1.2.
Talaffuzi har xil, ma’nosi bir xil yoki yaqin iyerogliflar.
(
读音不同,意义相同或相近)
Xitoy tilida shunday iyerogliflar borki, ular u yoki u so’zlarni va so’z elementini
ifodalaganda har xil talaffuzga ega bo’ladi, ammo bu hol ularning ma’nosini mutlaq o’zgarishiga
olib kelmaydi. Ana shu turdagi iyerogliflarni o’qilishi har xil, ma’nosi bir xil yoki bir-biriga
yaqin iyerogliflar deyiladi.
Ko’p talaffuzli bir yoki yaqin ma’noli so’zlarda ham bitta iyeroglif turli xil talaffuzga ega
bo’ladi, bunda talaffuz faqat etimologik ohang orqali farqlanibgina qolmay balki tovushla
jihatdan ham farqlanishi mukindir. Masalan, “
难” ieyroglifining ikki xil o’qilishi mavjud: “nán”
va “nàn”. Ko’rinib turibdiki, ular faqat etimologik ohang orqali farqlanmoqda, ya’ni birinchi
talaffuzda birinchi ohangda o’qilsa, ikkinchi talaffuzda esa to’rtinchi ohangda o’qiladi.
Bo’g’inlarning ikkalasi ham bir xil tovushlar: “n”, “a” va “n” dan tashkil topgan. Ma’no
jihatdan esa bir biriga yaqin ma’nolarni ifodalaydi, ya’ni “nán” deb o’qilganda “og’ir, qiyin,
mashaqqatli”, “yoqimsiz, yaramas” kabi ma’nolar ifodalansa, “nàn” deb o’qilganda esa
“baxtsizlik, qiyinchilik, mashaqqat, musibat” kabi ma’nolar ifodalanadi.
Yana bir iyeroglif “
驮” esa biroz boshqacharoq tahlil qilinadi, chunki uning talaffuzlari
bir-biridan nafaqat ohang jihatdan balki tovushlar jihatdan ham farqlanadi, ya’ni uning birinchi
170
“汉字基础知识”(Xitoy iyerogliflari haqida asosiy bilimlar), Urumchi, 1996 yil, 51-bet
o’qilishi to’rtinchi ohangda “duò” deb o’qilsa, ikkinchi talaffuzi ikkinchi ohangda “tuó” deb
o’qiladi. Ma’no jihatdan “duò” deb o’qilganda “yuk (hayvonlarga ortilgan yuk)” kabi ma’nosini
ifodalaydi. “tuó” deb o’qilganda esa “yuk tashimoq, ko’tarib yurmoq” kabi ma’nolarni ifodalab
keladi. Ko’rinib turibdiki, birinchi talaffuz “d”, “u” va “o” tovushlaridan, ikkinchi talaffuz esa
“t”, “u” va “o” tovushlaridan tashkil topgan. Xitoy tilida bunday iyerogliflar ham ko’plab
uchraydi.
Masalan: “
剥” iyeroglifi yolg’iz ishlatilganda “bāo” deb o’qiladi va “shilmoq, talamoq”
ma’nolarini bildiradi. Lekin u “bōxuē” deb o’qiladigan ikki bo’ginli so’z “
剥削”da birinchi
bo’g’in bo’lib kelib, endi u “bāo” emas, balki “bō” deb o’qilib ma’no tomondan “bāo” bilan bir
xil yoki yaqin ma’noli iyeroglifga aylandi. Chunki “bāo” talaffuzda “shilmoq, talamoq”
ma’nolarini bersa, “bō”da esa “ekspluatatsiya qilmoq” ma’nosini anglatmoqda.
171
Do'stlaringiz bilan baham: |