Qizilo’ngach faoliyati.
Qizilo’ngachning fiziologik ahamiyati ovqatni
halqum bo’shlig’idan me’daga o’tkazish bo’lib, ayrim hollarda esa buning
teskarisini bajarishga (qayt qilish, kekirish) to’g’ri keladi. Yutish, qayt qilish va
fiziologik regurgitatsiyadan tashqari vaqtlarda unga xalqumdan havo va me’da-
ichaklardan suyuqlik tushishining oldini olish uchun qizilo’ngach bo’shlig’i
ikkala tomondan chegaralangan bo’lishi kerak. Yuzaki qaraganda qizilo’ngach
funktsiyasi juda oddiyga o’xshab ko’rinadi, haqiqatda esa u «juda murakkab va
qarama-qarshiliklarga to’la» deb hisoblanadi.
Yutishdan tashqari vaqtda sog’lom odam qizilo’ngachida qisqarishlar
bo’lmaydi. Uning bo’shlig’idagi bosim kuchsiz manfiy va ko’krak qafasidagi
bosimga va nafas fazasiga bog’liq, bo’ladi. Halqum qizilo’ngach va uning
me’daga o’tadigan sohasida birmuncha yuqori bosim – yuqori va pastki «oshgan
bosim sohalari» qayd qilinadi. Ular sfinkter vazifasini bajaradigan qizilo’ngach
bo’limlari mushagining tonik qisqarishi natijasida hosil bo’ladi, deb
hisoblaydilar. Qizilo’ngachning asosiy vazifasi yutishni ta’minlab berishdan
iborat.
Yutish jarayoni odatda 3 fazaga bo’linadi. 1-fazasida chaynalgan va
yumshab qolgan ovqat til ustiga suriladi va uning mushaklari tomonidan til
asosiga yumalatiladi. Mushaklar qisqarishi natijasida og’izning orqa qismida,
halqumda va og’izning yuqori qismida bosim manfiy bo’ladi. Ovqat luqmasi
Vasilev refleks sohasini (til asosi, orqa yoychalar, devorlari) ta’sirlantirib,
halqum mushaklarini qiskartiradi (yutishning ikkinchi fazasi). Yutishning sof
reflektor 2-fazasida ovqat halqumdan o’tadi. Yutishning 3-fazasi boshlanishida
halqum bo’shlig’iga burun-halqum, og’iz bo’shlig’iga va hiqildoqdan holi
bo’ladi va ovqat luqmasi surilishi uchun faqat bir yo’nalish qizilo’ngach qoladi.
Halqumni qisadigan mushaklar qattiq qisqarib ovqat luqmasi qizilo’ngachga
yo’naladi.
Ovqatning qizilo’ngach bo’ylab surilishi 3 omilga bog’liq:
1. Ovqat qizilo’ngachga katta bosim ostida tushadi.
2. Ovqatning og’irlik kuchi.
252
3. Qizilo’ngach peristaltikasi.
Suyuqlik yoki qattiq ovqat yutilishida, shuningdek odam vaziyatiga bog’liq
holda ovqat luqmasining surilishida uchchala omil qatnashadi. Suv peristaltik
to’lqindan ilgarilab o’tib, qizilo’ngach orqali tez suriladi va yutishdan 1-3
sekund o’tishi bilan me’daga etib boradi. Shuning uchun qizilo’ngach kimyoviy
moddalardan kuyganda, masalan, o’yuvchi ishqor yutib yuborilganda, shilliq
parda bir xil zararlanmaydi. Qattiqroq ovqat luqmasi yutilayotganda u asosan
qizilo’ngach devorlarining peristaltik harakatlari tufayli harakat qiladi. Bunda
qizilo’ngachning luqmadan yuqori qismi qisqaradi, pastki qismi esa bo’shashadi.
Ovqatning qizilo’ngach orqali o’tishiga 6-8 (15 gacha) sekund kerak. Peristaltik
to’lqin beradigan bosim suv ustuni hisobida 20-140 sm (o’rta hisobda suv ustuni
hisobida 40-80 sm) va ovqat luqmasining katta-kichikligiga bog’liq emas.
Yutish jarayoni murakkab reflektor jarayon hisoblanadi. Yutish avvaliga
ixtiyoriy bosh miya po’stlog’i ta’siri ostida sodir bo’ladi. Ovqat tanglay
yoychalari orqasiga tushganda (yutishning II va III fazalari) yutish beixtiyor,
reflektor bo’lib qoladi, hatto uyqu va hushsiz holatda ham sodir bo’ladi. Yutish
refleksining effektiv nervlari bo’lib, til mushaklari uchun n. hypoglosus
tarmoqlari, n. trigemenining 3 tarmog’i m. mylohioideus uchun, n.
glossopharyngeusning halqum tarmog’i, halqum hamda qizilo’ngach mushaklari
uchun n. vagusning halqum va qizilo’ngach tarmoqlari hisoblanadi. Yutish
markazi ko’prikda va uzunchoq miyada joylashgan. Birmuncha chegaralangan
manzili n. vagus yadrosiga yaqin joyda bo’ladi.
Me’da suyuqligining qizilo’ngachga tushishiga to’sqinlik qiladigan
fiziologik mexanizmlar (regurgitatsiya va reflyuks) so’nggi vaqtlargacha
o’rganib chiqilmagan. Ko’p sonli tajribalar qizilo’ngach-me’da birikadigan
sohaning “bir tomonlama o’tkazuvchanligi” borligini ko’rsatdi. Kardiyaning
yopqich mexanizmini o’rganishga katta ahamiyat beriladi. Uning fiziologik
funktsiyasining buzilishi ko’p kasalliklarda (kardiya axalaziyasi, peptik ezofagit,
diafragma-qizilo’ngach teshigi churrasi) kuzatiladi va qizilo’ngach
patologiyasining kattagina qismini tashkil qiladi.
253
Do'stlaringiz bilan baham: |