18
kattadir. Ma’lumki, har qanday davlat dunyodan ajralgan holda jahon
tajribalarini o’rganmasdan, dunyoning
etakchi davlatlari ilm, fan va
texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi
mumkin emas. O’zbekiston iqtisodiyotida chuqur iqtisodiy islohotlar,
tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirilar ekan, xorijiy investitsiyalar rivojisiz
tasavvur etib bo’lmaydi. Ma’lumki xorijiy investitsiyalar iqtisodiy
rivojlanish garovi, iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi.
Yaqin yillargacha faqat xom ashyo mahsulotlarini
ishlab chiqarishga
ixtisoslashtirilgan O’zbekiston bugun dunyo xaritasida o’zining munosib
o’rnini egallashga, boshqa taraqqiy topgan mamlakatlar, avvalambor,
AQSh, G’arbdagi demokratik davlatlar,
sharqdagi Yaponiya, Koreya,
Malayziya yoki shunga o’xshash davlatlarga teng bo’lishni o’z oldiga
maqsad qilib qo’yar ekan, bunda birinchi galdagi chet el sarmoyalari, chet
el investitsiyasi nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu davlatlarning
tarixi shuni ko’rsatadiki, agar bu xorijiy malakatlarga sarmoya kelmasa,
investitsiya kelmasa, hech qachon bu davlatlar bugungi rivojlanish
darajasiga ko’tarila olmas edi.
O’zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul
qiluvchi mamlakatlar qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy,
siyosiy va
huquqiy asoslarga ega. Lekin bu degani O’zbekistonda xorijiy
investorlarni jalb qilish uchun barcha ishlar qilib bo’lindi, degani emas.
Endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda investitsiyalar jalb etishning
mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turadi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, mamlakat iqtisodiyotida xorijiy
investitsiyalarning tutgan o’rni, salmog’i mazkur davlatdagi investitsion
muhitning qanchalik qulayligini belgilaydi. Bu muhit ko’p jihatdan
19
xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat olib borayotgan siyosatini va
tashqi iqtisodiy faoliyatining davlat tomonidan
tartibga solishning
xususiyatlari bilan baholanadi. Strategik investorlar ko’p miqdordagi
mablag’larni birinchi navbatda iqtisodiyoti o’z ichki imkoniyatlari
asosida barqaror va izchil ravishda rivojlanayotgan mamlakatga
yo’naltiradi. Aynan shunday mamlakatlardagina qo’yilgan mablag’lar
saqlanishiga va barqaror foyda olishga mo’ljal qilsa bo’ladi. Ichki va chet
el investorlarini birinchi navbatda minimal darajadagi soliq imtiyozlari
emas, balki biznesdagi keyingi qulay va maqbul istiqbollar qiziqtiradi.
Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy jarayonlar hisoblanib, jahon bozori
bilan o’zaro yaqin va to’liq bog’liqlikda bo’ladi. Shu nuqtai nazardan u
ko’pgina iqtisodiy jarayonlarni o’zida qamrab oladi.
Xorijiy
investitsiyalar
bozor
munosabatlariga
o’tayotgan
mamlakatlar
iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish sur’atlarini tezlashtirish imkonini
beradi. Eng muhim yo’nalish sifatida xorijiy investitsiyalarni jalb etishni
o’z ichiga olgan investitsiya faoliyatining jadallashuvi bugungi kunda
o’tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlar uchun ayni muddao.
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish u yoki bu mamlakatda olib borilayotgan
siyosiy va ijtimoiy – iqtisodiy islohotlarga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: