5§ . Hisob so‘zlar
Qadimgi xitoy tilidagi hisob so‘zlar zamonaviy xitoy tiliga nisbatan kamroq
ishlatilgan, biroq ularning mavjudligini hech kim inkor qilolmaydi. Hozirgi zamon xitoy
tiliga o‘xshab qadimgi xitoy tilining hisob so‘zlari ham ikki katta guruhga bo‘linishi
mumkin:
1.
名量词 míngliàngcí (物量词 wùliàngcí) – nom hisob so‘zlari;
2.
动量词 dòngliàngcí – harakat hisob so‘zlari;
132
Nom hisob so‘zlari – ot so‘z turkumi bilan qo‘llanadigan hisob so‘zlar (dona, sop va
h.k.).
Harakat hisob so‘zlari – fe’l so‘z turkumi bilan qo‘llanadigan hisob so‘zlar (marta,
mahal va h.k.).
Qadimgi xitoy tilidagi hisob so‘zlar son bilan birikib, son hisob so‘zlarini hosil qilgan.
Quyidagi ikki modelni ko‘rib chiqaylik:
Do'stlaringiz bilan baham: |