553
Peritonit diagnosikasida qorinni tekshirish muhim ahamiyatga ega. Qorinni
ko’zdan kechirishda, odatda bemorning shakoyatiga alohida ahamiyat berilib,
ichga botgan yoki shishganligi, nafas
olish jarayonida ishtiroki, teri
qoplamlarining ranggini o’zgarishiga alohida ahamiyat beriladi. Qorin devori
harakatlanishining asosiy yallig’lanish o’chog’i sohasida harakatlanishi, boshqa
sohalardagidan ko’proq cheklanganligi qayd etiladi. Yuzaki paypaslab
ko’rilganda yallig’langan parietal qorin pardasiga tegishli sohada qorin oldi
devori mushaklarining himoya taranglashuvi aniqlanadi. Mushak himoyasi,
ayniqsa kavak a’zolar perforatsiyasida aniq («taxtasimon qorin»)
ifodalangan
bo’ladi. Ushbu belgi yallig’lanish jarayoni kichik chanoq bo’shlig’ida
joylashganida yoki qorinning orqa devori parietal pardasi shikastlanganda
kamroq namoyon bo’lishi mumkin. Birinchi holatda, peritonit diagnostikasida
rektal tekshirish qimmatli ma’lumot beradi. Bunda to’g’ri ichak oldingi
devorining ekssudat yig’ilishi
hisobiga osilib qolganini, to’g’ri ichak devorini
bosilganda og’riq bo’lishini aniqlash mumkin. Ayollarda vaginal tekshirishda,
qin orqa gumbazining osilganini, bachadonning bo’yin qismi silanganda
og’riqning bo’lishini aniqlash mumkin.
Qorin devorining orqa qismi
yallig’lanishi belgilarini topish uchun, shu soha mushaklarining tonusini
aniqlash lozim bo’ladi.
Qorin perkussiyasi pnevmoperitoneum borligi, qorinda qon yig’ilgani yoki
ekssudat birligini aniqlashga imkon beradigan tekshirish usuli hisoblanadi.
Perkussiyada yallig’langan qorin pardasining tegishli sohasidagi og’riqni, ichak
parezi hisobiga yuqori timpanit tovushini, shuningdek qorinning biror sohasida
ko’p miqdorda ekssudat yig’ilganda perkutor tovushning tumtoqlashganini
aniqlash mumkin.
Auskultatsiyada peristaltika shovqinlarining yo’qligi paralitik ichak tutilishi
mavjudligidan dalolat beradi. Paralitik ichak tutilishi oqibatida, odatda tarkibini
ichakda yig’ilgan suyuqlik tashkil etgan takroriy qayt qilishlar, hiqichoq tutishi
qayd etilib, bular diafragma nervi ta’sirlanishidan dalolat beradi. Ich kelmay
qolishi va elning chiqmay qolishi kasallikka xos belgilardan hisoblanadi.
554
Bemorning tashqi ko’rinishiga,
yurak-qon tomirlar sistemasi, nafas olish
a’zolari faoliyatini tekshirishga, shuningdek tana haroratini o’lchashga katta
ahamiyat beriladi, bular tashxis qo’yishda qo’shimcha ma’lumotlar
berishi
mumkin. Qon analizida yuqori darajadagi leykotsitoz, himoya kuchlar
pasayganida leykopeniya bilan almashinishi mumkin. Suv-elektrolit muvozanati,
kislota-ishqor holatining buzilishlari yuqori darajalargacha chiqadi.
Elektrokardiografiyada (EKG) miokardning toksemiya hisobiga
zararlanishiga, va elektrolitlar muvozanatining buzilishlariga (gipokaliemiya)
xos belgilar paydo bo’ladi. Koagulogrammada disseminatsiyalangan tomir
ichida ivish sindromi (DVS-sindrom) belgilari aniqlanadi. Bu esa o’z navbatida
mikrotsirkulyatsiyani buzadi, kasallik kechishini og’irlashtiradi.
Bu noxush
omillarining barchasi hayotiy muhim a’zolar va sistemalar faoliyatining
dekompensatsiyasiga olib keladi, yurak-qon tomirlar, nafas olish sistemasi va
jigar-buyrak etishmovchiligini rivojlantiradi.
O’tkir peritonitni diagnostikasida foydalaniladigan instrumental (asbob-
uskuna yordamida) tekshirish usullarini 2 guruhga bo’lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: