O’tkir tromboflebit va flebotromboz
O’tkir tromboflebit va flebotromboz bir-biridan farq kiladi.
Flebotrombozda tromb venaning sog’lom qismida hosil bo’ladi, so’ngra vena
devorining yallig’lanish reaktsiyasi qo’shiladi. Tromboflebitda tromb
yallig’lanib, o’zgargan vena devorida rivojlanadi.
O’tkir tromboflebit deganda vena devorining bo’shlig’ida tromb hosil
bo’lishi bilan o’tadigan yallig’lanish tushuniladi. Kasallik rivojlanishida
infektsiya, travmatik shikastlar, xavfli o’smalarning ahamiyati muhim. Aksariyat
tromboflebit varikoz kasallik kechishini og’irlashtiradi.
226
Tromb hosil bo’lishi patogenezida venoz devor strukturasining buzilishi,
qon oqimi pasayishi, qon ivish xususiyatining oshishi ahamiyatli. Chuqur va
yuzaki venalarning tromboflebiti farq qilinadi.
Yuzaki venalarning o’tkir tromboflebiti tromb bo’lgan vena yo’li bo’ylab
og’riq, bu og’riqning harakat va jismoniy ish vaqtida kuchayishi bilan yuzaga
chiqadi, yallig’lanishning hamma belgilari aniqlanadi.
Tromb sohasi ko’zdan kechirilganda teri qoplamlarining giperemiyasi va
shishi qayd qilinadi, paypaslab ko’rilganda vena yo’li bo’ylab ipsimon og’riqli
zichlashma aniqlanadi, odatda u atrof to’qimalardan aniq chegaralanib turadi.
Yallig’lanishli infiltrat atrofdagi to’qimalarga va teriga kamroq tarqaladi.
Oyoqning zararlangan bo’limi hajmi o’zgarmaydi yoki 1-2 sm ga kattalashadi.
Mahalliy va umumiy harorat ko’tariladi. Bemorlarning umumiy holati kam
o’zgaradi, tana harorati subfebril bo’ladi. Ba’zan tromb yiringli parchalanib,
septik holat vujudga keladi.
Kasallik kechishi og’irlashganda katta teri osti vena sistemasi bo’yicha
yuqoriga ko’tariladigan tromb rivojlanishi va jarayon yuzaki son venasi orqali
yuqoriga ko’tarilganda, o’pka arteriyasi tromboemboliyasi xavfi vujudga keladi
(1-3%).
Davolash. Agar jarayon boldir chegaralaridan tashqariga chiqmasa,
bemorlarni ambulator sharoitda konservativ davolasa bo’ladi. Jarayon songa
tarqalganda bemorlar shifoxonaga yotqiziladi. Medikamentoz davolash
kompleksiga bevosita va bilvosita antikoagulyantlar, qon tarkibini,
mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydigan preparatlar (aspirin, trental, venoruton,
indometatsin, traksivazin, flebodia), yallig’lanishga qarshi (reopirin, nimesil,
dikloberl), desensibilizatsiya qiladigan (dimedrol, suprastin, tavegil va b.)
dorilar kiradi. Surtmali bog’lamlar (geparin, traksivazin, lioton surtmalari)
maxalliy qo’llaniladi. Oyoqni elastik bintlar bilan bog’lanadi, yurish tartibga
solinadi.
Jarayon songa tarqalganda o’rinda yotish, oyoqni Beller shinasida baland
vaziyatda qo’yish lozim bo’ladi. Son venasining yuqoriga ko’tariladigan
227
trombozining oldini olish uchun Troyanov-Trendelenburg (krossektomiya)
usulida shoshilinch operatsiya qilinishi kerak. Agar bemorning ahvoli yo’l
qo’ysa, tromblangan yuzaki venalarni teri uchastkalari va infiltratlangan teri osti
kletchatkasi bilan kesiladi (Madelung operatsiyasi).
Oyoq chuqur venalarining o’tkir tromboflebitlari va trombozlari tomirlar
o’tkir okklyuziyasining eng ko’p joylashadigan sohasidir. Ular suyak singanda,
operatsiyadan keyin, yurak-tomir patologiyasi bo’lgan bemorlarda, qandli
diabeti bilan kasallangan keksalarda va onkologik bemorlarda rivojlanishi
mumkin. Venalar trombozi ular o’smalardan, kattalashgan bachadon bilan
bosilganda, mushak taranglashtirilganda yuz berishi mumkin. Chap yonbosh
venasi trombozida uning o’ng yonbosh arteriyasi bilan ezilishi ahamiyatga ega.
Klinikasi trombning joylashgan joyiga ko’ra turli-tuman bo’ladi. Agar
jarayon boldirning hamma venalarida joylashmagan bo’lsa, klinikasi o’zgargan
bo’ladi. Boldir mushaklarida xarakat qilganda kuchayadigan og’riq, boldirning
pastki uchdan bir qismida shish, harorat ko’tarilishi qayd qilinadi. Oyoq panjasi
bukilganda boldirda og’riq paydo bo’ladi (Xomans simptomi). Boldirning o’rta
uchdan bir kismi Riva-Rochchi apparati manjetkasi bilan kompressiya
qilinganda xuddi shunday og’riq paydo bo’ladi (Lavenberg simptomi).
Boldirning har uchala chuqur venalari zararlanganda keskin og’riq,
boldirda taranglashish sezgisi va shish, aksariyat teri tsianozi paydo bo’ladi, tana
harorati ko’tariladi.
Son venasi zararlanganda sonda shish paydo bo’ladi. Tromblangan vena
yo’li bo’ylab paypaslash og’riq beradi.
Son va taqim venalarining birgalikdagi trombozida boldir va son sohasida
shish, og’riq, xarakat cheklanganligi paydo bo’ladi.
Jarayonning son venasidan proksimal yuqoriroqqa tarqalishi zararlangan
oyoq hajmining ortishi, og’riq kuchayishi, teri qoplamlari tsianozi bilan o’tadi.
Ileofemoral trombozda dastlabki kunlar mobaynida oyoqda, oyoq
panjasidan to chov burmasigacha, ba’zan esa dumba sohasigacha tarqaladigan
tsianoz va shish orta boradi. Kasallikning 2-3-kuniga kelib shish qattiq bo’lib
228
qoladi, sezuvchanligi pasayadi. Psevdoembolik yoki og’riqli oq flegmaziya (bu
arteriyalar spazmi bilan birga kechadi), hamda ko’k flegmaziya (yuzaki venalar
tromboflebiti bilan birga kechadi) farq qilinadi.
Oq flegmaziyada oyoqda to’satdan pulsatsiya qiladigan og’riq, uning
muzday bo’lishi va uvishishi, sezuvchanligi kamayishi, tarang tortishi
kuzatiladi. Teri qoplamlari rangpar bo’ladi. Ko’k flegmaziyada oyoqda shish va
tsianoz anchagina bo’ladi, u oyoqni baland vaziyatda qo’yilganda ham
kamaymaydi. Periferik tomirlar pulsatsiyasi yo’qoladi. Flegmaziyaning ikkala
turi ba’zan venoz gangrena rivojlanishiga olib keladi.
Oyoq venalari o’tkir trombozining diagnostikasi kasallikning klinik
manzarasi ma’lumotlariga, ultratovush dopplerografiyasi, ultratovush
angioskanerlash va flebografiyaga asoslanadi, bunda to’lish nuqsoni borligi yoki
magistral venalar “amputatsiyasi”, distal venalar kengayishi aniqlanadi.
Davolash kompleks olib borilishi kerak. Operatsiya o’pka arteriyasi
tromboemboliyasi yoki venoz gangrena xavfi bo’lganda hayotiy ko’rsatmalar
bo’yicha qilinadi. Tromboz joylashuvi va uning tarqalishiga ko’ra quyidagi
operatsiyalar bajariladi:
1) son venasini distal bog’lash (boldir venalarining alohida trombozida);
2) son-taqim segmentidan tromboektomiya yoki son venasini boglash (son-
taqim segmentining birlamchi chegaralangan trombozida);
3) yonbosh venadan tromboektomiya, aloxida zararlangan holatda;
4) pastki kovak vena plikatsiyasi, uning bo’shlig’ida tor kanallar hosil
qilish.
5) endovaskulyar jarrohlikni rivojlanishi bilan yonbosh venalarida va pastki
kovak venasi trombozida, ayniqsa bu venalar flotatsiyalanuvchi trombozida
o’pka arteriyasi tromboemboliyasini oldini olish maqsadida pastki kovak venaga
kavafiltr (zontiksimon, qum soatiga o’xshash va b.) o’rnatish samarali foyda
beradi va kam invazivli muolaja hisoblanadi.
Dori-darmonlar bilan davolash quyidagilarni o’z ichiga oladi:
229
1) bevosita va bilvosita ta’siri bo’lgan antikoagulyantlarni (geparin,
fraksiparin, kleksan, fragmin) qon ivish vaqti va protrombin indeksini nazorat
qilgan holda qo’llash;
2) kasallikning boshida o’rindan turmay oyoq holatini baland qilib yotish;
3) surtmali bog’lamlarni mahalliy qo’llanish (geparinli, troksivazin, lioton
surtmalari);
4) trombolitik preparatlarni qo’llash (fibrinolizin, streptokinaza,
urokinaza);
5) dezagregatsion ta’siri bor preparatlar (trental, kurantil, reopoliglyukin);
6) yallig’lanishga qarshi va og’riq qoldiradigan preparatlar (aspirin,
nimesil, reopirin, dikloberl);
7) fleboprotektorlar (troksivazin, detraleks, venoruton, flebodia).
7) antibakterial davolash;
8) simptomatik davolash.
Do'stlaringiz bilan baham: |