Xi—xv асрларда франция



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/36
Sana30.12.2021
Hajmi1,93 Mb.
#192670
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
7-sinf tarix darslarida xi-xv asrlarda fransiya mavzusini oqitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Fruassara «xronikasi»dan

28

 

   

Navarra  qirolligining  ozod  qilinishidan  so’ng  ko’p    vaqt  o’tmay,  Fransiya 



qirolligining ko’pchilik viloyatarida juda ajablanarli  va  yirik  isyon ro’y berdi,  ayniqsa 

Bovezi,  Bri,  Laonne,  Valuada  Suassonda  tarqaldi.  Qishloqlardan  rahbarsiz  odamlar 

Bovezida    to’plandilar.  Dastlabki  vaqtda  ularning  soni    100  kishidan  oshmasdi.  Ular 

deydilarki.  Fransiya  qirolligidagi  dvoryanlar  —  ritsarlar  va  qurolbardorlar  qirollikni 

sotdilar  va  isnodga  qoldirdilar,  ularning  hammasini  yo’q  qilib  tashlash  katta  baxt 

bo’lgan  bo’lardi.  Kim  shunday  deb  aytsa,  har  bir  kishi  balaid  ovoz  bilan:  «U  chin 

                                                         

27

 «Монжуа» — француз рицарларининг ҳарбий ҳайқириқлари. 



28

 Хрестоматия по истории средних веков. С. Д. Сказкин таҳрири остида, II жилд., 

Соцэкгиз, 1963, 381-382-бетлар.   



 

24 


haqiqatni  aytdi,  dvoryanlarni  bitta  qoldirmay  hammasini  qirib  tashlashda  kim    to’siq 

bo’lsa, unga isnod!» — dedi. So’ngra ular tartibsiz holda to’planib, temir uchlik tayoq 

va  pichoqdan    boshqa  hech  qanday  qurolga  ega  bo’lmagan  holda  eng  avvalo  yaqin 

atrofdagi  ritsarlarning  uyiga  qarab  bordilar.  Ular  ritsarlarning  uyini  emirib,  o’t  qo’yib  

ularning xotinlarini, katta  va kichik bolalarini  o’ldirdilar... Ular boshqa qasr  va uylarni 

ham  shunday    qildilar.  Ularning  soni  ko’payib  6  mingga  etdi.  Ritsarlar,  xonimlar, 

qurolbardorlar va ularning xotin- lari o’zlariping bo’yinlariga kichik bolalarini o’tqazib 

10  va  20  mil  uzoqlikdagi  joylarga  o’z  xavfsizliklarini  saqlash  uchun  qochib  borishdi. 

Ular  o’zlarining  uy-joylarini,  mulklarini  o’z  holiga  tashlab  ketdilar.  Bu  jinoyatchilar 

bo’lsa,  rahbarsiz,  qurolsiz    to’planib,  o’zlarining  yo’lidagi  hamma  narsani  buzib.  

yondirib bordilar, qutirgan itdek hamma dvoryanlarni  o’ldirdilar,  yo’lda uchraganlarni 

qiynab, hamma xonim  va qizlarni ayovsiz va shafqatsiz holda zo’rladilar.   

O’zlarining  qiroli  Jak  Prostakni  ulug’ladilar.   Ular  Bovezi  okrugini  to’liqligicha 

talab, yondirdilar,  shuningdek Korbi, Amen Mondide atrofida 60 dan  ortiq eng yaxshi 

uylar va mustahkam qasrlar vayron qi-  

lindi, yondirildi. Agar xudo o’z oliy himmati bilan  yordamga kelmasa bu jinoyatchilar 

yana  ko’payib  qirollikdagi  olijanob  qo’shinlar,  muqaddas  cherkov  ruhoniylari  va 

hamma  badavlat  odamlar  o’lib  ketardi.  Yuqorida  aytilgan  odamlar  Bri  viloyatida, 

Patuada  ham xuddi shunday harakat olib borar edilar.   

Ulardan qutulib qolgan mamlakatimizning hamma  xonimlari, qizlari, ritsarlari va 

qurolbardorlariga    yakka  holda.  qanday  uddalashsa,  shunday  Mo  Briga  qochishga 

to’g’ri  keldi,  jumladan  Normandiya  gertsoginasiga  ham.  Yuqori  martabali  hamma 

xonimlar  qochib  o’z  hayotlarini  saqlab  qolishdi...  Nomlari  ko’rsatilgan    kishilar 

mamlakatning  hamma  tomonida,  Parij  bilan    Nuayon  o’rtasida,  Parij  bilan  Suasson 

o’rtasida,    Suasson  bilan  Vermandua  o’rtasida  Kusigacha  xuddi    shunday  harakat 

qilishdi.  Bu  erda  ham  ular  shupday    katta  jinoyatlar  qilishdiki,  Kusi,  Valua  oblastida, 

Lan  episkopligida Suasson va Sanlida ritsar va qu- rolbardorlarning 100 dan ortiq qasr 

va  yaxshi  uylarini  emirib  tashlashdi;  qo’lga  tushganlarning  hammasini  taladilar  va 

o’ldirdilar.  Lekin  xudoning  muruvvati  bilan  bunday  ahvoldan  xalos  bo’lindi,  buning 

uchun  unga rahmat bildirmoq lozim. Buni siz quyidagidan  ko’rasiz.   




 

25 


Qachonki,  qaysi  joyda  bu  jinoyatchilarning  vaxshiy-  liklari  bilan  o’z  uy-

joylarining  tor-mor  etilganini,  yaqinlarining  o’ldirilganini  ko’rgan  Korbi,  Vermandua, 

Valua  va  (boshqa)  viloyatlarning  dvoryanlari:  Flandriya,  Gennegau,  Brabantdagi 

do’stlariga  yordam    so’rab  murojaat  qilishgan.  Shu  vaqtning  o’zidayoq  hamma 

tomondan  etarli  darajada  (kishilar)  yig’ildi.    Ham  ajnabiy,  ham  mahalliy  dvoryanlar 

to’planishdi,    ular  bu  jinoyatchilarni  hamma  joyda  ushlab,  ayovsiz    suratda  tanasini 

boshidan  judo  qilishdi,  daraxtlarga  osishdi.  Hatto  Navarra  qiroli  Bovezi  okrugidagi  

Kleromondan  uzoq  bo’lmagan  bir  joyda  bir  kunda  3    mingini  o’ldirdi,  lekin  ular 

shunchalik  ko’p  ediki,    agar  hammasini  bir  joyga  to’plasa  100  mingdan  oshardi. 

Ulardan  nima  sababdan  shuncha  jinoyatlarni  qildingiz  deb  so’ralganda,  «bilmaymiz», 

deb  javob  berishdn,  lekin  boshqa-larning  qilmishlarini  ko’rib,  o’zlari  ham  shunday 

qilishdi,  ular  hamma  zodagon,  olijanob  kishilarni  bitta  qoldirmay  qirib  tashlashni       

o’zlarining      burchi      deb       o’ylagan      edilar.   


Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish