Xix asr oxiri va XX asr jahon adabiyoti. Modernizm adabiyoti. Postmodernizm adabiyoti



Download 32,75 Kb.
bet4/5
Sana09.02.2022
Hajmi32,75 Kb.
#438153
1   2   3   4   5
Bog'liq
modernizm

Jan-Pol Sartr (1905-1980) va ekzistensializm. XX asr fransuz adabiyotining taniqli namoyandasi, faylasuf va yozuvchi, ekzisten- siyosatchilik ta’limotining asoschisi Jan-Pol Sartr 1905-yil 21-iyun kuni Parijda tug'ildi. La-Roshel va Parijdagi litseylarda o‘qib, ke- yinchalik oliy maktabni tamomlagach, Gavr, Lion, Parij litseylarida falsafadan dars berdi. 1933-1934-yillarda Germaniyada chet el va nemis ekzistensiyachilik nazariyasini, Edmund Gusserl fenome- nologiyasi va Xaydegger ontologiyasini chuqur o‘rgandi. Sartming ilk falsafiy asarlari “Tasawur” va “Hayajonlar nazariyasiga chizgilar” 1936-1940-yillarda yozdi. Aynan shu davrda uning birinchi adabiy asarlari “Behuzurlik”(1938) va “Devor”(1939) ham bos- madan chiqdi.
Sartr 1943-1949-yillarda yozilgan “Ozodlikning yo‘llari”, “Pashshalar”(1943), “Yopiq eshik ortida”(1945), “Ko'milmagan mayyitlar”(1946), “Iflos qo‘llar”(1946), “Iblis va Xudo”(1951), “Nekrasov”(1956) kabi badiiy asarlarida, “Bodler”(1947), “Avliyo Jene”(1952) asarlarida esa tanqidiy fikrlarini bayon qildi. “Holat- lar”(1947-1956) asarida uning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-tanqidiy fikrlari o‘z ifodasini topgan.
Ekzistensiyachilik, bu - hayotbaxshlilik, harakat haqidagi ta’limotdir”,- deb yozadi Sartr. Ekzistensializm - bu kun ko‘rish falsafasi. Kun ko‘rishning asosi.- kechinma. Shaxs o‘zining borliq - olamdagi mavjudligini kechinmalari orqali idrok etadi. Shunga ko‘ra shaxsning ongi doim boshqa bir narsalarga qaratilgan. Boshqa narsalar hamisha uni o‘ziga tortib mashg‘ul qilib turadi, kechinmalarni uyg‘otadi, qo‘zg‘atadi, ularga yo‘naiish beradi. “Behuzurlik” romani ekzistensiyachilik g'oyasini bilish uchun o‘ziga xos darslik vazifasini bajarishi mumkin. Asar kundalik shaklida yozilgan bo‘lsa-da, o'ziga xos turi: u individum (har bir mustaqil tirik organizm)ning kundaligi emas, individ(shaxs)ning kundaligi. “Sizga kundalikni o‘qish jarayonida ham, uni tugatgandan keyin ham muallifi haqida hech narsa ma’lum bolmaydi. Bu shaxsning kimdaligi emas, zotning kundaligi”, - deb yozgan edi Antuan Arkanten. Odam hech bir sababsiz atrofidagi olamga va jumladan, o‘ziga ham o‘zgacha qaray boshlaydi. U hamma qatori odatiy hayot kechiradi va to‘satdan olam parchalanib ketayotgani, odat bo‘lib qolgan narsalar noodatiy bo‘la boshlayotganini his qilayotganini sezib qoladi. Tushunib olish maqsadida kundalik yozishni boshlashga qaror qiladi. U o‘z fikrlarini yozib borar ekan, qo'qqisdan bu dunyodagi barcha narsalar, jumladan, uning o‘zi ham shunchaki yashayotganini, tasodifan ekanini anglaydi. Juda chiroyli manzara: quyosh nurlari tushib turgan oppoq devor, did bilan kiyingan yigit va qiz peshvoz yurib kelmoqda, hamma ulaming uchrashishi va bir-biridan bo‘sa olishlarini kutmoqda, biroq ular... to‘xtamay o‘tib ketadilar. Bu uning xayolida yaratilgan manzara. (Sartming turmush o‘rtog‘i adiba Simona Dyubuaning “Dilbar odam”( yoki “Go‘zal manzaralar”) romanining qahramoni dekoratsiya ishlovchi rassom, dizayner, u ba’zi alohida predmetlardan yaxlit surat yasash ustida ishlaydi. Ayol vitrinalar yonidan o‘tib borar ekan, qo'lqoplami ko‘rib qolib, juda ham sotib olmoqchi bo‘ladi, sotib ol gach, uyiga kelganida qo‘lqopni tomosha qilib, nima sababdan sotib olganini tushunmaydi. Biroq u o‘z kasbining ustasi, shuning uchun qo‘lqop, go‘zal manzarani yaratish uchun kerakli va yetishmayotgan detal ekanini anglaydi). Sartrda ham shunga o‘xshash vaziyat yu­zaga keladi. Unga olamning manzarasi bo'lmasligi ma’lum bo‘ladi. Uning o‘rnida xaos (turli elementlaming tartibsiz joylashishi) mav­jud bo‘lib, odam uning oldida yalang‘och va sarpoychang, u qabul qilishi yoki rad etishi mumkin. Asar qahramoni Rokanten tanlash payti kelganda, oldinga qadam tashlaydi va erkinlikni his qiladi. U “daraxt” deb ataluvchi predmetni, predmet turi ma’nosida emas, bal­ki qandaydir noyob narsa ma’nosida ko‘radi.

Download 32,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish