Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Klinik manzarasi.
Bemorlar ayniqsa kislota ichib qo’yganlarida kuchli 
azobga duchor bo’ladilar. O’yuvchi ishqor yoki kislota ichilgan og’ir hollarda 
og’iz bo’shlig’i, halqumda, to’sh orqasida yoki epigastral soxada qattiq 
achishish va kuchli og’riq paydo bo’ladi. Lablar shishib ketadi, bemor ranggi 
bo’zaradi. Bradikardiya yuzaga keladi. Shok, hushdan ketish va o’lim yuz 
beradi. Agar 1-2 kun ichida o’lim sodir bo’lmasa, hiqildoq shishishi, shilliq va 
qon aralash yoki shilliq parda bo’lakchalarini qusish sababli og’ir nafas qisishi 
yuzaga keladi. Lablar va og’iz bo’shlig’i shishgan, qonab turadi. Harorat 
ko’tariladi. Yutinib bo’lmaydi. Qizilo’ngach teshilishi sababli qon oqadi, o’tkir 


262 
mediastinit belgilari paydo bo’ladi. O’lim 3-4 kun o’tgach sodir bo’lishi 
mumkin. 
O’rtacha og’irlikdagi kechish hollarida bir necha kunlardan keyin og’riq 
kamayadi, biroq yutinish qiyinlashganicha qoladi, ko’p so’lak ajraladi yoki 
so’lak va qizilo’ngach shilliq pardasi bo’lakchalari qayt qilinadi. 10-20 kundan 
keyin bemor suyuqlikni asta-sekin yuta oladigan bo’lib qoladi, qizilo’ngach 
spazmlari keltirib chiqargan disfagiya kamayadi. Ezofagoskopiyada pardalar 
bilan qoplangan, ba’zi joylarida eroziyasi, keyinroq chandiqli o’zgarishlari 
bo’lgan shilliq parda shishi ko’rinib turadi. Asta-sekin bemor bemalol yuta 
oladigan bo’ladi, biroq bir necha hafta o’tgach yana disfagiya paydo bo’ladi va u 
qizilo’ngachning chandiqli torayishi yuz berganda yanada kuchayadi: avvaliga 
qattiq, so’ngra esa suyuq ovqatning ham o’tishi qiyinlashadi. Bu disfagiya ko’p 
so’lak ajralishi va qizilo’ngachdan qusish bilan o’tadi. Qizilo’ngachdan qusish 
avvaliga ovqat eyish vaqtida, keyin bevosita ovqatdan keyin ham yuz beradi. 
Kasallikning kechikkan muddatlarida qizilo’ngachning asta-sekin kengayishi 
natijasida toraygan joydan yuqorida qizilo’ngachdan qusish ko’proq bo’ladi. 
Och qolish oqibatida bemorning umumiy ahvoli nochorlashadi: bemor nihoyatda 
ozib ketadi, doimiy ochlik sezgisiga azob beradigan tashnalik ham qo’shiladi. 
Shunday qilib, qizilo’ngachning kuyishi 3 davrga bo’linadi: 
1) o’tkir davr – shilliq pardada qizarish, shish va yara paydo bo’lish 
vaqtida; bu davrda kuchli og’riq sababli yutish mumkin bo’lmay qoladi; 
2) o’rtacha o’tkir – granulyatsiya davri; bemor ichish va ovqat eyish 
imkoniyatiga ega bo’ladi, biroq yutish og’riq bilan o’tishi mumkin; 
3) surunkali – qizilo’ngachning tobora torayishi, disfagiyaning qaytalanishi, 
ozib ketish davri. 
Rentgenologik tekshirish. Kamdan-kam rentgenologik tekshirish ob’ekti 
bo’ladigan qizilo’ngachning yangi kuyish hollarida shilliq parda burmalari 
shishini va lokal spazmlarni aniqlashga muvaffaq bo’linadi. Birmuncha 
kechikkan muddatlarda rentgenologik tekshirishda torayish bo’lgan joyni, 
darajasini, konturlarini aniq bilib olsa bo’ladi. 


263 
Ezofagoskopiya. Halqasimon (eng ko’p uchraydigan formasi) torayishda 
ranggi o’rab turgan shilliq pardaga qaraganda ochroq fibroz halqa topiladi. 
Toraygan bo’shliq odatda markazda joylashgan va ko’pincha yulduzsimon 
shakldagi chandiq bilan o’ralgan. Ba’zan torayish klapan shaklida bo’ladi. 
Ayrim hollarda kuyishdan keyingi stenozlarni rak stenozlaridan farq qilish qiyin 
bo’ladi. Torayish sohasi tepasida qizilo’ngachning ozmi-ko’pmi kengayganligi 
xavfli emasligidan dalolat beradi. 
Kechishi va asorati. O’yuvchi ishqorlardan og’ir zaharlanishlarda bemorlar 
intoksikatsiya, shok, qizilo’ngach perforatsiyasi, yiringli asoratlar rivojlanishi va 
boshqa sabablardan nobud bo’ladilar. Qizilo’ngach va me’dadan og’ir qon 
ketish hollari asoratlar sifatida kuzatilishi mumkin. Kamdan-kam hollarda, 
odatda ishqorlardan kuyishda, qizilo’ngach – bronxial oqma yaralar paydo 
bo’ladi. Qizilo’ngachning kimyoviy moddalardan kuyishida aksariyat xirurgik 
davolashni talab qiladigan uning chandiqli torayishi eng ko’p uchraydigan asorat 
hisoblanadi. Qizilo’ngach torayishi bemorlarning anchagina holsizlanishiga olib 
keladi. Ayrim hollarda mediastinit, o’pka va plevra yiringli jarayonlari kabi 
asoratlar paydo bo’ladi. 
Diagnozi. Diagnostikasi unchalik qiyinchiliklar tug’dirmaydi. Anamnez va 
yo’qolmaydigan disfagiya rentgenologik tekshirish va ezofagoskopiya bilan 
aniqlanadigan qizilo’ngach torayishining etarli belgilaridan hisoblanadi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish