Xitoy tilida ravishlarning turlari. Semantik xususiyatlariga ko'ra, ravishlar 7 toifaga bo'linadi: payt ravishlari, harakat-holat ravishlari, daraja-miqdor ravishlari, jamlovchi ravishlar,takror ravishlari, rad etish va tasdiq ravishlari , intonatsiya ravishlari.15
Payt ravishi quyidagi ravishlarni o'z ichiga oladi: 已经 yĭjīng allaqachon, 一直 yīzhí hozirgacha, 立即 lìjí darhol 1) 我们 已经 五年 没 见面 了 了
Wŏmen yĭjīng wŭ nián mĕi jiànmiàn le.
So'nggi 5 yil davomida biz bir-birimizni ko'rmadik.
Bu jumlada 已经 yĭjīng ravishi o'tgan zamonda aniq vaqtdagi harakatning tugaganini bildiradi. Bunday holda, ravish harakatning aniq tugagan vaqtini aniqlab keladi.
2) 他 一直 等到 我 来.
Tā yīzhí dĕngdào wŏ lái.
U meni men kelgunimcha kutdi.
Ushbu jumlada 一直 yīzhí ravishi harakatning davomiy vaqtini belgilaydi.
3) 我们 必须 立即 设法.
Wŏmen bìxū lìjí shèfă.
Biz darhol chora ko'rishimiz kerak.
Ushbu jumlada 立即lìjí ravishi harakatning tugallangan vaqtini belgilaydi.
Jamlovchi ravishlar o'z ichiga quyidagi ravishlarni oladi: 一共yīgòng hammasi bo'lib,jami, 都 dōu hammasi, 统统 tŏngtŏng butun, butunlay.
4) 我们 一共 六 个人.
Wŏmen yīgòng liù ge rén.
Biz jami bo'lib 6 ta kishimiz.
Bu jumlada 一共 yīgòng ravishi odam sonini belgilaydi.
5) 我们 班 的 学生 今天 都 去 戏剧.
Wŏmen bān de xuéshēng jīntiān dōu qù xìjù. Bugun bizning guruhimizning barcha talabalari teatrga borishadi.
Ushbu jumlada 都dōu ravishi barcha talabalar bugun teatrga borishi kerakligini anglatadi.
6) 我 统统 明白.
Wŏ tŏngtŏng míngbái.
Men hamma narsani aniq tushunaman.
Ushbu jumlada 统统 tŏngtŏng ravishi savolni tushunish darajasini ko'rsatadi.
Miqdor-daraja ravishiga quyidagi ravishlar kiradi: 非常fēicháng-juda, 格外 géwài- g'ayrioddiy, 稍微 shāowēi- bir oz.
7) 他 非常 不 喜欢 吃 生 鱼片.
Tā fēicháng bù xĭhuan chī shēng yú piàn.
U juda ham xom baliqlarni yeyishni yoqtirmaydi.
Ushbu jumlada 非常 fēicháng ravishi qay darajada uning xom baliq bo'laklarini yeyishni yomon ko'rishini ko'rsatadi.
8) 领导 上 对此 建议 格外 重视.
Lĭngdăo shàng duì cĭ jiànyì géwài zhòngshì.
Rahbariyat ushbu taklifni juda yuqori darajada baholadi.
Bu jumlada 格 外géwài ravishi g'yoatda muhim darajadagi holatni bildiradi.
9) 他 稍微 好 一些 了.
Tā shāowēi hăo yīxiē.
U o'zini biroz yaxshi his qildi.
Ushbu jumlada 稍微shāowēi ravishi ham belgining darajasini anglatadi, lekin daraja unchalik katta emas.
Takror ravishlar. Takror ravishlarga quyidagilar kiradi: 又 yòu yana, 常常 chángcháng tez-tez,再三 zàisān qayta-qayta,yana va yana.
10) 这个 电影 很好 , 昨天 我 又 看了 一遍.
Zhè gè diànyĭng hěn hăo, zuótiān wŏ yòu kàn le yībiàn.
Ushbu film juda yaxshi, men uni kecha yana tomosha qildim.
Bu jumlada 又yòu ravishi ayrim harakatlarni yana takrorlashiga ishora qiladi.
11) 我们 之间 常常 有 争吵.
Wŏmen zhī jiān chángcháng yŏu zhēngchăo.
Bizning oramizda tez-tez janjallar bo'lib turardi.
Ushbu jumlada 常常 chángcháng qo'shimchasi takroriy harakatlarni ifodalaydi.
12) 我 再三 考虑 自己 的 未来.
Wŏ zàisān kăolǜ zìjí de wèilái.
Men kelajagim haqida qayta-qayta o'ylayman.
Ushbu jumlada 再三zàisān ravishi harakatning takroriyligini ifodalaydi.
Rad etish va tasdiqlash ravishlari. Bunday ravishlarga quyidagilar kiradi: 不 bù yo'q, 别 bié yo'q, 一定 yīdìng albatta.
13) 告诉 他 不要 等待 我.
Gàosu tā bù yào děngdài wŏ.
Unga ayt, meni kutib turmasin. Ushbu jumlada 不 bù ravishi harakatni inkor etishni ifodalaydi.
14) 别 以为 太平无事 了.
Bié yĭwéi tài ping wú shì le.
Hammasi shu qadar xavfsiz deb o'ylamang.
Ushbu jumlada 别Bié ravishi ham inkor ma'noni bildiradi.
15) 这样 一定 会 犯错误.
Zhè yang yīdìng huì fàn cuòwù.
Bu albatta xatolarga olib keladi.
Bu jumlada 一定 yīdìng ravishi biror harakatning aniq sodir bo'lishini bildiradi.
Intonatsiya ravishlari. Intonatsiya ravishlariga quyidagilar kiradi: 简直 jiănzhí oddiy, to'g'ri,究竟 jiūjìng oxir-oqibat, 居然 jūrán kutilmaganda.
16) 我 简直 不 知道 怎么 办.
Wŏ jiănzhí bù zhīdào zěnme bàn.
Men to'g'risi(shunchaki)nima qilishni bilmayman.
Ushbu jumlada jiănzhí qo'shimchasi so'zlovchining his-tuyg'ularni ifoda etishga yordam beradi.
17) 你 究竟 答应不答应?
Nĭ jiūjìng dāying bù dāying?
Sen oxir oqibatda rozi bo'lasanmi yoki yo'qmi?
Ushbu jumlada 究竟 jiūjìng qo'shimchasi yakuniy javobni (natijani) bilishni qat'iy istashini ifodalaydi.
18) 幻想 居然 实现了.
Huànxiăng jūrán shíxiàn le.
Xayollar(orzular)to'satdan amalga oshdi.
Bu jumlada 居然 jūrán ravishi kutilmagan ishning kutilmaganda amalga oshganini bildiradi.
Harakat-holat ravishlari. Ularga quyidagilarkiradi: 渐渐 jiànjiàn asta-sekin, 亲口 qīnkŏu o'z og'zi bilan, shaxsan, 互相 hùxiāng o'zaro.
19) 火车 渐渐 远去.
Huŏchē jiànjiàn yuăn qù.
Poezd asta-sekin uzoqlasha boshladi.
Ushbu jumlada 渐渐jiànjiàn ravishi poezdning sekin-sekinlik bilan uzoqlashayotganini bildiradi.
20) 这 是 我 听 亲口 亲口 说 的.
Zhè shì wŏ tīng tā qīnkŏu shuō de.
Buni uning o'zi (o'z og'zidan) aytganini eshitdim.
亲口 qīnkŏu ravishi qandaydir harakat shaxsan kimningdir tomonidan qilinganligini bildiradi.
21) 亲生 的 人 应该 互相 照顾.
Qīnshēng de rén yīnggāi hùxiāng zhàogù.
Tug'ishgan odamlar bir-birlariga g'amxo'rlik qilishlari kerak.
Bu jumlada 互相hùxiāng ravishi ba'zi harakatlar o'zaro bajarilishi kerakligini bildiradi, ya'ni harakatning tasvirini ifodalaydi.
Umumiy grammatik ma'noga muvofiq ravishda xitoy tilida ravishlar 3 sinfga bo'lingan: sifatdosh ravishlar, holat ravishlari, miqdor-daraja ravishlari.
Sifatdosh ravishlar quyidagilar: 忽然hūrán to'satdan, 决然 juérán qat'iyat bilan, 猛然 mĕngrán birdan, qo'qqisdan, 连忙 liánmáng shoshgancha, 恰好 qiàhăo xuddi, o'z vaqtida, 仍旧 réngjiú avvalgiday, 逐渐 zhújiàn asta-sekin, bora-bora.Bu turdagi ravishlar fe'l-kesimlarda asosiy vazifani bajaradi.
Holat ravishlari harakatning tashqi tomonini aks ettiradi. Ular harakatni tugaganini yoki harakatning belgisini bildirib keladi:已经 yĭjīng allaqachon, 刚才 ganggái hozirgina, 将来 jiānglái kelajakda,也 yĕ ham,shuningdek,
还hái yana, hali, 又 yòu yana, 老 lăo har doim, uzoq vaqt, 快 kuài yaqinda, 里头lĭtou ichkarida, 周围zhōuwéi atrofida, 马上măshàng darhol. Ushbu turdagi ravishlarning fe'llar bilan bir qatorda, sifatlar bilan ishlatiladi.Miqdor-daraja ravishlari belgining darajasini ifodalab keladi: 很 hĕn, 好 hăo, 大 dà, 颇 pō, 甚 shèn juda, g'oyat,更 gèng undan ham ko'proq, 最 zuì eng.
这回忆很使我痛苦。
Zhè huíyì hěn shĭ wŏ tòngkŭ.
Ushbu xotiralar menga qattiq og'riq beradi. Sifatdosh va holat ravishlari gapda ega va kesim bilan joy almashib keladi.Ba'zan ular egadan oldin ham keladi: 1. 突然门开了。
Túrán mén kāi le.
To'satdan eshik ochildi.
2. 马上 人 都 静 下来 , 只听 他 说话。
Măshàng rén dōu jìng xià lái, zhī tīng tā shuōhuà.
Shu zahotiyoq hamma jim bo'lib qoldi va faqat uning so'zlarini tinglashdi.
Xitoy tilida shunday otlar guruhi mavjudki, ular ravish vazifasida ham keloladi: 今天 jīntiān bugun, 明天míngtiān ertaga, 早 上 zăoshàng tong, ertalab晚 上wănshang kech, kechqurun. Sifatdosh va holat ravishari ba'zan hol vazifasini bajaradi.Shuningdek hol olmosh vazifasini ham bajarishi mumkin. 1. 我 就 回来。
Wŏ jiù huílái.
Men darrov qaytib kelaman.
2. 他 忽然 醒 了。
Tā hūrán xĭng le.
U kutilmaganda uyg'ondi.
3. 这 是 最大 的 房子。
Zhè shì zuì dà de fángzi.
Bu eng katta uy.
4. 他 总是 迟到。
Tā zŏngshì chídào.
U har doim kechikadi.
5. 他 昨天 又来 了。
Tā zuótiān yòu lái le.
Kecha u yana keldi. 16
Ravishlar kirish so'z vazifasida ham keladi. Va odatda fikrlarning izchilligini bildiradi. Ba'zi bir ravishlar o'zida qo'shimcha ma'no ifodalab keladi.
1. 首先要把工作做完。
Shŏuxiān yào bà gōngzuò zuò wán .
Avvalo, siz ushbu ishni tugatishingiz kerak.
2. 你 的 话 究竟 是 什么 意思 呢?
Nĭ de huà jiūjìng shì shénme yìsi ne?
Xo'sh, oxir oqibat sizning fikrlaringiz nimani anglatadi?
Olmoshli ravishlar oltita toifaga bo'linadi: ko'rsatish, aniqlovchi, so'roq, noaniq, nisbiy, undov.
Ko'rsatish ravishlari: 这里 zhèlĭ, 这儿 zhèr - bu yerda; 那里 nàli, 那儿 nàr — u yerda; 这么 zhème, 这样 zhèyàng, 这般 zèbān, 如此 rúcĭ - shunday, shunaqa;那么 nàme, 那样 nàyàng, 那般 naban - bunday, bunaqa Aniqlovchi ravishlar: 到处 dàochù, 处处 chùchù - hamma joyda, hamma joyda;总是 zŏngshì, 老是 lăoshi - har doim.
So‘roq ravishlari: 那里 nàli, 哪儿 nàr - qayerda? 多 duō, 多咱duōzán qachon? 怎么 zěnme, 怎么 样zěnmeyàng, 怎样 zěnyàng, 如何 rúhé qanday? 多 duō, 多么 duōme - qancha?
Noaniq ravishlar: 那里 nàli, 那 儿 nàr bir joyda, biron joyda, biron joyda; 多 duō, 多duōzan qachondir.
1. 你 昨天 上 哪儿 去 了 吗?
Nĭ zuótiān shàng nàr qù le ma?
Sen kecha biron joyga bordingmi?
2. 这个 字 我 仿佛 在 哪里 看过。
Zhè gè zì wŏ făngfú zài nà li kàn guò.
Bu iyeroglifni qayerdadir ko'rganga o'xshayman.
Nisbiy ravishlar ko'pincha so'roq ravishlarga o'xshab ketadi, ularni ton orqali yoki yozuvda farqlab olamiz: 那里 ... 那里 nàli ... nàli ...qayerda... o'sha yerda, 多咱 ... 多咱 duōzan ... duōzan - qachon ...o'shanda怎么 ... 怎么 zěnme ... zěnme ...qanday... shunday.
1. 我 多咱 叫 你 , 你 就 多咱 来。
Wŏ duōzán jiào nĭ, nĭ jiù duōzán lái.
Men senga qachon qo'ng'iroq qilsam, sen o'shanda kelasan.
2. 你 高兴 怎么 办 , 就 怎么 办 罢。
Nĭ gāoxìng zěnme bàn, jiù zěnme bàn bà.
Qanday qilishni xohlasangiz, shunday qiling. Undov ravishi: 多 duō! 多么 duōme! - qanchalar! qancha!
1. 你 看 她 多 好看!
Nĭ kàn tā duō hăo kan!
Qarang, u qanday go'zal!
2. 我现在 才 深切 地 感觉到 记忆力 是多么 可贵 的了!
Wŏ xiànzàn cái shēnqiè de gănjué dào jìyì lì shì duōme kĕ guì de le!
Men hozirgina qanchalik chuqur anglab yetdim, xotira qanchalik qimmatbaho ekanligini.17
Do'stlaringiz bilan baham: |