XIX ASR OXIRI VA XX ASR JAHON ADABIYOTI. MODERNIZM ADABIYOTI. POSTMODERNIZM ADABIYOTI
Reja:
1. Modernizm va adabiy jarayon.
2. Modernizm va oqimlar.
3. Modernizm vakillari ijodida modernistik qarashlar.
Tayanch so’zlar va iboralar: modernizm, dekadans, postmodernism, dadaizm, futurism, J.Uliss, A.Kamyu, F.Kafka.
Modernizm. “Modern” so‘zi fransuzcha bo‘lib, yangi, zamonaviy degan ma'nolarni anglatadi. U XX asr boshlarida G‘arbda paydo bo‘lgan falsafiy, adabiy, estetik oqimdir. Modernizm prof. Ozod Sharafiddinov ta'kidlab aytganidek, “jo‘n hodisa” emas. Modernizm 19 -asr so‘nggi choragida dastlab kayfiyati dunyoqarashda, so‘ng tasviriy san'atda, keyinchalik adabiyotda Yevropada paydo bo‘lgan san'at yo‘nalishi hisoblanadi. Uning tarixi milodiy 5-asrga borib taqaladi. XX asr boshlarida simvolizm o‘rnida futurizm, ekspressionizm, imajinizm, dadaizm, kubizm, abstraksionizm, syurrealizm singari oqimlar faoliyat ko‘rsatdi. Ular modernistik yoki avangard oqimlar deb atala boshlandi. Yangi asming 20-yillarigacha avangard adabiy maktab va oqimlarining shakllanish davri bo'Idi. Bular qatoriga futurizm, imajizm, dadaizm, syurrealizm va boshqa oqimlar kiradi. Adabiyotshunoslikda modermizm atamasi turlicha talqin etiladi. Ba’zi adabiyotshunoslar modernizm va dekadansga bir xil hodisa, deb ta’rif beradilar. Boshqa tadqiqotchilaming qarashlariga ko‘ra modernizm dekadansga nisbatan ancha keyingi adabiy hodisadir. Modernizmning dekadans bilan umumiy tomonlari bo'lishiga qaramay, u dekadansdan keyin paydo bo‘lgan va undan ko‘p jihatdan farq qiluvchi yo‘nalishdir. Yana bir ta’rifga ko‘ra yangi davrdagi barcha avangard oqimlami modermizm deb atash mumkin.
Shunday qilib, modernizm dekadansdan keyin paydo bo‘lgan, biroq o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lgan jarayon. Modenistlar ko‘p tomonlari bilan dekadentlarga ham fikr ekanligini inkor etib bo’lmaydi. Idealistik falsafaga tayanish, shaxsiyatparastlikni ulug‘lash va boshqa jihatlar ulami bir-biriga yaqinlashtirsa-da, modemchilar o'zlarini dekadent deb atamaydilar. Aksincha, ular dekadentlik va simvolizmga qarshi kurashayotganini e’tirof etganlar. Simvolizm she’riyatiga xos bo‘lgan mavhumlik, poetikadagi tashbeh va ishora modenistlami qanoatlantirmaydi. Ular butunlay yangi, zamonaviy, avangard san’atni yaratayotganliklarini qayd etadilar. Shuning uchun ham “modenizm”, “avangardizm” atamalari “dekadans” atamasi singari vaqt o‘tishi bilan keng ma’noda qo‘llanilib, estetika, tasviriy san’at, musiqa va me’morchilik sohalariga tatbiq etila boshlandi.
Bir qancha modemchilar Anri Bergson (1859-1941) falsafasiga tayanadilar. Faylasuf o‘zining “Materiya va xotira”(1896), “Ijodiy evolutsiya”(1907) asarlarida intuitizm falsafasining asosiy tamoyil larini belgilab berdi. Unga ko‘ra intuitiv anglash his-tuyg‘ulaming, mantiqiy fikrlashning ishtirokisiz ro£y beradi. Intuitsiyani borliqdagi barcha narsani yaratgan o‘ziga xos kuch- “hayotiy intilish” boshqaradi. Vaqt ob’ektiv borliq sifatida mavjud emas, vaqtni faqatgina sub’ektiv qabul qilish mavjud. Bergsonning fikricha, san’at intuitiv anglashdir. Intellekt negizida intuitsiya yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |