Birinchi guruh “
女” (“汝”), “尔”, “若” bu 3 ta olmosh gapda ega, to‘ldiruvchi va
aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin.
(1)
居, 吾语女。Jū wú yǔ nǚ. – (Sen) Biroz o‘tirib tur, men senga hammasini gapirib
beraman. («Lunyuy» “Yangxo” bo‘limi)
150
Birinchi gapda
女 olmoshi “语” (gapirib bermoq, fe’l)ning to‘ldiruvchisi bo‘lib kelgan,
tarjimasi – “senga”.
(2)
若虽长大, 好带刀剑, 中情怯耳。Ruò suī zhǎng dà, hǎo dài dāojiàn, zhōng qíng
qiè ěr. – Garchand sen bo‘ying baland, qaddi-qomating kelishgan yigit bo‘lsang-da,
o‘zing bilan doim qurol olib yurasan, aslida sen qo‘rqoqsan. («Tarixnoma» “Inxou
tarjimai holi” bo‘limi)
151
Ikkinchi gapdagi
若 olmoshi ham gapda ega vazifasini bajarib, “sen” tarzida tarjima
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |