Xirurgik kasalliklar


Umumiy simptomatologiyasi



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Umumiy simptomatologiyasi 
Yutish faoliyati buzilishi, yoqimsiz sezgilar, ovqat yutish vaqtida paydo 
bo’ladigan og’riqlar qizilo’ngach zararlanganidan dalolat beradigan eng muhim 
shikoyatlardan hisoblanadi. 
Disfagiya (yutishning buzilishi) – yutinish harakatini bajara olmaslik, 
halqumda va qizilo’ngach bo’ylab ovqat luqmasi harakatining buzilishi, 
shuningdek bu a’zolarda ovqat tutilib qolishi bilan bog’liq yoqimsiz sezgilar. 
Disfagiya og’riq bilan o’tishi mumkin – disphagia dolorosa yutishda og’riq 
odatda zararlangan sathda seziladi, u orqaga, bo’yinturuq venaga ham o’tishi 
ehtimol. 
Ko’pchilik bemorlar ovqat luqmasi qaerda tutilib qolayotganini aniq aytib 
bera oladilar. Biroq bu sezgi qator hollarda odatda xaqiqiy tutilib qoladigan 
joydan birmuncha yuqorida bosilish, qisilish sezgisi sifatida o’tadi. Yutish 
boshlanishidan tutilish sezgisi paydo bo’lguncha o’tgan sekundlar bilan 
hisoblanadigan vaqt qizilo’ngachning xaqiqiy zararlangan joyini aniqlashga 
yordam beradi. Yutilgandan keyin 1-1,5 sekund o’tgach ovqat luqmasi 
qizilo’ngachning bo’yin bo’limida bo’ladi, keyingi 5-6 sekundda 
qizilo’ngachdan o’tadi va yutish boshlangandan 6-8 sekund keyin me’daga 
tushadi. 
Disfagiyada qizilo’ngachning organik zararlanishi (rak, stenozlar va b.) 
natijasida birinchi navbatda qattiq ovqat (non, olma, go’sht bo’lagi va b.) tutilib 
qoladi. Ustidan suv ichib yuborish ko’pincha engillik beradi. Funktsional 
disfagiyada (ezofagospazm oqibatida) suyuqlik, ayniqsa juda issiq yoki sovuq 
suyuqlik ichilganda aksariyat qiyinchiliklar paydo bo’ladi. Juda quruq ovqat 
yoki katta bo’laklarni yutish soppa-sog’ odamlarda disfagiya keltirib chiqarishi 
mumkin. Disfagiya doimiy yoki o’zgarib turadigan bo’ladi. Doimiy disfagiya 
qizilo’ngach bo’shlig’ini yanada torayishga olib keladigan organik kasalliklarda 
kuzatiladi. O’zgarib turadigan disfagiya ezofagospazmga bog’liq. 


254 
Qator hollarda disfagiya sababini aniqlab bo’lmaydi. Disfagiya sabablarini 
izohlab beradigan quyidagi ma’lumotlarni keltirish diqqatga sazovor. A.A. 
Shtuss va D.D. Ashurbekov ma’lumotlariga ko’ra rentgenologik tekshirishga 
yuborilgan, disfagiyasi bo’lgan 534 nafar bemor orasidan 290 nafarida 
qizilo’ngach raki, 59 nafarida funktsional buzilishlar, 20 nafarida 
qizilo’ngachning surilishi va ezilishi, 1 nafarida diafragma – qizilo’ngach teshigi 
churrasi, 34 nafarida esa boshqa kasalliklar topilgan. 120 nafar odamda hech 
qanday o’zgarishlar aniqlanmagan. 
To’sh orqasida bosim, to’lib ketish sezgisi ovqat eyish vaqtida paydo 
bo’ladi va aksariyat kardiya axalaziyasida kuzatiladi. Bosim yoki to’lib ketish 
sezgisi ovqat eyish boshlangan vaqtda paydo bo’lgan hollarda vrach bu 
simptomga ayniqsa diqqat-ehtiborini qaratishi zarur. Odatda bu jiddiy kasallik 
belgisi (qizilo’ngach raki, me’daning skirri, kardiya axalaziyasi va b.) 
hisoblanadi. Uni ishtaha pasayib ketgandagi tez to’yib qolish belgisi deb 
o’ylamaslik kerak. 
Og’riq
(dolor). Qizilo’ngach kasalligiga uchragan ko’pgina bemorlar 
og’riqdan shikoyat qiladilar. Odatda u to’sh orqasida o’rta chiziq bo’ylab 
zararlanish sohasiga taxminan mos keladigan joyda bo’ladi, biroq u o’ng 
tomondan orqaga va to’shdan chap tomonga berilishi ham mumkin. Og’riqlar 
ovqat eyish bilan bog’liq bo’lishi va yutinishning buzilishi bilan o’tishi mumkin 
(rak, stenoz, diskineziyada). Ko’pincha bunday hollarda atayin qayt qilish bemor 
ahvolini engillashtiradi. 
Kardiya raki va axalaziyasi bo’lgan bemorlarda spontan (o’z-o’zidan 
bo’ladigan) og’riqlar bo’ladi. Ular og’riq krizlari xarakterini olishi mumkin. 
Odatda «og’riq krizlari» kasallikning birmuncha ilk davrida, aksariyat tunda 
boshlanadi. Og’riqlar juda qattiq bo’ladi, orqaga, qizilo’ngach bo’ylab yuqoriga, 
bo’yinga, jag’ga o’tadi, bir necha minutdan bir necha soatgacha davom qiladi. 
Krizlar oyiga 1-3 marta, kamdan-kam hollarda bundan ko’proq paydo bo’ladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish