Xirurgik kasalliklar


Aldosteroma (birlamchi giperaldosteronizm



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Aldosteroma
(birlamchi giperaldosteronizm,
 
Konn sindromi) buyrak usti 
bezi po’stloq qismining koptokcha sohasidan rivojlanadi. Ko’pchilik bemorlarda 
o’sma xavfsiz tabiatli bo’ladi va faqat 5% hollarda xavfli o’sishi aniqlanadi. 
O’sma to’qimasi ortiqcha miqdorda aldosteron ishlab chiqaradi. 
Patogenezi.
Aldosteronning ortiqcha ishlab chiqarilishi organizmda turli-
tuman biokimyoviy va morfologik o’zgarishlarga olib keladi. Bu kasallik uchun 


126 
dastavval sezilarli tarzda elektrolit muvozanatining buzilishlari xos. Aldosteron 
buyrak kanalchalariga ta’sir etib, kaliy va suv reabsorbtsiyasi kamayishiga, 
natriy reabsorbtsiyasi ko’payishiga olib keladi. Kaliyning siydik orqali jadal 
suratda chiqarilishi, gipokaliemiya rivojlanishiga (3,0 mmol/l dan kam) olib 
keladi. Hujayradagi kaliy ionlari natriy va vodorod ionlari bilan almashinadi. 
Natriyurez pasayishi ho’jayra ichi va hujayra tashqarisidagi bo’shliqda natriy 
ionlari oshishiga olib keladi. Natriy gidrofil ion bo’lgani uchun suvni tutib turadi 
va o’ziga tortib oladi. Natijada to’qimalar shishishi, ayniqsa qon tomir devori 
shishi rivojlanadi, uning ichki bo’shlig’i arteriolalar darajasida kichrayadi. Qon 
tomir tonusi, periferik qon tomir qarshiligi ortadi va arterial gipertenziya 
rivojlanadi. 
Kasallik aksariyat navqiron yoshdagi ayollarda uchraydi. Aldosteroma 
simptomlarini 3 guruhga bo’lish mumkin: 
1)
gipokaliemiya xisobiga rivojlangan neyro-mushak simptomlar; 
2)
aldosteronni bevosita buyrakka ta’siri natijasida vujudga kelgan 
simptomlar; 
3)
arterial qon bosimining oshishi bilan bog’liq bo’lgan simptomlar. 
Neyro-mushak 
simptomlari 
gipokalemiya 
va 
nerv-mushak 
o’tkazuchanligini buzulishi hisobiga kelib chiqadi. Bemorlar mushak 
bo’shashidan noliydilar, uning darajasi turlicha bo’lib, tez-tez charchashlar
oyoq mushaklarini egallaydigan bo’sh falajliklargacha olib keladi. Paresteziya 
va talsavalar (mushak tortishishi) ko’plab qayd etiladi. 
Buyrak simptomlari orasida ko’proq poliuriya, nikturiya, gipostenuriya 
kuzatiladi. Siydik orqali ko’p miqdorda suyuqlik yo’qotilishi sababli, polidipsiya 
(tashnalik) yuzaga keladi. 
Arterial gipertenziya – aldosteromaning asosiy, ba’zan esa yagona 
simptomidir. Gipertenziya, odatda barqaror kechadi. AQB oshish darajasi 
o’rtachadan (160/100 mm Hg) to yaqqol 220-250/120-140 mm Hg gacha 
o’zgarib turadi. Ko’pchilik bemorlar yuqori arterial bosim bilan bog’liq kuchli 
bosh og’rig’iga shikoyat qiladilar.


127 
Arterial gipertenziya yurak chap qorinchasining yaqqol gipertrofiyasiga 
olib keladi, gipokaliemiya belgilari paydo bo’ladi. Ko’z tubi tomirlari zararlanib, 
ko’pincha ko’rish faoliyati buziladi.
Konn sindromi diagnostikasi kasalliklarning klinik ko’rinishlarini va 
laboratoriya tekshiruvlari ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan. 
Radioimmun tahlil plazmada, bazal sharoitlarda aldosteron kontsentratsiyasini 
oshishini va 4 soatlik yurish sinamasidan so’ng uning parodoksal pasayishi
plazma renini aktivligining kamayishini aniqlaydi. Biokimyoviy 
tekshirilishlarda gipokaliemiya, gipernatriemiya topiladi. Siydik ishqoriy 
reaktsiyasi muhim diagnostik qimmatga ega bo’lishi mumkin. Asbob-uskuna 
yordamida tekshiruv usullari orasida UTT va KT ning ahamiyati katta.
Aldosteromalar kichik o’lchamlarda (1,5-2 sm) bo’lganligi sababli ularni 
UTT yordamida taxminan 60% bemorlarda topish mumkin. Diagnostikaning 
eng aniq usuli kompyuter tomografiyasi hisoblanadi. KT da zichliga past 
bo’lgan (10-14 N
+
birligi) tuzilmalar aniqlanadi (33-rasm). 
33-rasm. Chap buyrak usti bezi aldesteromasi (kompyuter tomogramma). 
Davolash: bemorlarga adrenalektomiya operatsiyasi bajariladi. 


128 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish