Ishning obyekti va predmeti. Ishning obyekti xitoy tilining grammatik, fonetikva semantik tarkibidir. Ishning predmeti esa xitoy tilida ravish so’z turkumining tahlilidir.
Ishning amaliy ahamiyati va tavsiyalar. Mazkur kurs ishining natijalari O‘zbekistonda xitoy tilini o‘rganayotgan talabalar va izlanuvchilar uchun xitoy madaniyati va tilini chuqurroq tadqiq etishlarida o‘quv va tadqiqot manbai bo‘la oladi. Shuningdek, Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti tarjima nazariyasi va amaliyot sho’basi, xitoy tili va adabiyoti sho’basi, xitoy tiliga ixtisoslashgan litseylar va maktablarda amaliy ahamiyat kasb etib, ma’ruza matnlarini tuzish, amaliy mashg’ulot ma’ruzalarini tayyorlash, ilmiy-uslubiy qo’llanmalarni yaratishda asqotishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |