XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Avstriya-Vengriya imperiyasi
Siyosiy tuzum
Avstriya-Vengriya imperiyasi 1867- yilda Avstriya va Vengriyaning hukmron tabaqalari o`rtasidagi bitim asosida vujudga keldi.
Imperiyaning Avstriya qirolligi tarkibiga Chexiya, Moraviya, Galitsiya va Bukovina, Vengriya tarkibiga esa Slovakiya, Xorvatiya va Transilvaniya kirgan.
Shu yilning o`zida imperiyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilingan. Unga ko`ra, imperiyaning umumiy hukmdori Avstriya imperatori bo`lgan. Imperator Gabsburglar sulolasi vakili edi. Sulola imperiyani 1867- yildan 1918- yilgacha boshqargan. Imperiya tashkil etilgan paytda imperator Frans Iosif edi.
Avstriyada imperator hokimiyati rasman Reyxstag, Vengriyada esa Seym tomonidan cheklangan. Binobarin, Avstriya-Vengriya Konstitutsiyaviy monarxiya edi.
Imperiya tashkil etilgach, quyidagi 3 ta umumimperiya vazirligi tashkil etilgan: 1. Tashqi ishlar. 2. Harbiy va dengiz. 3. Moliya. Boshqa vazirliklar imperiyaning har ikki qismida ham mustaqil faoliyat yuritganlar. Vengriya o`z parlamentiga, ijroiya hokimiyatga, siyosiy va ma'muriy muxtoriyatiga ega bo`lgan. Imperiyadagi 50 mln. aholining 30 millioni bo`ysundirilgan slavyan xalqlaridan iborat edi.
Avstriya-Vengriyaning iqtisodiy taraqqiyoti
XIX asrning so`nggi choragida AvstriyaVengriya Yevropadagi eng qoloq mamlakatlardan biri edi. Mamlakatda feodalizm sarqitlarining saqlanib qolganligi ilg`or Yevropa mamlakatlariga nisbatan sanoat taraqqiyoti sur'atlarining sekinlashuviga olib bordi.
90-yillarda shahar aholisi butun Avstriya-Vengriya aholisining faqat uchdan birini tashkil qilardi. Hatto imperiyaning eng rivojlangan qismi bo`lgan Avstriyada ham qishloq aholisi ko`pchilikni tashkil etar edi. Vengriya esa ko`proq agrar, yarim feodal mamlakatligicha qolaverdi.
1867- yilda tuzilgan Avstriya-Vengriya bitimi Vengriyaning iqtisodiy jihatdan rivojlanishi uchun ma'lum turtki bo`ldi. Vengriya ko`miri bazasida sanoatning metallurgiya tarmog`i rivojlana boshladi. Lekin Vengriyaning asosiy sanoat tarmog`i oziq-ovqat sanoati bo`lib qolaverdi. 1898- yilda Vengriyaning un tortish, vino tayyorlash, qand va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo`yicha imperiyadagi hissasi 47,3 foizni tashkil etdi.
Mamlakatning industrial tumanlari Quyi Avstriyada va Chexiyada ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi va monopoliyalarning vujudga kelish jarayoni jadallik bilan bordi.
XX asr boshlariga kelib ssuda kapitali, asosan, Venadagi bir necha yirik bankda (Milliy, «Kreditanshtalt», «Bodenkreditanshtalt» va Vena banklari birlashmasida) to`plandi. MamJakat hayotida moliya oligarxiyasining ta'siri kuchayib bordi.
Ayni paytda, imperiya taraqqiyotining o`ziga xos yana bir xususiyatini uning chet el kapitaliga qaramligi kuchayib borganligi tashkil etdi. Fransiya, Belgiya, Germaniya banklari zayom berish, sanoatga mablag`lar solish bilan Avstriyani o`z kapitallari bilan to`ldirib yubordi. Ayniqsa, german kapitali ustunlikka erishdi.
