Xirurgik kasalliklar


Limfogranulematoz (Xojkin kasalligi)



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Limfogranulematoz (Xojkin kasalligi). 
Bu limfoid to’qimaning sistem 
o’sma kasalligi. Morfologik jihatidan limfatik tugunlar to’qimasini ko’p yadroli 
gigant Berezovskiy-Shternberg xujayralari va ularning ajdodi bir yadroli Xojkin 
xujayralaridan infiltratlanishi aniqlanadi. O’sma jarayoni ko’proq limfatik 
tugunlarni (bo’yin, qorin pardasi orti, mediastenal, chov sohasidagi), shuningdek 
lifoid to’qimaga boy a’zolar: taloq, jigar, suyak ko’migini zararlantiradi. Boshqa 
ichki a’zolarning zararlanishi juda kamdan kam kuzatiladi. Aksariyat 20-40 
yoshdagi erkaklar kasallanadilar. Kasallik remissiyalar va qo’zish davrlari bilan 
tsiklli kechadi va o’rta hisobda 2-5 yil davom etadi. Kasalikning 10 yil bundan 
uzoq vaqt kechadigan «xavfsiz» nomini olgan turlari to’g’risida ham axborotlar 
mavjud. Limfogranulematozning g’oyat jadal sur’atda kechishiga oid kuzatuvlar 
ham bor. Bu holda kasallikning birinchi yilidayoq (o’tkir limfogranulematoz) 
bemor nobud bo’ladi. Kasallik rivojlana borish jarayonida lokal, chegaralangan 
xarakterga ega bo’ladi, limfatik tugunlarning muayyan guruhi zararlanadi. Bir 
muncha kechikkan bosqichlarida o’sma jarayoniga, turli a’zolarda joylashgan 
limfatik tugunlar, taloq, o’pka, jigar va boshqalar tortiladi.
Xalqaro klinik klassifikatsiyasiga ko’ra limfogranulematozning 4 bosqichi 
farq qilinadi. 
1-bosqich (lokal turlar) – diafragmaning bir tomoni bo’ylab joylashgan bir 
yoki ikkita yondosh limfatik tugunlar guruhlarining zararlanishi. 
2-bosqich (regionar turlar) – diafragmaning bir tomoni bo’ylab joylashgan 
ikkita yoki undan ko’p yondosh bo’lmagan limfatik tugunlar guruhlarining 
zararlanishi; 
3-bosqich (avj olib ketgan turlari) – diafragmaning ikki tomoni bo’ylab 
limfatik tugunlarining zararlanishi va jarayonga taloqning tortilishi; 


532 
4-bosqich (disseminatsiyalangan turi) – ko’pgina limfatik tugunlar 
guruhlari va ichki a’zolarining zaralanishi. 
Kasallikning har bosqichida intokiskatsiyaning yo’qligi (a) yoki bir necha 
simptomlar borligiga ko’ra (b), kichik bosqichlari (tana haroratining 37-38º 
gacha oshishi, tungi kuchli terlashlar, terdagi qichima, tez ozib ketish) farq 
qilinadi. 
Limfogranulematoz o’z rivojlanishida umumiy behollik, lohaslik, mehnat 
qobiliyatining pasayishi, teri qichishi bilan namoyon bo’ladi. Isitma kuzatilib
o’ziga xos to’lqinsimon tabiatga ega bo’ladi, bunda yuqori gipertermiya davrlari 
tana haroratining normal bo’lishi bilan almashinadi. Kasallik avj olib borgan 
sayin gipertermiya davrlari tobora ko’proq paydo bo’ladi. Limfogranulematozga 
g’oyat xos belgi – limfatik tugunlarning o’lchamlarini kattalashuvidir. Bunda 
kasallikning boshlang’ich jarayonida bo’yin limfatik tugunlarini egallaydi (orqa 
guruhini). Paypaslaganda limfatik tugunlar yumshoq, zlastik konsistentsiyada, 
og’rimaydi, harakatchan bo’ladi. Kasallikning kechikkan bosqichlarida limfatik 
tugunlar kattiqlashib qoladi, o’zaro qo’shilib ketadi va harakatsiz bo’lib qoladi. 
Limfatik tugunlarning mediastenal guruhi zararlanganda ko’ks oralig’idagi 
hayotiy muhim a’zolarning ezilishi bilan o’tadigan yuqori kovak vena sindromi
Gorner sindromi, tovushning bo’g’ilib qolishiga bog’liq bo’lgan bir kator 
belgilarni topish mumkin. Abdominal va qorin pardasi ortidagi limfatik tugunlar 
guruhlari zararlanganda uzoq vaqtga cho’ziladigan ich ketish boshlanadi. 
Kasallik cho’zilgan sayin, intoksikatsiya belgilari, kaxeksiya ortib boradi. 
Ob’ektiv tekshirilganda bemorlarning taxminan 2/3 qismida splenomegaliyani 
topish mumkin. Taloq qattiq, elastik konsitentsiyali, uning yuzasi silliq, 
paypaslaganda o’rtacha og’riq paydo bo’ladi. Anchagina kattalashgan taloq 
ba’zan chap qovurg’alar orqasida o’z-o’zidan og’riq sezgilarini paydo qiladi. 
O’sma jarayoni faqat taloqni tanlab zararlantirishi mumkin, bu holda kasallik bir 
muncha xavfsiz kechadi. Taloq ancha kattalashganda perisplenit, taloqning 
qaytalanuvchi infarktlari rivojlanadi. Klinik jihatdan chap qovurg’alar ostida 
kuchli og’riqlar, gipertermiya ko’rinishida yuzaga chiqadi. Qon tahlilida 


533 
o’rtacha gipoxrom anemiya, neytrofilez, limfopeniya, biroz eozinofiliya, 
trombotsitopeniya aniqlanadi. EChT odatda bir muncha tezlashgan bo’ladi. 
Limfogranulematozning mediastenal turida ko’ks oralig’i soyasining 
kengayganligi aniqlanadi. So’nggi yillarda limfogranulematozli bemorlarni 
klinik tekshirish dasturiga ichak tutqichi, paraaortal limfatik tugunlar biopsiyasi 
bilan diagnostik laparotomiya, splenektomiya operatsiyasi kiritilgan. Bu o’sma 
jarayonining tarqalganligini aniqlash imkonini berib, dorilar bilan davolashning 
eng maqul usulini tanlashga va kasallikning kechishi va prognozida yordam 
beradi. Splenektomiya limfogranulematozning lokal turida ifodalangan 
gipersplenizmda, ko’krak hamda qorin bo’shliqlari a’zolarining ezilishi bilan 
bog’liq splenomegaliyada tavsiya etiladi. Kasallik bosqichi aniqlangandan so’ng 
zararlangan limfatik tugunlar guruhi rentgen nuri bilan davolanadi va 
tsitostatiklar qo’llaniladi. 
Prognozi (oqibati). Jarayonning klinik bosqichiga va uning kechish turiga 
bog’liq. Kasallikning 1-3 bosqichlaridagi 80% bemorlarda to’g’ri davolash olib 
borilganda sog’ayishga yoki uzoq muddatli (10 yildan ko’p) remissiyalarga 
erishish mumkin bo’ladi.

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish