Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Dunyo xitoyshunosligida xitoyni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar doimo mutaxassislar diqqatini tortib kelganligi yaxshi ma’lum.Keyingi paytlarda zamonaviy xitoy tili so‘z boyligini o‘rganish ilmiy jamoatchilikda keng qiziqish uyg‘otmoqda.Mazkur kurs ishimizga materiallar to’plash jarayinida shuning guvohi bo’ldikki, so’ngi yillarda ravish so’z turkumi bo’yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari ravishning ma’no (mazmun) turlari keraklicha tahlil qilingan bo’lsa-da , uning gramatik tabiati chuqur va atroflicha tavsif etilganligini ko’rsatadi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar ham ravishning faqat nutqiy ko’lamdagi tashqi belgilari, ma’nosi, vazifasi hamda ifodalanish xususiyatlarini talqin qilishga bag’ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |