3
Kirish
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so’zidan
kelib chiqqan
bo’lib «qo’yish», «mablag’ni safarbar etish», «kapital qo’yilmasi»
ma’nosini beradi. Keng
ma’noda investitsiya mablag’ni ko’paytirib va qaytarib olish maqsadida
kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko’pgina hollarda «investitsiya»
tushunchasi iqtisodiy va
boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar
hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir investitsiya turining o’ziga xos
o’rni bo’ladi.
Moliyaviy investitsiyalar
tarkibiga mahalliy va xorijiy
mamlakatlarning pul birliklari,
banklardagi omonatlar, depozit
sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, veksellar
va boshqa qimmatli
qog’ozlar hamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
Investitsiyalar iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan
moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar hisoblansa,
investitsiya faoliyati
sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari
majmui
investitsiya faoliyati
deb yuritiladi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori
darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa
davlat
iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar
etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.
4
I BOB. Xorijiy investitsiyalar haqida tushuncha va uning mohiyati
1.1.
Investitsiya haqida tushuncha
O’zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar
1991 yildan boshlab qabul qilingan bo’lib, ular o’tgan vaqt ichida ancha
takomillashtirildi.
O’zbekiston
Respublikasining
“Investitsiya
to’g’risida”gi qonunida ko’rsatilishicha,
“investitsiya bu - iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy
ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga
qo’yilgan omonatlar, paytlar, qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiyalar),
texnologiyalar, mashinalar asmavzu-uskunalar, litsenziyalar va samara
beradigan boshqa har qanday boyliklardir”
1
. Bu iqtisodiy ta’rif
investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelishini to’laligicha
tasdiqlaydi.
Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning o’ziga va
investitsiya faoliyatining ob’ektlariga keng ta’rif berilgan. Ikkinchidan,
investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar
bog’liqligi ta’kidlab o’tilgan.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so’zidan kelib chiqqan
bo’lib «qo’yish», «mablag’ni safarbar etish», «kapital qo’yilmasi»
ma’nosini beradi. Keng
ma’noda investitsiya mablag’ni ko’paytirib va qaytarib olish maqsadida
kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko’pgina hollarda «investitsiya»
tushunchasi iqtisodiy va
boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar
hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi.
Investitsiya deyilganda
barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik
faoliyati ob’ektlariga yo’naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy
5
samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad
olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishini faqat
kapitalning tarkibiy tuzilishi bilan tushuntirish yetarli emas. Gap
shundaki, dastlabki kapital jamg’arish davrida pulni tez to’plash uchun
uni kapital aylanishi tez sohalarga
joylashtirilishi yuz beradi, chunki
bunda yuqori foyda me’yori yuzaga keladi. Foyda
me’yori yuqori joyda esa, uni kapitallashtirish imkoni katta bo’ladi. Bu
omil ham xususiy sektorda pulni aylanma kapitaliga
aylantirish uchun
rag’bat yaratadi. Bozor
talablariga binoan tejamli xo’jalik yurita bilmaslik tannarxning ortishiga
olib keladi, bu narx o’zgarmagan sharoitda ham zararga olib keladi. Bu
albatta,
Do'stlaringiz bilan baham: