Xodimning ijtimoiy tashkil etilgan mehnatda ishtiroki davomiyligi meʼyori; xodim



Download 45,54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.05.2022
Hajmi45,54 Kb.
#602281
Bog'liq
Ish vaqti - Vikipediya



Ish vaqti
Ish vaqti
— xodimning ijtimoiy tashkil etilgan mehnatda ishtiroki davomiyligi meʼyori; xodim
bevosita oʻz mehnat vazifalarini bajarishi uchun lozim boʻlgan, qonun bilan yoki qonun
asosida belgilangan 
vaqt
.
Tabelda belgilangan, yaʼni ish vaqtida ish joyida boʻlganlikni hisobga olish hujjatida qayd
qilingan real vaqt ish vaqti hisoblanadi. Ish vaqti ishlab chiqarish uchun ketgan mehnat sarfi
va mehnat harajatlari hajmini ifodalaydi, yaʼni mehnatning oʻlchovi hisoblanadi. Ish vaqtini
oʻlchashning asosiy birliklari kishi-kun, kishi-soat, kishi-minut (xronometraj, ish vaqti
fotografiyasi va lahzaviy kuzatishlar oʻtkazish), kishi-oy, kishi-chorak, kishi-yil kabilardan
iborat. Tabel hisobi kishi-kunda hisoblanadigan ish vaqti haqidagi maʼlumotlarning asosiy
manbadir.
Xodimlar uchun ish vaqtining meʼyori muddati haftasiga 40 soatdan ortiq boʻlmasligi, 6 kunlik
ish haftasida har kungi ishning muddati — 7 soatdan, 5 kunlik ish haftasida — 8 soatdan ortib
ketmasligi shart. Ayrim toifadagi xodimlar uchun ular yoshi, sogʻligʻi, mehnat shartlari,
mehnat vazifalarining oʻziga xos xususiyatlari va oʻzga holatlarni inobatga olib, mehnat
toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga, shuningdek, mehnat shartnomasi
shartlariga binoan mehnat haqini kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddatlari
belgilanadi. Mazkur ishlarning roʻyxati va ish vaqtining aniq muddati Oʻzbekiston Respublikasi
hukumati tomonidan belgilanadi. Bayram kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati
barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. Xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi
kelishuvga binoan, ishga qabul qilish chogʻida va keyinchalik ham toʻliqsiz ish kuni yoki
toʻliqsiz ish haftasi belgilab qoʻyilishi mumkin. Toʻliqsiz ish vaqti sharti bilan ishlash
xodimning yillik asosiy mehnat taʼtili muddatini, mehnat stajini hisoblash va boshqa
mehnatga oid huquqlarni biron-bir tarzda cheklashga asos boʻla olmaydi, bunda ishlangan
vaqtga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga mutanosib ravishda haq toʻlanadi.


Korxona va muassasalarda mehnat rejimlarini ratsional oʻrnatish, ish grafiklarini, ish kuni
davomida ishlash va dam olish rejimlarini tuzish, asbob-uskunalar va ishchilarning bekor
turish vaqtini hamda ish vaqtini unumsiz sarflashini tugatish tadbirlari ishlab chiqiladi.
Mehnat rejimi ish boshlanishi va tugashi, ovqatlanish uchun tanaffus vaqti hamda korxona
xodimlarining oʻz vazifalarini bajarayotgan vaqtdagi axloq qoidalarini, huquq va burchlarini
aniqlashni koʻzda tutadi. Ish va dam olish kunlarining almashinuvini, smenalarning davom
etish vaqtini, ishchilarini bir smenadan ikkinchisiga oʻtish tartiblarini belgilash uchun ish
grafiklari tuziladi.
Xalqaro mehnat statistikasi 8-konferensiyasi (1962-yil) hujjatlarida ish vaqtini meʼyordagi ish
vaqti (qonun hamda qoidalar bilan yoki ularga muvofiq, shuningdek, jamoa shartnomalari va
arbitraj qarorlari bilan belgilangan vaqt), haqiqiy ish vaqti (jumladan, meʼyordagi vaqt
oraligʻida haqiqiy ishlangan soatlar, ish oʻrnida ishga tayyorlanish uchun ketadigan vaqt, ish
joyida ishsiz oʻtkaziladigan, ammo mehnat shartnomasida haq toʻlash kafolatlab qoʻyilgan
vaqt, ish oʻrnida odam olishga sarf boʻladigan qisqa vaqtlar) va haq toʻlanadigan ish vaqtiga
ajratish tavsiya etiladi.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Ish_vaq
ti&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Ish_vaqti&oldid=2397819

dan olindi 
Manbalar

Download 45,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish