Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Radioizotop tekshirish.
Turli to’qimalarning ko’payadigan xujayralarida 
fosforning jadal yig’ilib borishini birinchi marta Marshak (1940) va Jones 
(1940) qayd qilganlar. Radioizotop diagnostika usullarining ishlab chiqilishi 
munosabati bilan bu maqsadlar uchun radioaktiv fosfordan ham foydalanishga 
urinishlar qilib ko’rilgan. 
Izotop P
32
xavfli o’smalarning xujayralarida tanlab yig’iladi, o’z kimyoviy 
xossalari bo’yicha barqaror elementdan farq qilmaydi, toksinli emas, biroq 
zarrachalari ozroq bo’lsa-da (4-5 mm), kirish qobiliyatiga ega, ko’pincha undan 
yuzaki joylashgan o’smalarnigina diagnostika qilishda foydalanish mumkin. 
Me’da-qizilo’ngach reflyuksini zondlash yo’li bilan aniklash: 
1. Metilen ko’ki bilan sinama o’tkazish. Me’daga duodenal zond orqali 
metilen ko’ki eritmasi yuboriladi (uy haroratidagi 300 ml qaynagan suvga 2% li 
eritmasidan 3 tomchi). So’ngra zond tortib olinadi va uning distal uchi kardiya 
yuqorisida turadigan holatda o’rnatiladi va ehtiyot choralar ostida shprits bilan 
zond orqali qizilo’ngach suyuqligini tortib olinadi. Bunda bo’yalgan 
suyuqlikning paydo bo’lishi reflyuks borligidan dalolat beradi.
2. Qizilo’ngach suyukligida pHni aniqlash. Flooy va hammualliflari 
qizilo’ngachdan aspiratsiya qilinadigan suyuqlikda ozod xlorid kislota miqdorini 
aniqlaganlar. Uning borligi reflyuksni tasdiqlash imkonini beradi. 
 
Qizilo’ngachning kuyishi 
Qizilo’ngach kuyishi (Oesophagitis corrosiva) o’z joniga suiqasd qilish 
hollarida yuz beradi. F.N. Doronin kuzatuvlarida qizilo’ngachi kuygan 217 nafar 
bemordan 116 nafari 5 yoshgacha bo’lgan. Qizilo’ngachning o’yuvchi ishqor, 
kuchli kislota, kamroq fenol, lizol, yod, sulema va boshqa ba’zi bir moddalardan 


260 
kuyib qolish hollari ko’proq uchraydi. So’nggi vaqtlarda xonadonlarda kaustik 
soda kam ishlatila boshlangani munosabati bilan bu moddadan tasodifan 
kuyishlar soni kamayib ketdi, biroq ayrim joylarda u hali ham uchrab turadi. 
Chunonchi, A.I. Serjanin kuzatuvlariga ko’ra qizilo’ngach kuyishidan 
davolangan 115 nafar odamdan 85 foizida u kaustik sodani palapartish holda 
saqlash (vinodan bo’shagan shishalarda, piyola va stakanlarda) oqibatida uni 
ichib qo’yish sababli kuyish sodir bo’lgan.
Ko’pgina mualliflarning ma’lumotlari bo’yicha so’nggi yillarda 
qizilo’ngachning sirka kislotadan (essentsiya) kuyib qolish soni birmuncha 
ko’paydi. Kuchli kislota ichib qo’yilganda eng ko’p o’zgarishlar qizilo’ngachda, 
o’yuvchi ishqor ichib qo’yilganda esa me’dada ozroq o’zgarishlar paydo bo’ladi 
deb hisoblanadi (chunki meda shilliq pardasi kislotalar ta’siriga ma’lum 
darajada chidamli bo’ladi). Boshqa omillarning ham ahamiyati bor: ichilgan 
kimyoviy modda miqdori, me’dada ovqat borligi va x.k. Odatda kuyishdan 
keyin stenozlar qolgan bemorlarda og’iz va xalqum shilliq, pardasida ham 
tegishli o’zgarishlar kuzatiladi. 
Qizilo’ngach kardial sfinkteri ustidagi distal bo’lim, halqum-qizilo’ngach 
birikkan sohadagi proksimal bo’lim, shuningdek bifurkatsiya sathi eng qattiq 
zarar ko’radi. qizilungach shilliq pardasidagi qattiq ta’sirotga javoban 
qizilo’ngach devorlari spazmga uchrashi natijasida o’yuvchi moddaning turib 
qolishi qizilo’ngach distal bo’limining birmuncha jiddiy zararlanishiga olib 
keladi.
Ishqorlardan zaharlanishda qizilo’ngachda eng og’ir o’zgarishlar yuz 
beradi, deb hisoblaydilar, chunki bularda kislotalardan kuyishdan farqli ravishda 
qoraqo’tirning erib ketishi sodir bo’ladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish