Xirurgik kasalliklar


Qizilo’ngachning qon bilan ta’minlanishi



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Qizilo’ngachning qon bilan ta’minlanishi.
Qizilo’ngach arterial qon bilan 
o’mrov osti arteriyasi tarmoqlarining yuqori qismida, yuqori qovurg’alararo va 
qalqonsimon bez arteriyasidan, ko’krak qismida pastki diafragmal va chap 
me’da arteriyalari tarmoqlaridan ta’minlanadi. Qizilo’ngach arteriyalari o’zaro 
keng anastomoz hosil qiladi. Bu hol shu a’zoda operatsiya o’tkazishda juda qo’l 
keladi. 


250 
Venoz oqim pastki qalqonsimon, perikardial, orqa ko’ks oralig’i va 
diafragmal venalar orqali amalga oshiriladi. Qon vv. azygos va hemiazygosga 
quyiladi. Qizilo’ngach venalari asosan uzunasiga joylashgan bo’lib, uning pastki 
uchdan bir qismida shilliq parda osti va mushak pardalarida me’daning kardial 
qismi shilliq pardasi ostidagi chigalning davomi hisoblangan murakkab venoz 
chigal bo’ladi. Qon venoz chigaldan qizilo’ngach venalari bo’ylab, vv. azygos 
va hemiazygos ga va yuqori kovak venaga yo’naladi, bu venalarning klapanlari 
bo’lmaydi. Qizilo’ngachning qorin qismi venalari me’da venalari va qopqa vena 
bilan bevosita bog’langan. Qizilo’ngach venalari orqali qopqa va kovak venalar 
sistemasi o’rtasida anastomoz amalga oshirilishini qayd qilib o’tish muhim. 
Qizilo’ngachning limfatik tomirlari me’daning chuqur limfatik tugunlariga 
quyiladi. Limfa qizilo’ngachning yuqori qismidan traxeal va traxeobronxial 
limfatik tugunlarga, pastki qismidan kardiya tugunlariga tushadi. Qizilo’ngach 
limfatik tugunlarining bir qismi bevosita ko’krak yo’liga ochiladi (D.A. Jdanov, 
1952), buning qizilo’ngach rakining keyinchalik metastazlar berishida ahamiyati 
kattadir. 
Qizilo’ngachni parasimpatik n. vagi tarmoqlari va simpatik nerv sistemasi 
(gangl. stellatumning tolalari, arterial va kekirdak-xiqildoq chigali) orqali 
innervatsiya qiladi. Ikkala sistemaning nerv tolalari qizilo’ngach yuzasida 
chigallar: o’ng adashgan nerv tarmoqlari bilan chap-orqa qizilo’ngach chigalini, 
chap adashgan nerv tarmoqlari bilan o’ng oldingi qizilo’ngach chigalini hosil 
qiladi. Ulardan qizilo’ngach bag’rida intramural nerv chigalini (mushaklararo, 
auerbax) va shilliq parda osti (Meysner) chigalini hosil qiladigan tolalar chiqadi. 
Bular qizilo’ngach devorini innervatsiya qiladi. 
Qizilo’ngachning bo’yin qismi qaytuvchi nervlar, ko’krak qismi o’zaro 
anastomozlanadigan adashgan nervlar tarmoqlari va simpatik nerv tolalaridan 
innervatsiya qilinadi. Qizilo’ngachning quyi qorin nervidan (n. splanchicus) 
tarmoqlar oladi. O’z-o’zini reflektor boshqarish intramural va ekstramural nerv 
tolalari va chigallari tomonidan amalga oshiriladi. 


251 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish