Xirurgiya va reanimatsiyada hamshiralik ishi. 12. 14. 15 guruh. Mavzu



Download 27,86 Kb.
bet1/3
Sana29.05.2022
Hajmi27,86 Kb.
#615747
  1   2   3
Bog'liq
Xirurgiya va reanimatsiyada hamshiralik ishi KONSPEKTMMMMM

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Jihoz

Xirurgiya va reanimatsiyada hamshiralik ishi. 12. 14. 15 - guruh.


Mavzu: Nafas a’zolari, ko’krak qafasining xirurgik kasalliklarida, bosh miyaning shikastlarida hamshiralik ishi.
Maqsad:
1) ta’limiy: Talabalarga nafas a’zolari, ko’krak qafasining xirurgik kasalliklarida, bosh miyaning shikastlarida hamshiralik ishini o`rgatish.
2) tarbiyaviy: Talabalarga estetik va tibbiy tarbiya berish;
3) rivojlantiruvchi: Talabalarda nafas a’zolari, ko’krak qafasining xirurgik kasalliklarida, bosh miyaning shikastlarida hamshiralik ishi ko`nikmalarini rivojlantirish.
DTS: Nafas a’zolari, ko’krak qafasining xirurgik kasalliklarida, bosh miyaning shikastlarida hamshiralik ishini bilish.
Jihoz: Noutbuk, proyektor, plakatlar, slaydlar va tarqatma materiallar
Darsning borishi
I. Tashkiliy davr
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
II. Takrorlash
III. Yangi mavzuni o`rganish.
O’TKIR NAFAS YETISHMOVCHILIGI. REANIMATSIYASI VA INTENSIV TERAPIYA
Organizmdagi a’zolarning hayot faoliyati uchun kislorod juda zarur, buning uchun tashqi muhitdagi havo tarkibidagi kislorod tashqi nafas yo’llari orqali kirib, o’pka alveolalarini to’ldiradi va alveola devori orqali o’pkadagi kapillar qon tomiriga o’tib, to’qimalarga tarqaladi. O’pka alveolalari orqali karbonat angidrid gazining kislorod bilan almashinishiga tashqi nafas olish deyiladi.
Shunga ko’ra organizm O bilan ta’minlanib, tashqi muhit bilan 2 alveola o’rtasida doimiy bog’liqlik bo’ladi.
O’tkir nafas yetishmovchiligi haqida tushuncha. Tashqi nafas olish bilan organizmning oksigenga nisbatan ehtiyojini qondira olmagan holati, keng ma’noda aytganda, o’pkalarning nafasga aloqador bo’lmagan va nafasga aloqador funksiyalari buzilishi natijasida venoz qonning arterial qonga aylantirish qobiliyatining izdan chiqishi o’tkir nafas yetishmovchiligi (O’NY) deb tushuniladi. Natijada organizmda chuqur va og’ir gaz almashinuvi buzilishi kuzatiladi.
O’NY kelib chiqish sabablaridan qat’i nazar, organizmdagi qon va to’qimalardagi kislorod miqdorining kamayishi gipoksiya holatiga olib keladi. O’NY quyidagi sabablarga ko’ra rivojlanadi:

  • nafas a’zolarining shikastlanishi, jumladan, ko’krak qafasining, traxeyaning jarohatlanishi, infeksiya, intoksikatsiyalar va boshqalar natijasida;

  • kalla va bosh miyaning shikastlari, dori-darmonlar ta’siri, gipoksiya, operatsiya tufayli nafas markazi ishining pasayishi va boshqalar natijasida;

  • bemor nafas yo’llarining bekilib qolishi yoki obturatsiya tufayli;

  • gemoglobin miqdorining kamayishi, anemiya, is gazidan zaharlanish;

  • umumiy aylanib yuruvchi qon miqdorining kamayishi yoki venalarda qon dimlanishi natijasida kislorod miqdorining kamayishi.

Klinikasi. O’NY da rivojlanayotgan gipoksiya va giperkapniya tufayli hayotiy zarur a’zolar faoliyati izdan chiqadi. Shunga ko’ra kompensator mexanizmlar ishga tushishi natijasida bemorda yo’tal, nafas siqishi, nafas olishning tezlashuvi, nafas yetishmasligi, bo’g’ilish kabi holatlar paydo bo’ladi. Bo’g’ilishda yengil sianoz bo’lib, pulsning tezlashuvi kuzatiladi, bemor es-hushining o’zgarishi va koma holatlari rivojlanadi. Bemor dastlab qo’zg’algan, bezovta bo’lib, keyin tormozlanish jarayoni boshlanadi, alahlaydi (gallutsinatsiya va alahlash). Bemorning teri qavatlari nam, yuzi ko’kargan yoki oqargan bo’ladi. Nafas olishda yordamchi mushaklar, burun qanotlari qatnashadi, taxikardiya kuchayadi, puls va AB ko’tarilib ketadi.
Gipoksiya organizmda quyidagi darajalarda rivojlanadi: 1-darajali gipoksiyada nafas olish tezlashadi, sianoz, AB ko’tariladi va taxikardiya kuchayadi. 2-darajali gipoksiyada taxikardiya, sianoz, nafas olish qiyinlashadi, bemor hushidan ketadi, ammo reflekslar saqlanadi. 3-darajasi bemorning koma holati bilan xarakterlanadi, reflekslar ham yo’qoladi, sianoz keskin rivojlanadi va bradikardiya paydo bo’ladi. Bu darajada 4-5 daqiqa davomida bevosita reanimatsiya usullarini qo’llash bilan bemor hayotini saqlab qolish mumkin. 4-daraja so’nggi bosqich bo’lib, bemorni asrab qolish qiyin kechadi.
Giperkapniya ham 2 darajada rivojlanadi:
1-darajasida nafas siqishi, kuchli terlash va bronxlardan suyuqlik ajralishi kuchayadi. Diurez kamayadi, AB tushib ketadi, bemor qo’zg’algan va bezovta bo’ladi.
2-darajasida nafas soni kamayadi, bronxlar gipersekretsiyasi, nafas siqishi, sianoz paydo bo’ladi, organizmga havo kiritish bilan ular tezda yo’qoladi. Bemor hushidan ketadi va koma holatiga tushadi. Renimatsiya tadbirlari yaxshi natija beradi.
Davosi. O’NYni davolash reanimatologiyaning asosiy vazifala-ridan biri hisoblanadi. Davolash tadbirlari simptomatik xususiyatga ega, chunki jarayon boshqa biror kasallik tufayli ro’yobga chiqadi.
Nafas yetishmovchiligining og’ir holatlarida va nafas to’xtaganida o‘pkani sun’iy ventilatsiya qilish yaxshi natija beradi.

Download 27,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish