Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
 
 
51-rasm. Varikoz kasalligida venoz reflyukslar sxemasi. 


221 
Klinik manzarasi va diagnostikasi. 
Chap oyoq o’ng oyoqdan ko’ra 
ko’proq zararlanadi, ikki tomonlama zararlanish 35-43% xollarda uchraydi. 
Bemorlarning 75-80%da katta teri osti venasi, 5-10% kichik teri osti venasi 
zararlanadi, bemorlarning 7-10% patologik jarayonga ikkala vena tortiladi. 
Kasallikning klinik manzarasi uning bosqichlariga, asoratlari bor-yo’qligiga 
ko’ra turli-tuman bo’ladi. Kasallikning kechishida latent faza, kompensatsiya, 
subkompensatsiya va dekompensatsiya bosqichlari farq qilinadi. 
Venoz qon aylanish kompensatsiyasida bemorlar tik turilganda ro’y-rost 
ko’rinadigan va egri-bugri yo’llar, tugunlar, bo’rtib chiqqan chigallar 
ko’rinishidagi kengaygan venalar borligidan shikoyat qiladilar. Bemorlarni 
oyoqning o’rta darajada og’irlashishi, to’laligi, vertikal holatda charchab qolishi 
bezovta qiladi. Oyoqda shishlar yo’q yoki kechga tomon paydo bo’ladi va dam 
olingandan so’ng yo’qoladi. Bemorlar mexnatga layoqatli bo’ladilar. 
Subkompensatsiya bosqichida oyoq tez charchaydi, shishganday sezgi 
paydo bo’ladi, og’ir tortadi, pastki mushaklar tortishadi, terisi qichishadi
paresteziya, boldir va oyoq panjasida shish paydo bo’ladi. Shishlar kechga 
tomon yoki uzoq vaqt oyoqda turilganda paydo bo’ladi. Tungi dam olishdan 
keyin ertalab ular yo’qoladi, biroq dam olishdan so’ng hamisha 
yo’qolavermaydi. Ichki to’piq ustida tsianoz va teri pigmentatsiyasi paydo 
bo’ladi. 
Dekompensatsiya bosqichida doimiy shish, uvishib qolish, zararlangan 
tomonda qichishish paydo bo’ladi. Boldir yug’on tortadi, tsianozga uchraydi
shishadi. Shishlar tez ketmaydi, tungi uyqudan so’ng yo’qolmaydi. 
To’qimalarning trofik buzilishlari, dermatitlar, skleroz, teri osti kletchatkasi 
induratsiyasi qo’shiladi. Varikoz kasallik asoratlari: trofik yaralar, 
tromboflebitlar, varikoz kengaygan venalardan qon ketishi, ikkilamchi 
limfedema, ekzema qo’shiladi. 


222 
Trofik yaralar odatda yakka, ba’zan ko’p sonli bo’ladi, boldir uchdan bir 
pastki qismining ichki yuzasida joylashadi. Yaralar yassi, ularning tubi silliq 
chetlari notekis shaklda, ajralma kam chiqadi. 
Varikoflebit – varikoz venalar kengayishi tromboflebitida venalar yo’li 
bo’ylab qattiqlashishi, og’riydigan zich tugunlar paydo bo’lishi, qizarishi va 
yurish qiyinlashuvi hamda umumiy va mahalliy harorat ko’tarilishi kabi belgilar 
paydo bo’lishi bilan rivojlanadi. 
Venalarning varikoz kengayishidan qon ketishi – yupqalashib va teri bilan 
birikib ketgan vena arzimas darajada shikastlanganda yuz beradi. Shikastlangan 
vena distal qismiga bosuvchi bog’lam yoki jgut yordamida qon ketishini 
osongina to’xtatish mumkin.
Qiyosiy tashxis posttromboflebitik sindromi, yuzaki venalarning ikkilamchi 
kompensator varikoz kengayishi, venalarning tug’ma kasalliklari (Parks-Veber-
Rubashev va Klippel-Trenone sindromi) bilan o’tkazish lozim. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish