Xirurgik kasalliklar


Diafragmaning qizilo’ngach teshigi churralari



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Diafragmaning qizilo’ngach teshigi churralari.
Diafragmaning tabiiy 
teshiklaridan ko’p hollarda churra chiqadigan joy qizilo’ngach teshigi 
hisoblanadi. Churraning ayni shu turi ko’krak, qorin bo’shliqlari to’sig’ining 
ko’proq tarqalgan patologiyasi hisoblanadi. 
Qizilo’ngach teshigi churralarining tasnifi (B.V. Petrovskiy bo’yicha): 
I. Qizilo’ngach teshigining sirpanuvchan tipdagi churralari: 
1) qizilo’ngach teshigining qizilo’ngach churrasi; 
2) qizilo’ngach teshigining kardial churrasi; 
3) qizilo’ngach teshigining kardio-fundal churrasi. 
II. Qizilo’ngach teshigining paraezofagial tipdagi churrasi: 
1) qizilo’ngach teshigining fundal churrasi; 
2) qizilo’ngach teshigining antral churrasi; 
3) qizilo’ngach teshigining ichak churrasi; 
4) qizilo’ngach teshigining qo’shma me’da-ichak churrasi; 
5) qizilo’ngach teshigining charvi churrasi. 
III. Qizilo’ngach teshigining gigant (katta) churralari: 
1) qizilo’ngach teshigining subtotal me’da churrasi; 
2) qizilo’ngach teshigining total me’da churrasi. 
IV. Kalta qizilo’ngach: 
1) orttirilgan kalta qizilo’ngach; 
2) tug’ma kalta qizilo’ngach. 
Klinik manzarasi va diagnostikasi
. Diafragma qizilo’ngach teshigining 
sirpanuvchan churralarida simptomlar reflyuks-ezofagit bilan bog’liq bo’ladi. 
Bemorlar to’sh orqasida, xanjarsimon o’siq sathida, to’sh ostida, qovurg’alar 
ostidagi achishtiradigan yoki lo’qillagan og’riqdan shikoyat qiladilar, bu og’riq 
yurak, kuraklar yoki chap elkaga beriladi. 


243 
Aksariyat bemorlarni terapevtlar stenokardiya kasalligi bo’yicha kuzatib 
boradilar. Og’riq bemor gorizontal vaziyatda bo’lganda va jismoniy xarakat 
qilganda, gavdasini oldinga engashtirganda, ya’ni me’da-qizilo’ngach reflyuksi 
oson sodir bo’lganda kuchayadi. Og’riq vaqtida bemorlarda kekirish, zarda 
bo’lishi va qayt qilish kuzatiladi. Vaqt o’tishi bilan bemorlarda disfagiya paydo 
bo’ladi, ko’pincha u o’zgaruvchan xarakterga ega bo’ladi va qizilo’ngachning 
peptik strikturasi rivojlanganda doimiy tus oladi. 
Ko’proq uchraydigan simptomi qon ketishi, odatda u yashirin bo’ladi, 
kamdan-kam qirmizi-qizil yoki kofe quyqasi rangidagi qayt qilish, qora rangdagi 
qatronsimon najas belgilari bilan namoyon bo’ladi. Anemiya (kamqonlik) 
kasallikning birdan-bir alomati bo’lishi mumkin. 
Qon ketishi diapedez yo’li bilan peptik ezofagitda eroziyalar va yaralardan 
sodir bo’lishi mumkin. Diafragma qizilo’ngach teshigi churralariga diagnoz 
qo’yishda kontrast moda yordamida bajarilgan rentgenologik tekshiruv hal 
qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Tekshirish bemorni vertikal va gorizontal 
vaziyatida, ba’zan esa ko’rsatmaga qarab Trendelenburg vaziyatida o’tkaziladi. 
Sirpanuvchan churralarda me’da kardial bo’limi shilliq pardasi 
burmalarining diafragmadan yuqorigacha davom etishi, qizilo’ngachning 
qisqargan-qisqarmaganligi, Gis burchagining ochiqligi, qizilo’ngachning 
me’daga balandroqda o’tishi, gaz pufagi hajmining kichrayishi, me’dadan 
qizilo’ngachga kontrast modda reflyuksi qayd qilinishi muhim diagnostik 
omillardan hisoblanadi. Kardiyaning diafragma ustida joylashuvi, diafragma 
qizilo’ngach teshigi kardial churrasining patognomonik belgisi hisoblanadi. 
Ezofagoskopiya qizilo’ngachning uzunligini aniqlashga, ezofagit belgilarining 
og’ir yoki engilligiga baho berishga, kardiya etishmovchiligi darajasini 
aniqlashga va yara nuqsonlari malignizatsiyasini istisno qilishga imkon beradi. 
Paraezofagial churralar fundal, ichak, ichak-me’da, charvi turlariga 
bo’linadi. Odatda bu holatlarda, kardiya joyida qoladi, diafragmaning 
qizilo’ngach teshigi orqali esa qizilo’ngach yaqinida me’da va ichaklarning 
ko’ks oralig’iga surilishi ro’y beradi. Sirpanuvchan churralardan farqli ravishda 


244 
paraezofagial churralarda qisilishining rivojlanish ehtimoli ko’proq bo’ladi. 
Paraezofagial churralarda klinik
 
manzara churraning turi va ichidagi tarkibiy 
qismiga, atrofdagi a’zolarning surilish darajasiga bog’liq bo’ladi. Bunda 
kardiyaning yopish faoliyati buzilmagan bo’ladi. Me’da-ichak yoki yurak-o’pka 
a’zolari faoliyatining buzilishiga shikoyatlar ustunlik qilishi mumkin. Ko’pincha 
me’daning ko’krak bo’shlig’iga surilishi sodir bo’ladi, bunda epigastral sohada 
va to’sh orqasida ovqatlanishdan so’ng disfagiya, kekirish va undan so’ng 
og’riqlar vujudga keladi. Churra qisilganda esa, keskin og’riq, qon aralash 
qusish kuzatiladi. 
Me’dani kontrast modda bilan to’ldirilib o’tkaziladigan rentgen 
tekshiruvida, kardiyaning diafragmaga nisbatan joylashuvi aniqlanadi. 
Me’daning ko’krak qafasiga surilgan qismi holati va uning qizilo’ngach hamda 
kardiyaga o’zaro munosabati o’rganiladi. Hozirgi vaqtda diafragmal churralarini 
diagnostika qilishda UTT, KT va MRTdan keng foydalanilmoqda. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish