Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Davolash. 
Davolashning kuyidagi turlarini farq qilish mumkin: 
1.
Konservativ usul – operatsiya o’tkazishga monelik bo’lganda. 


124 
2.
Xirurgik usul: 
- rekonstruktiv operatsiyalar: transaortal endarterektomiya, buyrak 
arteriyasi replantatsiyasi, buyrak arteriyasini protezlash; 
- ikkilamchi geperaldosteronizmni korrektsiya qilish uchun buyrak 
arteriyalari va buyrak usti bezidagi simultan operatsiyalar. 
- nefrektomiya. 
3.
Rentgenendovaskulyar usullar:
-
buyrak arteriyalarini translyuminal angioplastikasi (yoki 
rentgenoendovaskulyar dilyatatsiyasi – RED) stentlash yoki usiz; 
-
ikkilamchi giperaldosteronizmni korrektsiya qilish uchun buyrak usti 
bezlaridagi simultan REA. 
Renovaskulyar gipertenziyani davolashning eng samarador usuli xirurgik 
usul bo’lib, buyrak arteriyalarining stenozi sababini bartaraf etish va buyrakka 
normal qon oqimini tiklashga qaratilgan. 1952 yilga qadar xirurgik davolashning 
yagona usuli nefrektomiya bo’lgan, u bir tomonlama zararlanishda va 
kasallikning o’tib ketgan bosqichida amalga oshirilar edi. Hozirgi kunda buyrak 
ichi qon tomirlari torayishida yoki zararlangan buyrak gipoplaziyaga uchraganda 
va uning faoliyati yaqqol buzilgandagina nefrektomiya bajariladi. Bundan 
tashqari, buyrak o’lchamlarining 8 sm va undan kichik bo’lishi ham 
nefrektomiya uchun ko’rsatma hisoblanadi. Qolgan hollarda buyrakda qon 
oqimini tiklashga qaratilgan, a’zoni saqlab qoladigan operatsiyalardan keng 
qo’lamda foydalaniladi. Xirurgik davolash natijalari VRG tashxisi va uning 
paydo bo’lish sababi nechog’lik erta aniqlansa, shunchalik samarador bo’ladi.
Ayni vaqtda VRG li bemorlarda xastalik hatto xavfli kechganda ham 
bemorga individual tanlangan gipotenziv vositalar yordamida ba’zan yaxshi 
natijaga erishishga muvaffaq bo’linadi. Biroq buyrak arteriyasi stenozi 
isbotlanganda muolaja o’tkazish tavsiya etilmaydi, chunki arterial qon 
bosimining pasayishi buyrakda qon oqimini yanada yomonlashuviga va qisqa 
vaqt ichida buyrakning ikkilamchi bujmayishiga, faoliyatining yo’qotilishiga 
olib keladi. 


125 
Kasallikning etiologiyasiga ko’ra balonli dilatatsiya yoki stentlash 80% 
hollarda muvaffaqiyatli chiqishi mumkin. Biroq bu muolajalar invaziv bo’lib, 
arteriyaning yorilishi yoki qirqilishiga, buyrak yoki oyoqlarning ateromatoz 
emboliyasiga, kontrast keltirib chiqargan nefropatiya sababli o’tkir buyrak 
etishmovchiligiga, punktsiya sohasidan qon ketishiga va (kamdan-kam hollarda) 
bemor o’limiga olib kelishi mumkin. Bu usullar, xirurgik vaskulyarizatsiya, 
ballonli dilatatsiya va stentlash imkoni bo’lmagan bemorlar, shuningdek 
operatsiya qilishni talab qiladigan qo’shilib kelgan qorin aortasi zararlangan 
bemorlar uchun zahira usul bo’lib qoladi.
Arterial gipertenziyasi yuqori va yomon nazorat qilinadigan gipertenziyali 
bemor, buyrak o’lchamlari kichraygan va faoliyati anchagina pasaygan bo’lsa 
nefrektomiyaga ko’rsatma hisoblanadi. 
Davolash usulini qoniqarsizligining asosiy sabablari kuyidagilar: 

Nefroangiosklekroz, 

Shunt restenozi, 

Patologik jarayonning kuchayishi, 

Ikkilamchi giperaldosteronizm, 

Konralateral buyrak arteriyasi stenozi, 

Shunt anevrizmasi. 
Buyrak usti gipertenziyasi ko’pincha uning o’smalari bilan bog’liq bo’ladi. 
Aldosteroma, feoxromotsitoma, buyrak usti bezlari po’stlog’ining aralash 
o’smalari, kortikosteroma, androsteroma, kortikoesteroma ko’plab uchraydi. 
O’smalarning hamma turlari ham xavfsiz, ham xavfli bo’lishi mumkin. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish