Ishning tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob, 6 fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Umumiy hajmi 34 bet.
ASOSIY QISM
I BOB. Ravish so‘z turkumi haqida umumiy ma’lumotlar va ravishlarning tasniflanishi
Umumiy tavsif
Ravish (副词) – mustaqil so’z turkumlaridan biri; harakat va holat belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. O‘zbek tilidagi ravishlarning quyidagi ma’noviy turlarini sanab o’tamiz. Holat (tarz) ravishlari (tez, sekin, piyoda); o‘rin ravishlari ( uzoqda, yaqindan, pastda); payt ravishlari ( hozir, kecha, bugun); daraja-miqdor ravishlari ( picha, sal ozgina); maqsad ravishlari ( ataylab, ataydan); sabab ravishlari ( noiloj, ilojsiz ) kabi ma’noviy turlari mavjuddir. Ravish quyidagi xususiyatlarga ega:
O’z shaklini o’zgartirmaydi;
O’ziga xos yasalish tizimiga ega;
Harakat belgisini qisman bo’lsada ko’rsata oladi;
Ayrim ravishlar sifat yoki otga bog’lanib kelishi mumkin;
Ravishlar gapda ko’pincha hol vazifasida keladi.3
Xitoy tilida ravish 副词( fuci) deb nomlanadi. Xitoy tilida ravish-harakatning belgisini yoki belgining sifatini hamda belgining darajasini ifodalaydigan so’z turkumidir. Bundan tashqari ravish harakarning amalga oshirilish joyi, vaqti va sifati darajasini ifodalashi mumkin. Xitoy tilida ravish predmetning nisbiy belgisiga ishora qilishi mumkin. Ravish harakatning belgisi yoki sifatini, belgisi darajasini hamda joyni va vaqtni ifodalab, odatda gapda hol vazifasini bajaradi. Joylashish o’rni o‘zbek tilidan farq qiladi.Xitoy tilida ravishning o’rni odatda gapning asosiy fe’lidan oldin keladi, lekin ba’zi hollarda gapning boshida keladi.4
Xitoy tili gramatikasi o‘zbek tilidan farqli ravishda, xitoy tilida qo’shimcha mavjud emas va ularda har bir ieroglif bir mustaqil so’zni ifodalaydi. Xitoy tilida ravishlar asosan mustaqil so’z turkumlaridan sifat so’z turkumi va fe’l so’z turkumi bilan birgalikda ishlatilinadi. Ravish hech qachon ot so’z turkumi bilan birga ishlatilinmiydi. Xitoy tilida ravishlar o’zlari yolg’iz tura olmaydi.Bu shuni anglatadiki, ular odatda savollarga bitta o’zlari javob bo’lib kela olmaydi. Masalan, 不,没有,就,也许,可能. Bundan tashqari ko’p xitoy tilidagi ravishlar gapning egasidan oldin kela olmaydi, agar ega tushib qolsa yoki ega mavjud bo’lmasa fe’ldan oldin qo’yiladi. Lekin o‘zbek tilida egadan oldin ravish so’z turkumi qo’yilishi mumkin. Yuqoridagi qoida ko’proq xitoy tiliga tegishlidir.
Shuningdek, xitoy tilida ravishlar ba’zan bog’lovchi vazifasida ham kela olishi mumkin. Masalan, 就 (jiu) ravishi bog’lovchi vazifasida gaplarda bir-birini bog’lashda qo’llaniladi. Ammo bu so’zlar bog’lovchi so’z turkumiga kirmasdan ravish so’z turkumiga kiradi. Yuqorida aytib o’tkanimizdek, xitoy tilida ravishlar ba’zan gapning boshlanishida kela oladi, lekin fe’l so’z turkumi orqasida, albatta, kelishi taqazo etiladi. Yana qo’shimcha qilib aytib o’tsak, xitoy tilida ravishlar reduplikatsiya hodisasiga uchramaydi, garchi sifat so’z turkumida bunday xususiyat bo’lsa ham, ravish so’z turkumida bunday qilib bo’lmaydi. Reduplikatsiyaga uchragan sifatlardan keyin 地(de) ravishi yoziladi. Misol uchun, 急急匆匆地( jijicongcongde ) tarzida qo’llaniladi. 5
Do'stlaringiz bilan baham: |