526
chalinib turishlarini qayd etadilar. Tekshirishda jigar va taloq o’lchamlarining
kattalashgani aniqlanadi. Gematologik tekshirishda o’ziga xos «nishon»
xujayralar topiladi, eritrotsitlarning osmotik rezistentligining ortganligi ma’lum
bo’ladi. Trombotsitlar miqdori normal bo’lgani holda,
qonda leykotsitlar va
retikulotsitlarning miqdorining ko’payganligini qayd qiladilar. Qon billirubini
normadan bir muncha yuqori, zardobdagi temir kontsentratsiyasi ancha oshgan.
O’t toshlari 25% bemorlarda paydo bo’ladi. Talassemiyada splenektomiya
palliativ operatsiya hisoblanib, zarur bo’lgan gemotransfuziyalar
miqdorini
kamaytirishga va juda kattalashib ketgan taloq bilan bog’liq bo’lgan
noqulayliklarni tugatishga imkon beradi.
Ortirilgan gemolitik anemiya –
autoimmun kasallik hisoblanib, uning
negizida o’z eritrotsitlariga qarshi antitanalar (antitelo) hosil qilish yotadi.
Kasallikka har xil fizik va kimyoviy ta’sirlar, dorilar, infektsiyalar turtki bo’ladi.
Ortirilgan gemolitik anemiyali bemorning eritrotsitlari, o’z
tarkibida anomal
proteinlar, bunda bemorlarining qon zardobi esa
immunoglobulinlar IgG
(gammaglobulin) saqlaydi. Bular o’z eritrotsitlari va normal donor eritrotsitlarini
aglyutsinatsiya qilish qobiliyatiga ega bo’ladi. Klinik jihatidan kasallik deyarli
tug’ma gemolitik anemiya kabi kechadi. Biroq ortirilgan anemiya uchun,
kasallikning aksari 50 yoshdan oshgan ayollarda boshlanishi, gemolitik krizlarga
moyillik, bir muncha og’ir (tug’ma turidan farqli) kechishi xos bo’ladi.
Splenomegaliya bemorlarning yarmida qayd qilingan, bunda ko’pincha
gepatomegaliya ham topiladi. Limfatik tugunlarning
kattalashuvi birmuncha
kamroq kuzatiladi. Qon tahlillarida o’rtacha anemiya aniqlanadi. Bilvosita
billirubin miqdorining ortishi, eritrotsitlarning osmotik rezistentligi kam
o’zgaradi. Kumbs bevosita va bilvosita reaktsiyasi ko’pchilik
bemorlarda
musbat bo’ladi.
Davolash sensibilizatsiya qiladigan omillarni bartaraf etishdan (ularni
aniqlash va tugatishga hamma vaqt ham muvaffaq bo’linmaydi), antitanalar
ishlanishini to’xtatish (kortikosteroidlar), yuvilgan donor eritrotsitlari
transfuziyasidan iborat. Antitanalardan aglyutsinatsiyalangan eritrotsitlar faqat
527
taloqdan emas, balki butun retikuloendotelial sistema
tomonidan yutilishi va
emirilishi munosabati bilan splenektomiya hamma vaqt ham, kutilgan natijalarni
beravermaydi.
Splenektomiyaga ko’rsatma bo’lib kortikosteroid preparatlar qo’llanib
bo’lmasligi va steroid muolajaning naf bermasligi, tez-tez gemolitik krizlar
bo’lib turishi, yaqqol gipersplenizm hodisalari xizmat qiladi. Agar ko’pchilik
eritrotsitlar jigardan emas taloq tomonidan emirilsa, buni shu a’zolarni Cr
51
bilan
nishonlangan eritrotsitlar qo’llanib aniqlash mumkin bo’lsa, splenektomiya
yaxshi
natija berishi, remissiya davrlarining uzayishi mumkin. Biroq
splenektomiyadan keyin ham kasallik qaytalanishi, hatto gemolitik krizlar
rivojlanishi mumkin, buni endi retikuloendotelial
sistemasining boshqa
a’zolarida saqlanib qolgan faoliyati bilan bog’lanadi. Shuning uchun ham
operatsiyadan keyin steroid muolajani davom ettirishga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: