Qizilo’ngachning qon bilan ta’minlanishi.
Qizilo’ngach arterial qon bilan
o’mrov osti arteriyasi tarmoqlarining yuqori qismida, yuqori qovurg’alararo va
qalqonsimon bez arteriyasidan, ko’krak qismida pastki diafragmal va chap
me’da arteriyalari tarmoqlaridan ta’minlanadi. Qizilo’ngach arteriyalari o’zaro
keng anastomoz hosil qiladi. Bu hol shu a’zoda operatsiya o’tkazishda juda qo’l
keladi.
250
Venoz oqim pastki qalqonsimon, perikardial, orqa ko’ks oralig’i va
diafragmal venalar orqali amalga oshiriladi. Qon vv. azygos va hemiazygosga
quyiladi. Qizilo’ngach venalari asosan uzunasiga joylashgan bo’lib, uning pastki
uchdan bir qismida shilliq parda osti va mushak pardalarida me’daning kardial
qismi shilliq pardasi ostidagi chigalning davomi hisoblangan murakkab venoz
chigal bo’ladi. Qon venoz chigaldan qizilo’ngach venalari bo’ylab, vv. azygos
va hemiazygos ga va yuqori kovak venaga yo’naladi, bu venalarning klapanlari
bo’lmaydi. Qizilo’ngachning qorin qismi venalari me’da venalari va qopqa vena
bilan bevosita bog’langan. Qizilo’ngach venalari orqali qopqa va kovak venalar
sistemasi o’rtasida anastomoz amalga oshirilishini qayd qilib o’tish muhim.
Qizilo’ngachning limfatik tomirlari me’daning chuqur limfatik tugunlariga
quyiladi. Limfa qizilo’ngachning yuqori qismidan traxeal va traxeobronxial
limfatik tugunlarga, pastki qismidan kardiya tugunlariga tushadi. Qizilo’ngach
limfatik tugunlarining bir qismi bevosita ko’krak yo’liga ochiladi (D.A. Jdanov,
1952), buning qizilo’ngach rakining keyinchalik metastazlar berishida ahamiyati
kattadir.
Qizilo’ngachni parasimpatik n. vagi tarmoqlari va simpatik nerv sistemasi
(gangl. stellatumning tolalari, arterial va kekirdak-xiqildoq chigali) orqali
innervatsiya qiladi. Ikkala sistemaning nerv tolalari qizilo’ngach yuzasida
chigallar: o’ng adashgan nerv tarmoqlari bilan chap-orqa qizilo’ngach chigalini,
chap adashgan nerv tarmoqlari bilan o’ng oldingi qizilo’ngach chigalini hosil
qiladi. Ulardan qizilo’ngach bag’rida intramural nerv chigalini (mushaklararo,
auerbax) va shilliq parda osti (Meysner) chigalini hosil qiladigan tolalar chiqadi.
Bular qizilo’ngach devorini innervatsiya qiladi.
Qizilo’ngachning bo’yin qismi qaytuvchi nervlar, ko’krak qismi o’zaro
anastomozlanadigan adashgan nervlar tarmoqlari va simpatik nerv tolalaridan
innervatsiya qilinadi. Qizilo’ngachning quyi qorin nervidan (n. splanchicus)
tarmoqlar oladi. O’z-o’zini reflektor boshqarish intramural va ekstramural nerv
tolalari va chigallari tomonidan amalga oshiriladi.
251
Do'stlaringiz bilan baham: |