528
milklar qonashi bilan yuzaga chiqadi. Me’da-ichak sistemasidan qon ketish,
makrogematuriya va miyaga qon quyilish birmuncha kamroq uchraydi. Yuza
jarohat va tirnalishlardan
qon oqish xarakterli, bu hollarda sog’ odamda qon
oqmaydi yoki juda kam oqadi. Ob’ektiv tekshirishda teri qoplamlarining
rangparligini, teri ostiga ko’p sonli qon quyilishlarni topish mumkin. Ular
ko’pincha ko’krak, qorinning oldingi yuzasida, oyoq-qo’llarda joylashadi, og’iz
bo’shlig’ida, ko’z soqqalarida shilliq parda ostiga qon quyiladi. Teri ostiga qon
quyilishilar kattaligi bir necha millimetrdan bir necha santimetrgacha kattalikda
bo’ladi. Jigar va taloq kattalashmagan. Faqat 2% bemorlarda paypaslaganda
kattalashgan taloqni topish mumkin. Jgut simptomi (Konchalovskiy-Rumpel-
Leede) musbat bo’ladi.
Qon umumiy analizida anemiya yaqqol ifodalangan bo’lishi mumkin,
trombotsitlar sonining 50 x 10
9
/l gacha pasayishi yoki 1 mm² da 5000 va bundan
kam bo’lishi mumkin. Kasallik qo’ziganda va
ayniqsa qon ketish vaqtida
trombotsitlar miqdori nolgacha pasayishi mumkin. Qon ivish sistemasi
tekshirilganda gipokoagulyatsiya aniqlanadi. Qon oqish vaqti uzayishi, g’ovak
qon ivindisi hosil bo’lishi, qon ivish vaqti va protrombin vaqti normada
bo’lganda, unda retraktsiya yo’qligi bilan xarakterlanadi. Suyak ko’migi
surtmalarida megakariotsitlarning trombotsit hosil
qiladigan turlari sonining
ancha pasayishi aniqlanadi. Trombotsitopenik purpurani davolash usulini tanlash
bemorning yoshiga, trombotsitopeniya davomiyligiga, kasallikning turiga va
o’tkazilayotgan davolanishning samaradorligiga bog’liq bo’ladi.
Prognozi: 16 yoshgacha bo’lgan kasallikning o’tkir turi bilan kasallangan
bolalarda davolash yaxshi natija beradi. Adekvat kortikosteroid davolash qonda
trombotsitlar miqdorini oshirishga, gemorragik
diatez hodisalarini
kamaytirishga, keyinchalik esa sog’ayishga yoki deyarli 80% bemorlarda
davomli klinik remissiyaga erishiladi.
Davolash: kasallikning o’tkir turi bo’lgan katta yoshdagi odamlarda
qiyinchilik tug’diradi. Steroid davolash ham, splenektomiya ham qo’llanilishi
mumkin. Qon ketish payti xirurgik operatsiya o’tkazishning xavfi katta,
biroq
529
qon ketishini dori vositalari bilan to’xtatishga muvaffaq bo’linmaganda,
operatsiya zarur chora-tadbirdir. Trombotsitopenik purpuraning surunkali turlari
davolashda dori vositalaridan: kortikosteroid preparatlar bilan davolash, qon va
uning tarkibiy qismlarini quyish ta’sirchan muolajadir. Dori vositalari bilan
davolash 60% hollarda qon trombotsitlari sonining ortishi bilan o’tadi, davomli
klinik effekt esa faqat 30% bemorlarda kuzatiladi. Dorilar bilan davolash yaxshi
natija bermasa, kasallik tez-tez qaytalanib tursa, splenektomiya qilish kerak.
Operatsiya o’tkazish vaqtida qo’shimcha taloqlar bo’lishi mumkinligini
unutmaslik lozim bo’ladi. Ularni qoldirish operatsiya
natijasini yaxshi
tugamasligiga sabab bo’lishi mumkin. Splenektomiyadan so’ng davomli
remissiyalar 60-90% bemorlarda kuzatiladi. Splenektomiyadan keyin steroid
terapiya, shuningdek immunodepressantlar (azatioprin, tsiklofosfan va b.) bilan
davolash samaralidir.
Do'stlaringiz bilan baham: