Xitoy tilidagi adabiyotlar:
本社 汉语 新目标 第二册.- 北京. 2004. 220页.
Li Dejin, Cheng Meizhen 外国人使用汉语语法.- 北京.2007.
VII. Internet saytlar:
www.allbest.ru
www.philology.ru
www.studychinese.ru
www.umao.ru
books.google.co.uz
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xitoyshunoslik fakulteti xitoy filalogiyasi kafedrasi ikkinchi kurs talabasi Norqulova Sojidaning “Xitoy tilida ravish so‘z turkumining ifodalanishi ” mavzusida tayyorlagan kurs ishiga
TAQRIZ
Har bir til milliy madaniyatni ochiq ifodalovchi sistemadir va uning har bir sathiga doir til birliklarida xalqning urf-odat va an’analari, olamga munosabati aks etib turadi. Tilshunoslik fan sifatida xalqning ana shu jihatlarining o‘z tilida namoyon bo‘lishini o‘rganish yo‘lidan boradi. O‘zbek sharqshunosligida ancha yillardan buyon o‘zbek tilini sharqning boshqa bir qator tillari bilan, xususan, xitoy tili bilan chog‘ishtirib o‘rganib kelinadi. Tadqiqotchi Norqulova Sojidaning mazkur kurs ishida ham sharqdagi katta til hisoblangan xitoy tilida ravish so’z turkumining ifodalanishi mavzusi tahlil qilingan bo‘lib, tadqiqot ishining dolzarbligini oshirgan.
Mazkur ish kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
I Bob “Ravish so‘z turkumi haqida umumiy ma’lumot va ravishlarning tasniflanishi” deb nomlangan va u 4 fasldan iborat. 1 fasl “ Umumiy tavsif ” deb nomlangan. Ushbu faslda ravish so’z turkumining haqida umumiy ma’lumot berilgan. Ravish tushunchasi va uning oʻrganilganlik darajasi bayon etilgan. 2 fasl “Asl ravishlar” deb nomlangan. Ushbu faslda xitoy tilidagi asl ravishlarning yasalishi, ishlatilinishi bayon qilingan. 3 fasl “Hol ravishlari” deb atalib, ushbu faslda hol ravishlarining ta’rifi, ishlatilinish qoidalari haqida ma’lumot berilgan. 4 fasl “ Daraja ravishlari ” deb nomlangan. Xitoy tilida daraja ravishlarining yasalishi, ishlatilinishi va gapdagi o’rni haqida ma’lumot berilgan.
II Bob “ Ravishlarning yasalishi ” deb nomlangan va u oʻz navbatida 2 faslga boʻlingan. 1 Fasl “ Kompazitsiya ( so‘z qo‘shilishi ) ” deb nomlangan. Ushbu faslda xitoy tilida ravish so‘z turkumining kompozitsiya, ya’ni so’z qo’shilishi natijasida yangi ravish so’z turkumini yasash, ulardan gaplarda qanday qilib foydalanish va gapdagi o’rni tahlil qilingan. 2 fasl “ Suffiksatsiya (suffikslar bilan yasalish ” deb nomlangan bo’lib, ushbu faslda suffikslar bilan ravish so’z turkumini hosil qilish va ularni yasalishi haqida to’liq ma’lumot berilgan.
Xulosa qilib aytsam, mazkur ishda xitoy tilida ravish so’z turkumining ifodalanishi mavzusi to’liq qilib yoritilgan. Ravishlarning turlari, yasalishi har biriga ma’lumot berilgan. Tadqiqot natijalari boʻyicha ma’ruza kurslarida, darsliklar, maxsus lugʻatlar, ilmiy-ommabop risolalar va koʻrsatmalar yaratishda foydalanish mumkin. Kurs ishining xulosa va materiallaridan ravish so’z turkumi haqida ilmiy, amaliy masalalarni oʻrganishda, oliy oʻquv yurtlarida bir qator xitoy tili fanlarida ravish so’z turkumi haqida ma’mumot berishda foydalanish mumkin.
Kurs ishida jami 32 ta adabiyotdan foydalanilgan.
Norqulova Sojidaning “ Xitoy tilida ravish so‘z turkumining ifodalanishi” mavzusida kurs ishini himoyaga tavsiya etaman.
Xitoy filologiyasi kafedrasi
o‘qituvchisi, PhD Sh.Q.Shamsiyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |