Ko’rgazmali materiallar:
1 O’quvchi darsni tushunishini, hamda har bir o’quvchining ongida bir xil tushuncha
hosil bo’lishini ta’minlaydi.
2 O’quvchilarning diqqatini biror narsaga markazlashtirish orqali, ularda qiziqish
o’yg’otadi va bu qiziqish so’nmasligini ta’minlaydi.
Turli uslublardan foydalanish orqali o’quvchilarni biror narsaga undaydi, ularning
hayolotini uyg’otish yuli bilan, ularni motivatsiyalaydi.
3 Vaqt tejalishini ta’minlaydi, chunki bunda batafsil va so’zma-so’z og’zaki
tushuntirishlar talab etilmaydi.
4 Real modellarni ishlatishda va diagrammalarni ishlab chiqishda o’quvchilar
qatnashishi imkoniyatini beradi.
5 O’tilgan mavzuning mazmunini turli yo’llar bilan qisqacha umumlashtirilishi orqali
o’rganish jarayonini jipslashtiradi.
Ko’rgazmali materiallar-jihozlarning quyidagi asosiy turlari mavjud:
75
1 Sinf doskasi (hozirda u turli ranglarda bo’lishi mumkin). Doskaga odatda dars paytida
yoziladi, lekin zarur ma’lumotlarni doskaga oldindan yozsa ham bo’ladi.
2 Maxsus oq taxta (doska). Ularga odatda maxsus markerlar bilan yoziladi.
3 Magnit doskalar. Ular odatda o’rtacha qalinlikdagi maxsus metall yoki qora metall
qoplamalaridan tayyorlanadi. Bunda ko’rgazma materiallar taxta yoki
plastmassadan tayyorlanib, ularning orqa qismiga magnitlashtirilgan disklar qotiriladi.
76
4 Flipcharatlar. Ularga dars davomida maxsus qalam bilan yozib boriladi (zarur bo’lgan
paytda kerakli yozuvlar flipchartalarga oldindan yoziladi).
5 Jadvallar, plakatlar, diagrammalar, xaritalar va kattalashtirilgan suratlar. Bu
materiallar odatda yetarli darajada yirik bo’lib, ularni ko’rsatishda proyektorlardan
foydalanish zaruriyati bo’lmaydi.
6 Proyektor va slaydlar. Odatda bunday slaydlar oldindan tayyorlaniladi yoki bo’sh
slaydlarga mashg’ulot davomida markerlar yordamida yozuvlar yoziladi.
7 Yassi ekranli kompyuter proyektorlari va “Microsoft Power Point” kompyuter
dasturi.
8 Taxtalarga o’rnatilgan noto’g’ri yig’ilgan qismlarning asl nusxasi.
9 Video tasvir materiallari (tijorat maqsadida ishlab chiqarilgan, hamda o’quv yurtlari
tomonidan ishlab chiqilgan).
10 Turli jihozlarning nusxalari va modellari, shu jumladan ularning ishlaydigan va tahlil
qilinadigan, yoyiq nusxalari.
11 Kabel televideniyasi. Bunda bu televideniya orqali murakkab va oddiy ko’z bilan
kuzatish murakkab bo’lgan ba’zi ish jarayonlarini o’quvchilarning keng ommasiga
namoyish qilish mumkin.
77
12 Maxsus qo’llanmalar, darsliklar va tarqatma materiallar.
Ko’rgazmali materiallarni tayyorlash.
Ko’rgazmali materiallarni tayyorlashga asosan qo’yidagilar talab etiladi: quvvat, hayol va
tashabusskorlik. Ko’rgazmali materiallarni tayyorlashda zarur bo’lgan vositalarni,
albatta, topish qiyin emas, lekin ularni ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan vaqt va fikrlar
har doim ham yetishmaydi. Hattoki, faqat bitta mashg’ulotda ishlatiladigan ko’rgazmali
materiallarning ishlab chiqilishi muhim ahamiyatga ega. Mashg’ulotlarini va darslarini
bir necha bor qaytarib o’tadigan o’qituvchilarga esa bunday materiallar ularning faoliyat
va mehnat samaradorligini oshirishda yordam beradi. Kompyuterda ishlash imkoniyati
bor o’qituvchilar “Microsoft Power Point” singari kompyuter dasturlari yordamida juda
samarali ko’rgazmali materiallar tayyorlashlari mumkin.
Ko’rgazmali materiallar taqdimoti bo’yicha jihozlarning nazorat ro’yxati.
Ko’rgazmali materiallar va jihozlarni ishlatishdan oldin, quyidagi savollarga javob
berishingiz zarur bo’ladi:
Menga qanday jihozlar kerak?
Bunday jihozlar qayerda bor?
Bunday
jihozlar
sinfxonaga
qachon
va
sinfxonaning
qayeriga o’rnatilishi kerak?
Ularni sinfxonalarga o’rnatilishini kim tashkillashtiradi?
Sinf doskasi - oq bo’r, rangli bo’rlar, uchirg’ich, doska tozalagichi, ko’rstakich tayoqcha
Ko’zlanyotgan maqsadlar uchun sinf doskasi yetarli darajada kattami?
Sinf doskasi tozalanganmi?
Sinf doskasida bo’r va uchirg’ich bormi?
Doska tozaligichi namlanganmi?
Sinfxonada lineyka yoki boshka ko’rsatkich tayoqchasi bormi?
Sinf oq doskasi - maxsus marker, uchirg’ich, ko’rsatkich tayoqcha
Ko’zlanyotgan maqsadlar uchun sinf oq doskasi yetarli darajada kattami?
Sinf doskasi tozalanganmi?
Sinfxonada maxsus marker va uchirg’ich bormi?
Sinfxonada lineyka va ko’rsatkich tayoqchasi bormi?
78
Flipcharta - flipcharta shtativi yoki tirkagichi, zarur formatdagi kog’oz taxtasi, maxsus
markerlar
Tayyorlangan betlar kog’oz taxtasiga puxta mahkamlanganmi?
Xonada markerlar bormi? Ular xar hil rangdami?
Markerlar maxsus suyuqlik bilan to’ldirilganmi (yoki ular bo’shmi)?
Flipcharta tirkagichi yaxshi o’rnatilganmi?
Mashg’ulot davomida ishlatiladigan maxsus betlarga qisqichlar o’rnatganmisiz
yoki ularning burchagini bukkanmisiz?
Proyektor - tayyorlangan slaydlar, toza slaydlar, ekran, maxsus markerlar, qo’shimcha
elektr lampochkasi
Elektr rozetkalari qayerda joylashgan?
Qo’shimcha elektr uzatgich simlar talab qilinadimi?
Proyektordan uzatilayotgan rasm ekranga markazlashtirilganmi?
Proyektordan
uzatilayotgan
rasm
trapezoid
shakllda
aks
etishini oldini olish maqsadida ekran egiltirib joylashtirilganmi?
Tayyorlangan
slaydlar
ularning
ishlatilishi
ketma-
ketligida taxlanganmi?
Slaydlar proyektor oynasida tekis joylashyapdimi?
Toza slaydlar yoningzda bormi?
Mavjud markerlar tekis va anik yozadimi?
Televizor-Videmagnitofon.
Elektr rozetkalari qayerda joylashgan?
Elektr uzatgich qo’shimcha simlari zarur bo’ladimi?
Jihozlarni mo’ljallangan joyga o’rnatib, ularni ishlatib ko’rdingizmi?
Zarur videomagnitfon/video kasseta tanlanildimi?
Yassi ekranli kompyuter proyektori.
Elektr rozetkalari qayerda joylashgan?
Elektr uzatgich qo’shimcha simlari zarur bo’ladimi?
Jihozning hamma qismlari tug’ri ulanganmi?
Jihozni
ishlashini
uni
o’rnatilishi
mo’ljallangan
joyda
tekshirib ko’rdingizmi?
79
Zarur barcha kompyuter dasturlari o’rnatildimi?
Zarur bo’lgan paytda maxsus texnik xodimni chaqirtirish
imkoniyati bormi
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, dars jarayonida ko’gazmali qurollardan
foydalanish bugungi kun zamonaviy dars talablariga to’la mos kelishini ko’rib chiqdik.
Shunday ekan o’z dars ishlanmamda undan foydalandim.
Do'stlaringiz bilan baham: |