Avstriya-Vengriya sanoatining metalJurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika va shu kabi tarmoqlari Germaniya firmalari tomonidan moliyaviy jihatdan ta'minlanib turildi. Nemis kapitalining to`qimachilik va mashinasozlik korxonalarida ham mavqeyi yuqori edi. Nemis kapitali qishloq xo`jaligiga ham suqilib kirdi. Avstriyaning 200 000 gektar yeri nemis pomeshchiklariga tegishli edi.
Ijtimoiy harakat
Imperiya mehnatkashlari o`z haq-huquqlari uchun kurash olib borganlar. Chunonchi, 1869yilning 13- dekabrida imperiya poytaxti Vena shahrida ishchilarning ommaviy namoyishi o`tkazildi. Namoyishcftilar demokratik erkinlik berilishini talab qildilar.
Hukumat bunga javoban, 1870- yilda Avstriya ishchilar harakatining rahbarlarini davlatga xiyonatda aybladi. Sud ularni uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etdi.
Eduard Taaffe Bosh vazirligi (1879—1893) davrida Avstriya hukumati ham Bismarkdan o`rnak olib 1884- yilda ishchilar harakatiga qarshi «favqulodda qonun» joriy etdi. Qonun ishchilar harakatiga qarshi politsiya terrorining kuchaytirilishiga ruxsat berdi. 80-yillar oxiriga kelib kasaba uyushmalari tarqatib yuborildi. Ishchi gazetalarini nashr etish to`xtatildi. Shunday bo`lsa-da, ishchilar kurashni davom ettirdilar. Chunonchi, 1889- yilda Gaynfeldda V.Adler rahbarligida Avstriya Sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) tuzildi.
Partiya dasturida (bu Gaynfeld dasturi ham deb yuritiladi) siyosiy erkinliklarni joriy etish, parlamentni umumiy, teng, to`g`ri, yashirin ovoz berish yo`li bilan saylash to`g`risida qonun qabul qilish, cherkovni davlatdan, maktabni cherkovdan ajratish, ish kunini qisqartirish talablari bor edi.
1893- yil 9- iyunda Venada bu talablar ilgari surilgan namoyish bo`lib o`tdi. Ishchilar Ratusha binosini egallab oldilar. Hukumat saylov islohoti haqida qonun loyihasini muhokamaga qo`yishga majbur bo`ldi. Ushbu loyiha 1896- yilda qonunga aylandi. 1907- yilda esa saylov to`g`risidagi yangi qonun qabul qilindi. 24 yoshli erkaklar saylash va saylanish huquqini oldi.
1890- yil 7—8- dekabrda Ta'sis syezdida Vengriya Sotsial-demokratik partiyasi tuzildi. Bu partiyani tuzishda ishchi Pal Engelman katta rol o`ynadi. Syezdda partiyaning «prinsiplar deklaratsiyasi» deb nomlangan dasturi qabul qilindi. Bu dasturda kapitalistik ekspluatatsiyaga qarshi, ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirish uchun kurash zarurligi ta'kidlab o`tilgan edi.
Milliy - ozodlik harakati
Imperiyada har qanday sharoitda ham slavyan xalqlarining mustamlaka holatini saqlab qolishga intiluvchi shovinistik kayfiyatdagi kuchlar ham o`z siyosiy partiyalarini tuzdilar. Bu partiyalardan biri Pangerman partiyasi, ikkinchisi esa Xristian sotsialistlar partiyasi deb ataldi.
Pangerman partiyasi Avstriya-Vengriya va Germaniyani birlashtirishga harakat qildi.
Ko`proq avstriyalik katoliklardan iborat bo`lgan Xristian sotsialistlar partiyasi arboblari «Buyuk Germaniya» g`oyasini sinfiy tinchlikni targ`ib qilish, barcha ijtimoiy janjallarni «inoqlik va muhabbat ruhida» hal qilishga da'vat qilish va antisemitizmni targ`ib qilish bilan qo`shib olib bordilar. Biroq hukmron doiralar slavyan xalqining milliy-ozodlik harakatini to`xtata olmadi.
Chex muxolifati Vengriyada berilgani singari Chexiyada ham siyosiy huquqlar berilishini talab qildi. Hukumat bunga javoban ta'qib choralarini kuchaytirib yubordi. 1868- yil 7- oktabrda Chexiyada qamal holati joriy qilindi. Biroq bu usul chex muxolifatini «sindira» olmadi. Kurash davom etdi. Va, nihoyat, 1880- yilda Chexiyada sud va ma'muriy ishlar uchun ikki til joriy qilindi. 1882- yildan boshlab Praga universitetida ham o`qitish ikki tilda (nemis va chex) olib boriladigan bo`ldi.
Galitsiyadagi ukrain aholisi ham milliy zulm ostida edi. Avstriya hukumati Galitsiyadagi hukmron sinflar bilan bitim tuzib, o`lkani idora qilishda ularga rahbarlik rolini berdi.
XIX asrning so`nggi o`n yillarida milliy zulm yanada kuchaydi. Zakarpatyedagi ukrain aholisi «vengrlashtirildi». Xorvatiya doimo harbiy yoki favqulodda holatda turardi, xalq noroziligi qattiq ta'qiblar bilan shafqatsiz bostirilardi.
Xorvatiyadagi milliy-ozodlik harakatiga Vengriya hukumati 1912yilda Xorvatiya Seymini tarqatib yuborish va Konstitutsiyani to`xtatib qo`yish bilan javob berdi. Avstriya-Vengriya imperiyasi tashqi siyosatida Bolqon yarim oroli alohida o`rinda turgan.U bu mintaqada ustunlikka erishishga,Rossiya ta`sirini keskin kamaytirishga,Bolqon xalqlari milliy-ozodlik kurashini bostirishga intilgan.Bu hol uni Germaniya bilan tobora ko`proq yaqinlashtirgan.
Fransiya-Prussiya urushi tugagach, tez orada (1873- yilda) «Uch imperator ittifoqi» (Germaniya, Rossiya va Avstriya-Vengriya) tuzildi. 1876- yil 6- iyunda Avstriya-Vengriya Rossiya va Turkiya o`rtasida urush kelib chiqqanda betaraf qolish majburiyatini oldi.
Berlin kongressida aynan Avstriya-Vengriya talabi bilan Bolgariya chegaralari qisqartirildi. Rus armiyasi qismlarining Bolgariyada turish muddati 2 yildan 9 oyga kamaytirildi. Chernogoriyaning dengiz sohili nazorati Avstriya-Vengriya qo`liga o`tdi.
Bundan tashqari, Avstriya-Vengriyaga Bosniya va Gersegovinani bosib olish huquqi berildi. 1879- yilning 7- qktabrida, asosan, Rossiyaga qaratilgan yashirin Avstriya-Vengriya va Germaniya bitimi imzolandi. Bolqon masalasida munosabatlarning keskijilashuvi oqibatida «Uch imperator ittifoqi» barham topdi.
Kerber (1900-1904) va Gauch (1904-1906) hukumati davrlarida Avstriya-Vengriyaning tashqi siyosati tobora agressiv (tajpvuzkorona) tus oldi va ular Bolqon davlatlarini bosib olishga intildilar. Endi hukmron doiralar «Hajbiy partiya» tashkiloti atrofida birlashdilar. Bu partiyaga taxt vorisi Frans Ferdinand rahbarlik qilardi.
1908- yilning 5- oktabrida Avstriya-Vengriya Bosniya va Gersegovinani bosib oldi.
Avstriya-Vengriya tashqi siyosati Germaniyaga mutlaq qaram bo`lib qoldi. Avstriya-Vengriya urushga tayyorgarlik ko`ra boshladi. 1913- yilda mamlakatda qisman safarbarlik o`tkazildi1914- yil martida Reyxstag tarqatib yuborildi. Ana shunday qaltis vaziyatda, serb millatchilari tomonidan 1914- yil 28- iyulda Avstriya-Vengriya taxti vorisi FransFerdinandning o`ldirilishi Avstriya-Vengriya hukmron tabaqalarining urushni boshlab yuborishlari uchun bahona bo`ldi. Mamlakatda harbiy diktatura o`rnatildi.
|