1.3. Hol ravishlari
Xitoy tilida hol ravishlari harakatni rivojlanishi yoki belgi namoyon bo’lishining tashqi tomonini aks ettiradi.Ular harakat amalga oshirilayotgan yoki belgi yuzaga kelayotgan hollarga ishora qiladi.已经 ( yijing ) allaqachon; 将来 ( lianglai ) kelajakda; 也 ( ye ) hamda, ham:还 ( hai ) hali; 又 ( you ) yana, tag’in; 里头 ( litou ) ichida; 周围 ( zhouwei ) atrofda; 马上 ( mashang ) shu zahoti; 老 (lao ) har doim, ilgari, allaqachon; 快 ( kuai ) yaqinda va boshqalar. Xitoy tilidagi mazkur sinf ravishlari fe’llar bilan birikib, ba’zan ( kam hollarda ) sifatlar bilan keladi.7
Misollar:
当你长大的时候,妈妈的头发已经有了白发。
春天已经来了,但是雪还未融化,还有慢慢等待那美丽的春的气息,才能真正感觉到春天的美丽。
国小生们已经离开了学校,鸟儿也已经开始休息了,但我们的老师还在办公室内备课。
也 ( ye ) ravishining ishlatilinishi:
我也是名医生.
(wo ye shi ming yisheng. )
Men ham doktorman.
(表示对等 ) tenglikni ifodalaydi
这条街上有中餐馆,也有西餐馆。
( zhe tiao jie shang you zhongcanguan, ye you xicanguan. )
Bu ko’chada xitoy restorani bor, g’arb restorani ham bor.
( 表示结果) Natijani ifodalaydi.
这道题太难,怎么想也想不出来。8
(zhe dao ti tai nan, zenme xiang ye xiang bu chulai. )
Bu savol juda qiyin ekan, qanday o’ylasam ham topolmayapman.
(表示转折)stil inkorni, qarashlilikni bildiradi- haligacha, bo’lsada, lekin deb tarjima qilinadi.
虽然她心里不高兴,也没说什么。
(Suiran ta xinli bu gaoxing, ye mei shuo shenme. )
U xafa bo’lishiga qaramay hech narsa demadi.
( 表示委婉 ) istihola, sertakalluflik, xushmuomilalikni ham ifodalaydi.
这个电影倒也不错。
( zhe ge dianying dao ye bu cuo. )
Bu film haqiqatdan ham yomon emas.
( 表示强调 ) ma’noni, mazmunni kuchaytirib keladi.
他病了,一口饭也不想吃。
( Ta bing le, yi kou fan ye bu xiang chi. )
U kasal bo’ldi, bir luqma ham ovqat yeyishni xohlamayapti.
Bundan tashqari 也 ravishi konstruksiya hosil qilib, bog’lovchi vazifasida ham kelishi mumkin. Tarjimasi nafaqat ….. , ham…….
不但。。。。,也。。。。。。
他不但足球踢得好,性格也不错。
( Ta bu dan zu qiu ti de hao, xingge ye bu cuo. )
U nafaqat futbolni yaxshi o’ynaydi, harakteri ham yomon emas.9
又 va 再 ravishlarining ishlatilinishi qoidalari:
又 va 再 bu har ikki ravish ham xitoy tilidan o’zbek tiliga tarjima qilinganda yana degan ma’noni bildiradi.
又 ( you ) –sodir bo’lgan ish-haratak uchun o’tgan zamonda qo’llaniladi.
再( zai ) – esa sodir bo’ladigan ya’ni kelasi zamonda qo’llaniladi. Shu jumladan, zai buyruq maylidagi gaplarda ham qo’llaniladi.
Misollar:
昨天他就来晚了,今天又来晚了。
(zuotian ta jiu lai wanle, jintian you lai wanle.)
Kecha u kech keldi, bugun yana kech keldi.
去年过生日的时候,他请了我们去作客,今年又请我们去作客了。
(qunian guo shengri de shihou, ta qing le women qu zuoke, jinnian you qing women qu zuokele.)
O’tgan yili tug’ilgan kun o’tkazish vaqtida, u bizni mehmonga taklif qilgandi, bu yil yana taklif qildi.
我没听清楚,请你再说一次。
(wo mei ting qingchu, qing ni zai shuo yi ci.)
Men aniq tushinmadim, iltimos yana bir marta qayta aytvoring.
课文你念得不太熟,还要再念一念。
( kewen ni nian de bu tai shu, hai yao zai nian yi nian.)
Tekst sen o’qiganing unchalik tayyormas, yana qayta va qayta o’qishing kerak.
Lekin ayrim hollarda bu qoidalarda istisno bo’lishi mumkin. 又ravishi ayrim hollarda kelasi zamonda bo’lajak voqea-hodisalarga ham qo’llaniladi. Bunda ish-harakatning aniq davomiyligiga yoki aniq sodir bo’lishiga alohida urg’u beriladi.
Misollar:
明天又星期四了,又要开会了。
(mingtian you xingqisi le, you yao kai hui le.)
Ertaga yana payshanba, yana yig’ilish o’tkazish kerak.
时间过得太快了,现在又是十月了。
( Shijian guo de tai kuai le, xianzai you shi shi yue le.)
Vaqt o’tishi juda tez, hozir yana oktabr oyidir.
再 ravishi esa inkor bilan birga qo’llaniladi, (boshqa yo’q) ma’nosini beradi. Bunda ( zai ) o’tgan zamonda ham kelasi zamonda ham qo’llanilishi mumkin.
Misollar:
他去年来过以后没有再来。
( ta qunian lai guo yihou mei you zai lai.)
U o’tgan yili kelgandan keyin boshqa qaytib kelmadi.10
这个朋初下了两次雨以后,就没有再下。
( zhe ge peng chu xiale liang ci yu yihou, jiu mei you zai xia.)
Bu yomg’ir ikki marta yog’ganidan keyin, qayta umuman yog’madi.
最近他的身体不好,所以早上不再跑步了。
( zuijin ta de shenti bu hao, suoyi zao shang bu zai paobu le. )
Shu kunlarda uning sog’lig’i yaxshi emas, shuning uchun u boshqa ertalab yugurishga chiqmaydi.
还 ravishining ishlatilinishi
还ravishi gapda qo’llanilishiga qarab 2 ta ma’noni ifodalaydi:
“ Bundan tashqari”, “ hali ham ”
Misollar:
我有四个姐姐,还有三个妹妹。
(wo you si g e jiejie, hai you san ge meimei.)
Mening 4 ta opam bor, bundan tashqari yana 3 ta singlim bor.
他还在睡觉呢。
( ta hai zai shui jiao ne. )
U hali ham uxlayapti.
还 bundan tashqari 也 ravishining o’rnida ishlatilib, tarjimasi “ ham ” ma’nosida kelishi mumkin. Bunda vaziyat haliyam o’sha holatda davom etayotganligini bildiradi. Holat yoki vaziyat o’tmishda boshlanib hozirgi kunda hali ham davom etayotganligini bildiradi.11
我以前有三个姐姐,现在还有三个姐姐。
( wo yiqian you san ge jiejie, xianzai hai you san ge jiejie. )
Oldin mening 3 ta opam bor edi, haliyam 3 ta opam bor.
还 ravishining 也 ma’nosida ishlatilishiga bir qancha misollar:
( wo de haizi jinnian sansui, keshi hai bu hui zoulu. )
Mening o’g’lim bu yili 3 yoshda, lekin hali ham yura olmaydi.
( ni zuo de mian bao zhen hao chi, wo hai xiang zai chi yi dianr. Keyi ma? )
Sen tayyorlagan non juda mazali, men yana yeyishni xohliyman. Maylimi ?
( women zou ba )
Ketdik .
B:还早呢,我还有再跟丁云谈谈。
( hai zao ne, wo hai you zai gen Ding Yun tantan.)
Hali erta, biz hali yana Ding Yun bilan gaplashishimiz kerak.
他说汉语,有时候说的没有问题,有时候说的不太对。我想他语法了解得还不太清楚。
( Ta shuo hanyu, youshihou shuo de mei you wenti, youshihou shuo de bu tai dui. Wo xiang ta yufa liaojie de hai bu tai qingchu.)
U xitoy tilida gapiradi, ba’zan gapirishida muammo yo’q, ba’zan gapirganda unchalik to’g’ri emas. Men o’yliymanki, u hali ham xitoy gramatikasiga aniq tushunmaydi.12
1.4.Daraja ravishlari
Xitoy tilida daraja ravishlari belgining namoyon bo’lish darajasini, sifatning darajasini yoki harakatning shiddati ( intensivligi)ni ifodalaydi.
Masalan: 很 (hen ) juda ; 好 ( hao ) juda; 大 ( da ) juda ham; 颇 ( po ) juda;甚 ( shen ) juda; 挺 ( ting ) juda, nihoyatda; 更 ( geng ) yanada ko’proq;最 ( zui ) eng ; 顶 ( ding ) eng, eng ko’p; 极 ( ji ) haddan tashqari;太 ( tai ) juda haddan tashqari; 非常 ( feichang ) o’ta odatdan tashqari va boshqalar.
Bu toifadagi ravishlar aksariyat holatlarda sifatlar bilan keladi, lekin fe’llar bilan ham ishlatilishi mumkin.Xitoy tilida ishlatiladigan bu ravishlar egadan keyin sifatdan oldin keladi. Sifatning darajasini yanada kuchaytirish ma’nosida qo’llaniladi va gapda suhbatdoshni qiziqishini yanada oshirishga yordam beradi. 13
Do'stlaringiz bilan baham: |