savollari anik, kitob va darsliklar asosida olinishi kerak.
5.Testlar individual bo’lishi lozim.
6.Testning sifatini orttirish, zaxirasini kupaytirish uchun izlanish, seminar, kurik-
tanlov, konferensiyalar o’tkazish joiz.
70
7.Maktabda o’qituvchilar savollar asosida test tuzish mexanizmini bilishlari lozim.
Kamchiligi bor testlar tezlik bilan tuzatilishi kerak.
Test o’quvchilarning bilim darajasini baholashdan tashqari, o’qituvchining kasb
mahoratini ham orttirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |