Xirurgiya va reanimatsiyada hamshiralik ishi. 12. 14. 15 guruh. Mavzu



Download 27,86 Kb.
bet2/3
Sana29.05.2022
Hajmi27,86 Kb.
#615747
1   2   3
Bog'liq
Xirurgiya va reanimatsiyada hamshiralik ishi KONSPEKTMMMMM

KO’KRAK QAFASI SHIKASTLARI
Qovurg’alarning sinishi ko’krak qafasining ezilishi va bosilishi oqibatida qovurg’alarning yorilishi, suyak usti pardasi ostidan sinishi va bitta yoki bir necha qovurg’aning to’liq sinishi, siniqlar o’rnidan siljishi yoki siljimasligi bilan kechishi mumkin. Ba’zan qovurg’alar sinib, plevra yoki o’pkaning shikastlanishi bilan birga kechishi mumkin.
Klinikasi. Qovurg’alar yakka singanda chegaralangan joyda o’tkir og’riq kuzatiladi, bu nafas olganda, yo’talganda va gavda vaziyati o’zgartirilganda kuchayadi. Paypaslash yo’li bilan og’riq aniqlanadi, suyak siniqlari siljigan sinishda qovurg’alarning shakli pog’onasimon bo’lib o’zgaradi.
Agar qovurg’alar ko’p joyidan singan bo’lsa, klinik manzara yomonlashib, bemor shok holatida bo’lishi mumkin. O’pka to’qimasi zararlanganda havo terining yog’ qatlamiga chiqib, emfizema paydo qiladi, teri bosilganda g’ijirlash seziladi, bemor qon tuflab, nafas olishi qiyinlashadi, akrosianoz (lab, burun uchi, quloq chig’anog’i, barmoqlarning uchi ko’karadi) va taxikardiya kuzatiladi. Plevra bo’shlig’iga qon quyilganda gemotoraks kelib chiqadi.
Davosi. Singan sohaga 5-10 ml 2% li novokain eritmasi yuborilib, blokada qilinadi. Agar qovurg’a ko’p joydan sinsa, o’sha soha 0,5% li novokain eritmasi bilan mahalliy og’riqsizlantiriladi yoki shu tomonning o’ziga vagosimpatik blokada qilinadi.
Og’riqsizlantirish chuqur va davomli bo’lishi uchun sinish sohasiga 5-10 ml 2% li novokain eritmasini yuborish tavsiya qilinadi. 10 daqiqa o’tgach ignani chiqarmay turib qo’shimcha ravishda 5 ml dan 0,2-2% li lidokain eritmasi yuborish lozim bo’ladi.
Bemorda o’pka yallig’lanishining oldini olish uchun nafas gimnastikasi bajariladi, antibiotiklar va sulfanilamidlar buyuriladi.
Qovurg’alar singanda iloji boricha pnevmoniyaning oldini olish maqsadida bemorning ko’krak qafasini bintlash tavsiya etilmaydi.
Ko’krak qafasining teshib kiruvchi shikastlanishlarida, ko’pincha, pnevmotoraks (plevra bo’shlig’iga havo yig’ilishi), gemotoraks (plevra bo’shlig’iga qon yig’ilishi) va pnevmogemotoraks (havo va qon yig’ilishi) kuzatiladi.
Pnevmotoraks. Plevra bo’shlig’iga ko’krak devoridagi jarohat teshigi orqali (tashqaridan) yoki shikastlangan o’pka orqali havo kirishi (ichkaridan) natijasida pnevmotoraks hosil bo’ladi. Havo plevra bo’shlig’iga tushganda o’pka siqiladi va bu havo miqdoriga bog’liq bo’ladi. O’pka kuchli siqiladi.
Pnevmotorakslar yopiq, ochiq va klapanli turlarga bo’linadi.
Yopiq pnevmotoraksda plevra bo’shlig’iga kirgan havo tashqi muhit bilan tutashmaydi, bunda ko’krak qafasi yoki o’pkadagi jarohat kanali bekilib qoladi.
Ochiq pnevmotoraksda jarohat kanali ochilib turadi va plevra bo’shlig’iga tushgan havo tashqi atmosfera bilan bemalol tutashadi.
Klapanli pnevmotoraksda jarohat kanalining xususiyatlariga ko’ra havo plevra bo’shlig’iga bemalol kirib, qaytib chiqa olmaydi.
Gemotoraks. Ko’pincha qon plevra bo’shlig’iga jarohatlangan o’pka tomirlaridan, ba’zan ko’krak devorining shikastlangan tomirlaridan oqib tushadi. Oqib tushgan qon miqdori 1,5-3 l ga yetishi mumkin. Infeksiya qo’shilgan hollarda plevra yiringlab, empiyema rivojlanadi.
Klinikasi. Bemorda ichki qon oqish alomatlari paydo bo’lib, teri va shilliq pardalar oqaradi, sovuq ter chiqadi, puls tezlashadi, arterial bosim tushib ketadi. Bu simptomlarga nafas qisishi va nafasning qiyinlashuvi qo’shiladi. Perkussiyada qon oqib tushgan sohada perkutor tovushning bo’g’iqligi qayd qilinadi.
Pnevmogemotoraks klinik jihatdan pnevmotoraks va gemotoraksning birga uchrashi bilan ifodalanadi. Perkussiyada plevra bo’shlig’ida suyuqlikning gorizontal sathi aniqlanadi.

Download 27,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish