otlarni o‘rnida qo‘llaniladi. Kishilik olmoshlari o‘z o‘rnida birinchi shaxs olmoshlari,
Қадимги оғирлик бирлиги, 15 килограммга тенг.
Оғирлик бирлиги, 1000 грамм, яъни 1кг (20 лянг)га тенг.
Хажм бирлиги, 10 литрга тенг.
余” («Зожуан 左传») дан фойдаланилган.
(1)
我非爱其财而易之以羊. Wǒ fēi ài qí cái ér yì zhī yǐ yáng. –
Men boylik orttirish
maqsadida buni qo‘yga almashtirayotganim yo‘q. («Meng-zi» “Lyangxoy vang shang”
bo‘limi)
144
(2)
尔为尔,我为我。Ěr wéi ěr, wǒ wéi wǒ. – Sen – bu sen, men – bu men. («Meng-
zi» “Gong Song choushang” bo‘limi)
145
Birinchi misolda “
我” olmoshi gapda ega vazifasini bajargan, ikkinchi misolda avval
kelgan
我 – ega, keyingisi esa – kesim bo‘lib, “men” ma’nosini bildiradi.
吾 birinchi shaxs kishilik olmoshi Dastlabki Chin (221-207) davri xitoy tilida gapda
ega va aniqlovchi vazifasini bajara olgan. Bundan tashqari bo‘lishsiz gaplarda to‘ldiruvchi
vazifasini bajargan, gapdagi tartibi fe’ldan oldin bo‘lgan.
(3)
吾妻之美我者私. Wú qī zhī měi wǒ zhě sī. – Rafiqam meni qaddi-qomati
kelishgan deb o‘ylaydi, meni juda yaxshi ko‘radi. («Kurashuvchi shohliklar» “Chi
strategiyasi” bo‘limi)
146
Uchinchi misoldagi
吾 olmoshi “妻” (rafiqa, ot so‘z turkumi)ning aniqlovchisi
vazifasini bajargan, “mening” tarzida tarjima qilinadi.
“
朕 ” kishilik olmoshi Dastlabki Chin davrida asosan gapda aniqlovchi va ega
vazifasini bajargan.
(4)
朕皇考曰伯庸。Zhèn huáng kǎo yuē bó yōng. – Mening rahmatli otamni ismi Bo
Yung edi. (Chyu Yuan «Lisao»)
147
To‘rtinchi misolda
朕 olmoshi “皇考” (raxmatli ota, ot)ni aniqlab, gapda aniqlovchi
vazifasini bajargan. Tarjimasi - “mening”.
“
台” olmoshi ko‘pincha gapda ega va aniqlovchi vazifasini bajargan.
(5)
朝夕纳诲, 以辅台德。Zhāo xī nà huì, yǐ fǔ yí dé. – Butun kunimni ilm
o‘rgatishga bag‘ishlayman, davlat boshqaruvi muommolarini bartaraf etish – men uchun
eng oqilona vazifadir. («Shangshu» “Shoming shang” bo‘limi)
148
Beshinchi
gapda
台 kishilik olmoshi “德” (axloq, ot)ni aniqlab, gapda aniqlovchi
vazifasini bajargan. Tarjimasi – “mening”.
“
卬” birinchi shaxs kishilik olmoshi ko‘pchilik hollarda gapda ega vazifasini bajargan.
(6)
人涉卬否, 卬须我友。Rén shè áng fǒu, áng xū wǒ yǒu. – Boshqalar daryoning
narigi qirg‘og‘iga o‘tishdi, men esa o‘tmadim, sababi men do‘stimni kutishim kerak edi.
(«Shijing» “Beyfeng” bo‘limi)
149
Oltinchi gapdagi ikkala
卬 olmoshi ham gapda ega vazifasini bajargan, “men” tarzida
tarjima qilinadi.
Qadimgi xitoy tilida “
台 ” va “ 卬 ” nisbatan kam ishlatilgan. Qadimgi tarixiy
manbalarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, bu so‘zlarning tarjimasiga alohida ahamiyat
berishimiz kerak.
144
22,122
145
22,141
146
34,1648
147
34,2011
148
34,1843
149
34,17
Ikkinchi shaxs kishilik olmoshlari. Venyanda ikkinchi shaxs kishilik olmoshlaridan
ko‘pincha quyidagilar ishlatilgan:
1) “
女” nǚ (“汝” rǔ);
2) “
尔” ěr;
3) “
若” ruò;
4) “
乃” nǎi;
5) “
而” ér.
Ushbu ikkinchi shaxs olmoshlari ham o‘z o‘rnida ikki guruhga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: