Xix asr oxiri va XX asr jahon adabiyoti. Modernizm adabiyoti. Postmodernizm adabiyoti



Download 32,75 Kb.
bet2/5
Sana09.02.2022
Hajmi32,75 Kb.
#438153
1   2   3   4   5
Bog'liq
modernizm

Marsel Prust(1873-1922). XX asr fransuz adabiyotining asosiy namoyandalari haqida so‘z ketsa, M.Prust nomi birinchilardan bo‘lib tilga olinadi. U jahon adabiyotiga modemistik psixologik roman janrining asoschisi sifatida kirgan va XX asr dunyo adabiy jarayoniga sezilarli ta’sir ko'rsatgan ijodkordir.
Jeyms Joys(1882-1941) haqli ravishda Prust va Kafka sin­gari XX asr modemistik adabiyotining “ota”laridan biridir. Akademik D.S.Lixachev u haqida: Joys adabiy hodisa, endi u takrorlanmaydi, u mutlaqo benazir”, degan fikmi aytgan bo‘lsa, buyuk psixolog olim Karl Yung: “Jeyms uslubining sira aql bovar qilmas ko'pqiyofaligi, odamga gipnozday ta’sir ko‘rsatadi... Kitobxon o‘quvchi og‘zini ochgancha qoladi”,- deydi, taniqli adabiyotshunos, Joys asarlari tarjimoni I.G'afurov: “Joysni o‘qish kishiga cheksiz bir maroq bag‘ishlaydi. Joysni mutolaa qilishga kirishgan kitobxon ahdida qattiq turib, kitobni oxirigacha o‘qishi kerak”, deb yozadi.
Joys Irlandiya poytaxti Dublinda dunyoga keldi. Iuzit kollejlarida ta’lim olgan Joys 1899-yili Dublin universitetiga o‘qishga kiradi va tillar hamda falsafa bilan shug‘ullanadi. Bo‘lajak yozuvchining yoshlik yillari Irlandiyaning o‘z mustaqilligi uchun kurashishi yillariga to‘g‘ri keladi. Mamlakatdagi milliy ozodlik harakati “Irlan­diya uyg‘onishi” nomini oldi. Joys voqealarga befarq bo‘lmasa-da, ushbu harakatning ishtirokchisi bo‘lishdan o‘zini tiydi. Universitetni tamomlagach, Irlandiyani tark etib, Shveysariyada, 1920-1939-yillarda esa Fransiyada yashab, ingliz tilidan dars berib kun kechirdi. Ko‘p yillar ko‘z kasalligidan shikoyat qilib yurgan yozuvchi hayotining so‘nggi yillari umuman ko‘rmay qoldi va 1941-yili Syurixda vafot etdi.
Adabiyotga XIX asr oxiri XX asr boshlarida kirib kelgan Joys re­alistik an’analardan voz kechdi va o‘z iste’dodini an’anaviy romanlardan o‘zgacha, hech bir badiiy asarga o‘xshamaydigan asar yaratishga sarfladi. Bunday asar Joys nomini dunyoga tanitgan “Uliss” romani(1922) edi. Ushbu roman Joysning ko‘p yillik izlanishlaridir. Joys ijodining birinchi davridagi so‘nggi asari - “Mo‘yqalam sohibining yoshlikdagi surati” romani bo’lib, u avtobiografik xarakterga ega. Asarda Stiven Dedalus ismli ijodkor tafakkurining shakllanish jarayoni haqida so‘z boradi. Asar qahramoni go‘zallik yaratish ishtiyoqida o‘z vatanini ham tark etadi. U ijodkor hayotining mazmuni mufassal estetik shakllami yaratishda, asosiy vazifasi esa o‘z xayolotlarini aks ettirishda deb biladi. Joys ijodining keyingi davrida “Uliss” va tugallanmagan “Finnegan ta’ziyasi” romanlarini yaratildi.

  1. asrning eng mashhur asari, “ong oqimi” uslubi birinchi marta tugal ko‘rinishda qo’llanilgan “Uliss” 1914-1921-yillarda yozil­gan bo‘lib, romandan parchalar 1918-1920-yillarda AQSHda “Litl rivyu” jurnalida chop etildi. Asar 700 sahifani, 260 ming so‘zni tash­kil etadi, lug‘at boyligi 30 ming so‘zdan iborat.

Uliss” zamonaviy “Odisseya” sifatida o'ylangan bo’lib, uning bosh mavzusini jahongashtalik, darbadarlik tashkil qiladi. Homerning dostoni Joys asariga nomini, tashqi tuzilmasini taqdim etadi. Bosh qahramonlar va ba'zi ikkinchi darajali qahramonlar ham Gomer qahramonlariga “egizak”: Blum-Odissey, Stiven-Telemax, Molli- Penelopa, Mayls Krou - Eol, Gerti - Nivsikaya, Bella Koen- Sirseya. Biroq Joys qahramonning harakatlarini emas, “tafakkur oqimi”ni qog‘ozga tushiradi. “Uliss”da va, umuman, Joys nasrida an’anaviy sujet, kompozitsion qurilishlar, xronologik mutanosiblik asosida hikoya qilinuvchi voqea-hodisalar silsilasi, an’anaviy tasvir usullarini uchratmaymiz. Aksincha, uning nasri o‘ta murakkab bo‘lib, bu yuksak iqtidor sohibining fikrlash tarzi, tafakkuri mevasidir.
Uliss”dagi voqealar aniq - 1904-yilning 16-iyun payshanba - Blumsdey - Blum kunida sodir bo'ladi. Bu kun “Ivning telegraf’ gazetasi reklama bo’limi xodimi Leopold Blumning bir kuni tarzida qayta jonlantiriladi. Roman markazida uch asosiy qahramon- Leopold Blum, uning xotini qovoqxona qo‘shiqchisi Merion, an’anaviy tarix muallimi Stiven Dedalusning bir kunlik hayoti, xu­susan, ertalab soat sakkizdantungi uchgacha kechgan tashqi va ichki hayoti tasvirlanadi. Ularning ma’lum paytdagi holati, mashg'uloti, uchrashuvlari tafsilotlari katta ahamiyat kasb etmaydi, yozuvchi diqqat markazida har birining ong oqimi, ichki monolog va dialoglari turadi.
Joys “Uliss”da ,umuman, insonlar hayotini aks ettirishni maqsad qilib olgan. Shuning uchun asar qahramonlari aniq shaxslar bo‘lsa- da, muallif ularga universallik, umumiylik baxsh etadi. Lekin nima uchun Joys, aynan, 1904-yilning 16-iyunini asarga asos qilib oldi, de­gan savol tug‘iladi. Tadqiqotchi Richard Keynning ta’kidlashicha, shu kuni Joys bo’lajak qallig‘i Nora Bamaklga ko‘ngil qo'ygan edi. Onasining o‘limi bilan bog‘liq xotiralar va qayg'u-iztiroblarga ma’lum ma’noda shu muhabbat malham bo‘lgan.
Roman 18 epizoddan tashkil topgan. Mazkur epizodlar romanda uch qismga bo’lingan bo‘lib, yozuvchi dastlabki 1-3 epizodlarini “Telemaxnoma”, 4-5 epizodlarni “Odissey” va 16-18 epizodlarini “NOSTOS” deb atagan.
Joys o‘z asarini Homerning dostoni asosiga qurgan bo‘lsa-da, ushbu ikki asar o‘rtasida faqat ramziy o‘xshashlikkina mavjud. Joys kitobxon ko‘z o‘ngida olam va inson haqidagi o‘z tasavvurlari modelini yaratgan ijodkor sifatida gavdalanadi. Yozuvchi inson tabiatiga xos azaliylikni ochmoqchi bo‘ladi. Inson tabiatining o‘zgarmasIigi Joysga Blum, Dedalus, Merionni Homer dostoni va qadimgi Rim afsonalari bilan taqqoslash imkonini beradi.
Uliss”ning qurilishi mozaikani eslatadi. Joys g‘oyat sinchkovlik bilan fakt to'plab, tabiiy aniqlik bilan yon daftarini to'ldirib borgan edi. Romanning har bir epizodi ko'plab parchalar yig‘indisidir. Yo­zuvchi kino san’atiga xos montaj vositasidan unumli foydalangan. Irland yozuvchisi qahramonlaming ichki monologlarini aniqlik bilan ifodalay oladi. Bunda u fikming uzilishi va birvarakayiga turli fikrlar oqimi rivojlanishi usullaridan samarali foydalanadi. Masalan, Blum do‘kon vitrinasi oldidan o‘tayotib ipakdan to‘qilgan mato - paplin, Angliyaga gugenotlar tomonidan olib kelinganini eslaydi. Shu bilan birga uning ichki monologida parallel ravishda ikki mavzu - Mey- erbeming “Gugenotlar” operasidagi xor va poplin haqidagi o‘ylari o‘tadi: “Tarara. Ajoyib xor. Tara. Yomg‘ir suvida yuvish. Meyerber. Tara bom. Bom-bom”.
Umuman, Joys butun hayotini “Uliss”ni o‘qishga, o'rganishga, anglashga sarf etadigan fidoyi o‘quvchini orzu qilgan. Chunki asar murakkab, mavhum va shu bilan birga jozibador hamda sirli. Akademik D.S.Lixachevning iborasi bilan aytganda, ‘'Joysning maktabi bo‘lmasligi mumkin, biroq uning butun dunyo madaniyati va ada­biyotida tutgan mavqeyi beqiyos”.

Download 32,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish